7-sinf ona tili. I chorak. 1-bsb topshiriqli diktant
Download 37.28 Kb.
|
BSB-1. ONA TILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II Matn asosida berilgan topshiriqlarni baholash mezoni (10 ball)
7-sinf ona tili. I chorak. 1-BSB Topshiriqli diktant BIZ HAM SHUNDAY QILAMIZ! Senegallik fotosuratchi Ina Makosi atrof-muhitni toza saqlash uchun hech kimning xayoliga kelmagan ishni qildi. Makosi fotosuratchi bo‘lgani uchun manzarali joylarni suratga olar edi. O‘ylab-o‘ylab mamlakatning eng qarovsiz joylarida o‘zida go‘zallikni aks ettirgan fotomodellarni suratga oldi va ularni jurnal muqovasiga joyladi. Mahalliy aholi jurnaldagi tasvirlarni ko‘rib xijolat bo‘ldi. So‘ng darhol o‘sha hududlarni tozalab ko‘kalamzorlashtirishdi. Bu ajoyib natija Makosini yanada zavqqa to‘ldirdi, obruyini oshirdi. U boshlagan ishini davom ettirib juda ko‘p joylarning obod bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Germaniyalik Feliks esa bir millionta ko‘chat ekishni maqsad qildi va hammani bu ishga jalb etdi. Uning bu harakatini juda ko‘pchilik qo‘llab-quvvatladi. Yurtimizdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha ham talay ishlar bajarildi. Yurtimiz aholisi o‘z hududlariga turli xil mevali va manzarali ko‘chatlar ekishdi. Hamma tashkilotlar “Seni asray olamiz!” shiori ostida tashabbus ko‘rsatishdi. Bu ishlar yaqin kelajakda o‘z natijasini beradi, albatta! (135 ta so‘z) II Matn asosida berilgan topshiriqlarni baholash mezoni (10 ball) Har bir to’g’ri bajarilgan topshiriq 2 ball bilan baholanadi. 1. Matn turini aniqlang. (1 ball). 1. Berilgan gapda ishtirok etgan fe’llarning munosabat shaklilarini aniqlang. (2 ball). Senegallik fotosuratchi Ina Makosi atrof-muhitni toza saqlash uchun hech kimning xayoliga kelmagan ishni qildi. 2. Matn tarkibidan tovush o‘zgarish hodisalariga uchragan so‘zlarni aniqlab yozing. (3 ball). 3. Ikkinchi topshiriq asosida aniqlangan so‘zlarni tovush tushishi, tovush ortishi hamda tovush almashishi hodisalariga ko‘ra ajratib yozing. (2 ball). 4. Matndan olinma so‘zlarni aniqlab yozing. (2 ball). O‘quvchi to‘plagan bali: ____________ Tekshiruvchi o‘qituvchi: ____________________ __________(imzo Download 37.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling