Reja: Qishloq xo’jaligi sohasidagi o’zgarishlar


Download 16.26 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi16.26 Kb.
#1721790
Bog'liq
MT5 o\'zb


Mavzu: Qishloq xo’jaligi va sanoat sohasidagi o’zgarishlar

Reja:
1.Qishloq xo’jaligi sohasidagi o’zgarishlar
2.Sanoat sohasidagi o’zgarishlar
3.Sohalar kesimida mamlakatga chet el investitsiyalarini jalb qilish

Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi bo'yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to'kin, xalqimiz rizqi mo'l-ko'l bo'lishidan tortib eksportdan qo'shimcha daromad topishgacha bo'lgan juda ko'p masalalar shu soha bilan bog'liq. Keyingi yillarda qishloq xo'jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo'yicha qator ishlar amalga oshirildi. Davlat xarid narxlari qariyb 3 barobarga ko'paytirilgani natijasida manfaatdorlik oshdi. Paxtachilik va g'allachilik hashar emas, chinakam daromad manbaiga aylandi. Yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish, mehnat unumdorligi va ish haqini oshirish maqsadida 76 ta paxta-to'qimachilik klasterlari tashkil etildi.


Joriy yilning o'zida 25 ming gektar paxta maydonlarida suv tejovchi yangi sug'orish tizimi joriy qilindi. Foydalanishdan chiqqan 1 million 100 ming gektar yerni qayta ishga kiritish bo'yicha sa'y-harakatlar boshlandi. Bular, albatta, yaxshi natijalar, lekin mazkur ishlar – islohotlarning birinchi bosqichi. Prezidentimiz faqat bugunni emas, balki ertangi kunni ham o'ylab, uzoqni ko'zlab islohotlarni yangi bosqichga ko'tarish vazifasini qo'ymoqda. Shu maqsadda qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu iqtisodiyotimizning asosiy o'sish nuqtasi, "drayveri" bo'ladi. Ming-minglab ish joylari yaratiladi, odamlarning daromadi oshadi.
Bunda, avvalo, qishloq xo'jaligi yerlarining aniq hisobini yuritish, ulardan foydalanishni takomillashtirish lozimligi qayd etildi. Shundan kelib chiqib, "Yergeodezkadastr" qo'mitasiga 2021 yil oxirigacha respublikaning barcha hududlarida yerni hisobga olish ishlarini yakunlash, yer hisobini yuritish bo'yicha yagona elektron bazani yaratish topshirildi. Qayd etilganidek, unumdorlikni oshirishga, ko'p yillik mevalar yetishtirishga intilishi uchun yer egalarining ertangi kunga to'la ishonchi bo'lishi kerak. Shu bois Prezidentimiz qonunchilikni qayta ko'rib chiqib, yer ajratishning shaffof tizimi va yerga bo'lgan huquqning kafolatlanishini ta'minlash zarurligini ta'kidladi.
Qishloq xo'jaligida suvdan to'g'ri foydalanish ham juda muhim masala. Tahlillarga ko'ra, yurtimizda ekin maydonlariga milliardlab kub metr suv yo'naltirilsa-da, uning faqat 60 foizi ekinlarga yetib boradi, 40 foizi sug'orish tizimlarida va sug'orish jarayonida yo'qotiladi. Jahon suv resurslari instituti tahminlariga ko'ra, 2040 yilga borib O'zbekiston suv o'ta tanqis bo'lgan 33 mamlakat qatoridan joy olishi mumkin.
Joriy yilda boshlangan yerni kosmik zondlash orqali tuproq va ekinlarning haqiqiy holatini tezkor va ishonchli baholash ishlarini 2020 yil yakuniga qadar to'liq oxiriga yetkazish darkor. Bu tizim vegetatsiya jarayoni, tuproqning meliorativ holati va minerallashuv miqdori, namlik darajasi haqida to'liq ma'lumotlarni berib, hosildorlikni 25-30 foizga oshirish imkonini beradi. Mutasaddilarga ekinlarni joylashtirishdan tortib, sotuvgacha bo'lgan jarayonlarni to'liq raqamlashtirish tizimini joriy etish bo'yicha topshiriqlar berildi.
Umuman olganda, yangi strategiya qishloq xo'jaligiga bozor mexanizmlarini joriy qilib, ilmiy asoslangan ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, eksportni ko'paytirish, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan mahsulotlar hajmini bir necha barobarga oshirishga xizmat qiladi.
Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi.
1995 yilda sanoat ishlab chiqarishning hajmi 1990 yilga nisbatan 0,2 foizga kamayganiga qaramay, 2000 yildan boshlab (1990 yilga nisbatan) o`sish 1,2 m., 2005 yilda – 1,8 m., 2010 yilda – 3,0 m. va 2016 yilda esa 4,6 m. oshganini ko`rsatmoqda.
Shuni ta`kidlash lozimki, 2016 yilda respublikaning jami sanoat ishlab chiqarilishi hajmi asosan Toshkent shahri (21,0%), Toshkent (15,1%), Navoiy (9,5%), Qashqadaryo (8,6%), Farg`ona (7,2%), Andijon (7,1%) va Samarqand (6,7%) viloyatlari hisobidan shakllangan bo`lib, juda katta bo`lmagan ulushi esa Jizzax (1,8%), Surxondaryo (2,0%) va Xorazm (2,5 %) viloyatlariga to`g`ri kelmoqda.
2016 yilda hududlar kesimida sanoat ishlab chiqarishning aholi jon boshiga hajmi Navoiy viloyatiga (11395 ming so`m), Toshkent shahriga (9761 ming so`m), Toshkent (5998 ming so`m), Sirdaryo (4421 ming so`m) va Qashqadaryo (3151 ming so`m) viloyatlariga to`g`ri keladi. Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishning eng past hajmi esa Surxandaryo (903 ming so`m) va Namangan (1323 ming so`m) viloyatlarida kuzatilmoqda.
Sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, jahon bozorida yuqori raqobatbardosh bo`lgan ishlab chiqarishlarni manzilli qo`llab-quvvatlanishi, ishlab chiqarishlar tarkibida qayta ishlash sanoatining ulushini oshishiga ko`maklashdi.
Agar 2010 yilda, sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida qayta ishlash sanoatining ulushi 73,8% bo`lgan bo`lsa, 2016 yilga kelib esa 80,3%ga o`sdi.
Faqat 2016 yilning o`zida, o`tgan yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sishi, qayta ishlash sanoatida – 6,4%ni, shu jumladan, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlar ishlab chiqarish bo`yicha – 40,3%ni, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar – 34,4%ni, boshqa nometall mineral mahsulotlar – 20,9%ni, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki mahsulotlari – 10,8%ni, to`qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechaklar, charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha – 9,0%ni tashkil etdi.
Shu bilan birga, so`nggi yillarda neft-gaz korxonalariga sezilarli miqdorda kapital qo`yilmalar sarflanishiga qaramay, 2016 yilda, gaz qazib chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish hajmining o`sishi 2015 yilga nisbatan atigi 2,0%ni tashkil etgan, neft qazib chiqarish bilan shug`ullanuvchi korxonalarda esa ishlab chiqarish hajmlari 3,3%ga pasaygan.
Shuningdek, 2016 yilda, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida (2015 yilga nisbatan 97,1%), kompyuter, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarida (78,4%), avtotransport vositalari, treylerlar va yarimpritseplar ishlab chikarish korxonalarida (50,6%), mashinalar va asbob-uskunalarni ta`mirlash va o`rnatish korxonalarida (96,4%) ishlab chiqarish hajmlari pasaygan, metallurgiya sanoatida esa uncha ko`p bo`lmagan o`sish (101,6%) kuzatilgan.
2016 yilda Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalarda 695 ta loyiha amalga oshirildi, shu jumladan 380 ta tarmoq loyihalari bo`yicha 4014,6 mlrd so`mlik, 315 ta hududiy loyihalar bo`yicha 2131,2 mlrd so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Bunda, loyihalar bo`yicha mahsulotlarni sotishning umumiy hajmi 2015 yil ko`rsatkichlariga nisbatan 1,5 martaga ortdi.
Shu bilan birga, 2016 yilda Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan 47 ta loyiha bo`yicha ishlab chiqarish boshlanmagan, ulardan 24 tasi – tarmoq va 23 tasi hududiy loyihalar bo`yicha, ishlab chiqarish asbob-uskunalarini ishlab chiqarish bo`yicha loyihalar yetarli emas.
Prezidentimizning 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan dasturlar doirasida Investitsyalarni jalb qilish, xorijiy investitsiyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o'rinlarini yaratish ishlari ustuvor yo'nalishlari belgilab qo'yilgan. Bu ishlarni amalga oshirishda "Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo'nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o'tkazish bilangina ro'yobga chiqadi". Albatta, kuchli investitsiya siyosatini o'tkazish orqaligina biz o'z iqtisodiyotimizni yanada gullab- yashnatishimiz mumkin. Bunda xorijiy investitsiyalarning o'rni katta hisoblanadi.
Respublikamizda YalMning o'sishi yuqori darajadadir. 2017 yilda YalM 48.7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, bu 2016 yilga nisbatan 5.3 foizga o'sgan. Bunday natijaga erishishda, investitsiyalar oqimining ko'payishi muhim rol o'ynaydi. E'tibor qaratadigan bo'lsak, 2017 yilda mamlakatimizga 11.9 milliard AQSh dollarida investitsiya jalb etilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2016 yilga nisbatan deyarli 9.7 foizga o'sgan, 2020 yilda O'zbekiston yalpi ichki mahsuloti o'sishining 1,7 foizgacha sekinlashuvidan so'ng 2021 yilning birinchi yarmida YalM 6,2 foizgacha o'sdi.
Xorijiy investitsiya va kreditlarnining katta hajmda o'zlashtirilishini O'zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar hisobidan amalga oshirilgan Qarshi-Termiz, Pop-Qo'qon-Andijon temir yo'l liniyalarini elektrlashtirish, 450 MVt quvvatga ega ikkita bug'-gaz qurilmasidan iborat umumiy quvvati 900 MVt bo'lgan yangi issiqlik elektrostansiyasi qurilishi, polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksining qurilishi, A-373 "Toshkent-O'sh" magistralining "Qamchiq" dovoni orqali o'tadigan 116-190 kmda joylashgan tog'lik hududlarida 58 km uzunlikdagi avtomobil yo'lini rekonstruksiya qilish, yerustu raqamli uzatish tarmog'ini rivojlantirish kabi yirik investitsiya loyihalari bilan bog'lash mumkin.
2017 yilda asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarni xorijiy investorlar bo'yicha tarkibi Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakat investitsiyalari ishtirokida tabiiy gaz qazib chiqarishda - 9016,3 mlrd. so'm, axborot va aloqa - 467,4 mlrd. so'm, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishda - 10,5 mlrd. so'm, metallurgiya sanoatida - 10,4 mlrd. so'm va boshqa ko'plab faoliyat turlari bo'yicha investitsiyalar o'zlashtirildi. Xitoy Xalq Respublikasi investitsiyalari ishtirokida rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishda - 458,8 mlrd. so'm, tabiiy gaz chiqarish - 451,5 mlrd.so'm, aloqa - 544,0 mlrd. so'm, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish - 149,7 mlrd. so'm va boshqa o'nlab faoliyat turlari bo'yicha o'zlashtirildi.
XULOSA
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi korxonalar sonining tobora ortib borishi va yangilari barpo etilayotgani davlatimizning bu sohaga bo'lgan katta e'tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag'batlantirish va ular uchun zarur sharoitlarni yaratib berish o'ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat o'sishiga ta'sirini kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko'paytirish;
ikkinchidan, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya'ni xomashyoni qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish;
uchinchidan, chet el investorlariga yanada qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida rag'batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish;

Download 16.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling