7-sinf ona tili I chorak
Download 119.5 Kb.
|
7-sinf ona tili @sadikov uz
7-sinf ona tili
III chorak 1. Nuqtalar o'rniga mos keladigan bog'lovchilar tanlang. Tarbiya shart-sharoitlarini yaxshilash - har qanday kishining muqaddas burchlaridan biridir, ... o'zini ... tevarak-atrofdagilarni ma'lumotli qilishdan... ko'ra muhimroq ish yo'q. A. goh, goh, ham C. zero, ham, va B. agar, yoki, va D. goh, na, na 2. Nuqtalar o'rniga qaysi qo'shimchalarni qo'yish mumkin? Bola ... bilim berish ... maqsad uni kelgusida o'qituvchi ... ko'magisiz unib-o'sish ... layoqatli qilishdir. A. - ni, -da, -cha, -dan C. -dan, -ni, -mi, -ning B. -ga, -dan, -ning, -ga D. -lar, -da, -gan, -ga 3. Matnda yordamchi so'zlardan qaysilari qo'llangan? Ona Vatan buyuk bo'lmog'i uchun shu zaminda yashovchilar aqlan va jismonan sog'lom bo'lishlari shart. A. ko'makchl C. yuklama B bog'lovchi D. ko'makchi va bog'lovchi 4. Qaysi javobda faqat yakka holda qo'llanadigan bog'lovchi berilgan? A. ba'zan, goh, na C. dam, ham, chunki B. lekin, va, ya'ni D. yo, yoki, balki 5. Vazifadosh ko'makchilar berilgan qatorni toping. A. ost, orqa, qadar, sayin C. ro'para, oldin, sayin, bo'ylab B. tomon, qosh, qarab, qadar D. tomon, qarab, deya, old 6. -da yordamchisi yuklama yoki bog'lovchi ekanligini qanday bilish mumkin? A. "Va"ni almashtirish mumkin C. Bog'lovshi bo'lsa "ham"ni, yuklama bo'lsa "va"ni almashtirish mumkin D. Bog'lovchi bo'lsa "va"ni, yuklama bo'lsa "ham"ni almashtirish mumkin 7. So'z yoki gaplarga so'roq, ta'kid, ayirish-chegaralash, gumon, o'xshatish, inkor kabi ma'nolarni yuklovchi so'z va qo'shimchalar qanday yordamchilar? A. Yuklama C. Ko'makchi B. Bog'lovchi D. Undov so'zlar 8. Vazifadosh ko'makchilar berilgan qatorni toping. A. -la, -chun C. haqida, to'g'risida. B. deya, deb, atab D. qadar, uzra 9. Ko'makchilarga ma'nodosh bo'ladigan qo'shimchalar berilgan qatorni toping. A. -day, -dek C. -cha, -chi, -gan B. -ga, -da, -dan D. A va B. 10. Qaysi gapdagi vazifadosh ko'makchini sof ko'makchi bilan almashtirish mumkin? A. Gap futbol o'yini ustida ketardi C. chuqur soy oqardi. B. Qoziq ustida qor turmasdi D. A va B. 11. Fikr mavzusi ma'nosni ifodalaydigan ko'makchilar berilgan qatorni toping. A. sari, bo'ylab C. haqida, to'g'risida B. tufayli, uchun D. xususida, o'xshab. 12. Teng bog'lovchilarning xususiyatlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A. uyushiq bo'laklar va gaplarni bog'lab keladi B. uyushiq bo'laklar va gaplar o'rtasidagi mazmuniy munosabatni ham ro'yobga chiqaradi C. uyushiq bo'laklar va gaplar o 'rtasidagi sabab va oqibat munosabatlarini ifodalab keladi D. A va B 13. Qanday so'zlar bog'lovchi vazifasida kelib vazifadosh bog'lovchilar hisoblanishi mumkin? A. ko 'makchilar C. modal so 'zlar B. yuklamalar D. A, B,C 14. Vazifadosh bog'lovchilar berilgan qatorni toping. A. ammo, biroq C. va, lekin B. balki, na D. A va C. 15. Ko'pincha zidlov bog'lovchisi o'rnida keladigan vazifadosh bog'lovchini toping. A. biroq C. ammo B. lekin D. balki 16. Inkor bog'lovchisi qatnashgan gapning kesimi qay shaklda bo'ladi? A. tasdiq B. inkor C. gapda inkor bog'lovchisining mavjudligi kesim shakliga ta'sir qilmaydi D. yo tasdiq, yo inkor shaklda bo'lishi mumkin 17. Ergashtirnvchi bog'lovchilar nimalarni bog'lash uchun ishlatiladi? A. o 'zaro tobe munosabatida bo'lgan gap bo'laklarini bog'lashga B. o 'zaro tobe munosabatida bo'lgan gaplarni bog'lashga C. o 'zaro tobe munosabatida bo'lgan so 'z birikmalarini bog'lashga D. A va B. 18. Ayiruv-chegaralov yuklamasi berilgan qatorni toping. A. xuddi C. xolos B. -ku D. -da 19. Kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi berilgan qatorni toping. A. g'irt C. -ya B. -oq (-yoq) D. A, B. 20. Gumon yuklamasi qatnashgan gapni toping. A. Urug'ingdir, aymog'ingdir, Biror og'zi maymog'ingdir... B. U musobaqa g'olibidir. C. Suv hayot manbaidir. D. A, B, C. 21. Bog’lovchilar vazifasiga ko’ra necha guruhga bo’linadi? A. 4 C. 3 B. 2 D. 5 22. Sof bog’lovchilar qatorini ko’rsating. A. va, ammo, balki C. va, lekin, biroq B. ham, hamda, bilan D. bilan, ham, balki 23. Bir o’rinda bog’lovchi, boshqa o’rinda modal so’z vazifasidagi so’zni aniqlang. A. biroq C. hamda B. bilan D. balki 24. Gumon yuklamasi qaysi? A. –chi C. -ku B. -dir D. –oq(-yoq) 25. Biladilar-da, bu kishi. Yovlar bilan olishgan-a! Ushbu gapda neshta yuklama qatnashgan? A. 2 ta C. 3 ta B. 1 ta D. 4 ta Download 119.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling