7-sinf o‘quvchilari uchun bayonlar to‘plamini tuzish. Reja


Download 150.5 Kb.
bet1/2
Sana24.02.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1226915
  1   2
Bog'liq
7-sinf o‘quvchilari uchun bayonlar to‘plamini tuzish.


7-sinf o‘quvchilari uchun bayonlar to‘plamini tuzish.

Reja:

  1. Bayon – bolalar nutqini oʻstirish omili.




  1. O’quvchilarning og’zaki va yozma nutq madaniyatini shakllantirish.

  2. Og’zaki va yozma muloqotning o’zaro bog’liqligi.

  3. O’quvchilar nutqini oshirishda insho va boshqa yozma ish shakllarining o’rni.

  4. 7-sinf. “Bayon yozish metodikasi” mavzusiga doir amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Oʻquvchilarni oʻz fikrini mustaqil yozishga, oʻqilgan matnni hikoya qilishga oʻrgatishni iloji boricha ertaroq boshlagan ma’qul. Buning uchun oʻquvchilar matnni ogʻzaki hikoya qilayotganda qoʻllangan alohida soʻzlarni yozishdan gapni yozishga, soʻng matnni qismlarini yozishga va ikkinchi sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik matn asosida bayon yozishga oʻrgatiladi.


Bayon oʻqib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan soʻng yozma qayta hikoyalashdir. Oʻqish darslarida matn ustida ishlash, oʻqilgan matn yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish va reja asosida ogʻzaki qayta hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi.
Bayon yozishning turlari hilma-hildir. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir. Bundan tashqari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yozish sur’ati sekin, shunga koʻra bayon uchun kichik hajmdagi kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi.
Bayon matni asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi bir matn tanlansa unga yana bir qancha lavhalarning tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari qoʻshiladi; keyinroq shaxsini oʻzgartirib bayon yozishga oʻtiladi.
Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus oladi. Boshlangʻich sinflar ona tili dasturiga koʻra 2-sinfda katta boʻlmagan (30−40 soʻzli) matn yuzasidan oʻqituvchi yordamida soʻroqlar asosida bayon yozish koʻzda tutiladi.
Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon oʻquvchilarda adabiy nutqni toʻgʻri shakllanishiga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi. Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati, hayoti, ona tabiat tasviri, fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlari aks ettirilgan yuksak gʻoyali matn tanlanishi, bayon mavzusi oʻquvchilarning bilish tajribasini kengaytirishi, ularning dunyoqarashini shakllantirishi zarur. Qayta hikoyalash va bayonda oʻquvchilarning tabiiy nutqi eshitilishi, ya’ni berilgan matnni tushunmasdan yodlamasligi, nutq birliklaridan, sintaktik birlikdan foydalana olishi zarur. Til vositalari matnni oʻqish, suhbat, matn tahlili davomida oʻzlashtiriladi; matndagi soʻzlar va nutq birliklari “oʻziniki” boʻlib qoladi. Qayta hikoyalashda namunadagi u yoki bu gapni bola esga tushurishga harakat qiladi. Oʻzlashtirgan mazmunni toʻliqroq va aniqroq berish uchun gaplar tuzadi. Bu bilan oʻquvchining mustaqil fikrlash darajasi va bilish faolligi oʻsadi. Ijodiy elementlar qoʻshila boradi. Qayta hikoyalashda namunadagi izchillik, bogʻliqlik saqlanishi asosiy faktlar berilishi ayniqsa, ilmiy matnni qayta hikoyalashda barcha muhim oʻrinlar toʻliq bayon qilinishi zarur. Vaqt-vaqti bilan ilgari eshitilgan, oʻqituvchi oʻqib bergan yoki radio televizordan yozib olingan matnni qayta hikoyalatish, oʻquvchi bir marta ovoz bilan yoki ichida oʻqigandan soʻng qayta hikoyalashdan foydalanishni tajribada qoʻllab turish ham mumkin. Bu ishni turli xil uslublarda olib borish imkoniyatini yaratadi va uni jonlantiradi.
Bayon yozdirishda oʻquvchilar matn mazmunini qanchalik tushunganliklari, oʻz fikr va tushunchalarini ijodiy va mustaqil ifodalaganlari, yozma nutq malakasi va savodxonligi sinab koʻriladi.
Boshlangʻich sinfda bogʻlanishli nutqqa oid mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) berilgan savolga toʻliq, mukammal javob;
2) oʻqilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni oʻrganish; oʻquvchilar lugʻatini faollashtirish bilan boʻgliq holda har xil matnli mashqlar;
3) muntazam oʻtkazilgan kuzatishlarni yozib borish va ob-havo kundaligini yuritish;
4) oʻqilgan matnni turli variatda ogʻzaki qayta hikoyalash;
5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshi yoki oxiri berilgan hikoya, reja yoki sujet asosida oʻquvchilarning ogʻzaki hikoyasi;
6) badiiy matnni hikoya qilish, yod olish, oʻquvchilar saviyasiga mos matnlarni yoddan yozish;
7) ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish;
8) namunasi berilgan badiiy, ilmiy-ommabop matn asosida bayon yozish;
9) oʻqituvchi bergan matnni oʻgzaki va yozma qayta tuzish (tanlab qayta hikoya qilish va bayon, ijodiy qayta hikoyalash va bayon, hikoyani sahnalashtirish kabilar);
10) har xil turdagi yozma insho.
Ushbu turdagi mashqlar ham oʻquvchilarni bayon yozishga tayyorlaydi.
Bayon oʻquvchilarda koʻnikma va malakalarni oshiradi u asosan dasturda bogʻlanishli nutq yoki nutq oʻstirish boʻlimida kiritiladi.Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga bayon yozdirishdan oldin ishning maqsadi va vazifasi belgilab olinadi. Shu bilan birga oʻquvchilarning bilimi yosh xususiyatiga moslab matn tanlanadi.
7-sinfda oʻquvchilarga bayon yozdirish ikki xil tartibda olib boriladi.
1. Oʻqituvchi tuzgan reja asosida bayon yozish.
2. Oʻqituvchi rahbarligida oʻquvchilarning oʻzlari tuzgan reja asosida bayon yozdirish.
Oʻquv yilining 1-yarimida bayon rejasini oʻqituvchi tuzadi. Keyinchalik oʻquvchilarning oʻzlari mustaqil tuzadilar.
7-sinf oʻquvchilariga bayon yozdirishda quyidagi maqsadlarga erishish koʻzda tutiladi.
  1. Asosiy fikr kim yoki nima haqida borayotganligini bilish;


  2. Bayondan bir soʻzni takror ishlatavermay uning sinonimlaridan foydalanishni oʻrgatish;


  3. Yozma nutqni oʻstirish;


  4. Imlo xatolarni tuzatish.



7-sinfda oʻquvchilarni matn bilan tanishtirishda ishni tayyorgarlik mashqlaridan boshlash maqsadga muvofiq. Bu davrda gap ustida ishlashga katta ahamiyat berish talab qilinadi. Matnni tahlil qilish yoʻli bilan sodda gaplarni tuzish koʻnikmasi mustahkamlanadi.
Bayon tahliliga quyidagicha e’tibor beriladi.
  • Oʻquvchilar ishi haqida umumiy suhbat.


  • Eng yaxshi bayon namunasini koʻrsatish.


  • Matnga mos boʻlmagan ortiqcha soʻzlarni oʻqib eshittirish.


  • Qaysi asosiy fikr tushub qolganligini aytish.


  • Xatolar ustida ishlash.



Adabiyot darslarida oquvchilar nutqini o’stirishning o’ziga xos xususiyati shundaki, o’qituvchi darsda o’quvchilarga badiiy asarni o’qish, yod olish, ifodali so’zalash malakalarini o’stirish orqali ularning grammatik qoidalarni, so’z san’atining qonuniyatlarini egallab olishlariga erishadi, adabiy nutqlaini rivoj toptiradi. O’quvchilarning og’zaki va yozma nutq madaniyatini taraqqiy ettirish adabiyot o’qitishning sifatiga bog’liq. Shu bilan birga, nutq madaniyatini tarraqiy ettirish adabiyot o’qitishning sifatiga bogliq shu bilan birga, nutq madaniyatini rivojlantirish darsda leksik mashqlar, qayta hikoyalash, bayon, insho kabi mashg’ulotlarni uyushtirib turushni ham taqazo etadi. Og’zaki nutq har bir kishidan o’z suhbatdoshining fikrini tez anglashni, suhbatda zarur bo’lgan so’zni tez topishni, har bir so’zning ma’nosini matnga bog’liq holda tushuntirishni, qollanadigan so’zning o’ziga mos sinonimini topib ishlatishni talab qiladi. Tabiiyki, og’zaki nutqda o’ylab so’z tanlashga vaqt bo’lmaydi. Shunga ko’ra oldin maqsad bayon qilinayotgan fokrlarga mos so’zlarni tezlik bilan topa olishga, nutq davomida fikrni tizimlashtiruvchi reja tuzishga, o’z fikrini ishonarli va qat’iy bayon qilishga o’rgatish va nihoyat, oquvchilarda hozirjavoblikni o’stirishdan iborat.

D. Nutq uslublariga oid mashqlarni bajaring.


1- mashq. Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir.
JAVOB: Ilmiy uslub , atomlar , zarralar, vodorod , kislarod , grafit , oltingugurt , metallar , temir , mis , magniy , karbonat angidrit , mis (II)
2- mashq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan.
JAVOB: Matnda fizik xodisa tasvirlangan bo’lib bunda tovush to’lqinlarining tezliklarini turli jisimlarda moddalarda sinab ko’rilgani va natijalari qayt etilgan. Bu matin ilmiy uslubga kiradi. Uslubiy vositalari esa : Ultira tovushlar , to’lqin , tovush , akustik hodisa , m/s birligi va h . k .
Ekologik muammolar
Aholi sonining yildan yilga oshib borishi sanoat va transportning rivojlanishi, fan texnikaning taraqqiy etishi, insonning biosferaga ko‘rsatayotgan ta’sir doirasini kengaytirib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida u yoki bu ekologik muommolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan bog‘liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotiga, hayotida xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog‘liq (stixiyali talofatlar, iqlimning o‘zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‘chib ketishi va boshqalar) har qanday hodisa tushuniladi. Ekologik muammolar 3 guruhga bo‘linadi.
1. Umumbashariy (global)
2. Mintaqaviy (regional)
3. Mahalliy (lokal)
Dunyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen hodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday umumbashariy muammolarga ba’zi bir misolar keltirish mumkin:
Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozon qatlami atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo‘ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib olib, yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlarning ortishi tirik organizmlarga salbiy ta’sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotganligi aniqlangan.
Chuchuk suv muammosi. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz bo‘lib, u 2,8 % ni tashkil etadi. Chuchuk suv zahirasi asosan qutblardagi muzliklardir.
Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3 – 3,5 km3 suv sarflanmoqda. XXI asrga borib ushbu ko‘rsatkich 1,5 – 2 marta ortish imkoniga ega. Daryolarning umumiy yillik oqimi yer yuzi bo‘yicha 50 ming km3. Ammo bunday foydalanishda chuchuk suv yetishmasligi aniq.
Qurg‘oqchil mintaqalarda daryolardan to‘liq foydalanilganda ularning suvi yetmay qolmoqda. 1980 yillarda bunday holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika davlatlari, Nil, Sirdaryo, Amudaryo va ba’zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaharli moddalar bilan ifloslanishi o‘sib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat oqova suvlarini daryolarga tashlaydi. Bu ko‘rsatkich daryolarning umumiy suv miqdorining 10 % ni, ba’zi rivojlangan mamlakatlarda 30 % ni tashkil etadi. Daryo toza suvlarida yildan yilga har xil erigan moddalar, zaharli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda.
Tirik tabiatdagi o‘simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o‘simliklar dunyosi, ayniqsa, o‘rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o‘rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o‘rmonlarning holatini yaxshi deb bo‘lmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd. m3 hajmda o‘rmonlar qirqilmoqda. FAO ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich yaqin yillar orasida 1,5 martaga ortishi mumkin.
Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o‘rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo‘lgan o‘rmonlarning yarmidan ko‘pi kesib tashlanmoqda. 160 mln. gektar tropik o‘rmonlar vayron bo‘lgan, atiga yiliga 11 mln. gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi «Qizil kitob» yaratilishiga sabab bo‘ldi.


Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling