7-sinf O’zbekiston tarixi Savol-Javoblar to’plami 1-Mavzu: Diyorimiz Jahon Sivilizatsiya Beshiklaridan Biri


Download 37.35 Kb.
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi37.35 Kb.
#1719548
1   2   3   4
Bog'liq
7- uzb1-5-mavzu

Xitoy hunarmandlariga

  1. O'rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi jihatidan qaysi davlat shishasidan ustun turgan.? Vizantiya

  2. Shunday qilib, O'rta Osiyo aholisining madaniy an'analari qo'shni mamlakatlar, xususan, ... tasviriy uslublari bilan omixtalashib, ilk o'rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylanadi.? Hindiston va Eron

  1. Mixirakula-bu ..(Rasmdan)? Eftal hukumdori

  2. Sug'diy qo'lyozma parchasi. (Rasmdan)? VIII asrga tegishli

  3. Sapol ko'za qayerdan topilgan va nechanchn asrga tegishli. (Rasmdan)? Ko'firqal’a. VII-VIII asrlar

5-§. O'rta Osiyo xalqlari turk xoqonligi davrida

  1. Qachon Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi.? VI asr o'rtalarida

  2. Bu davlat ... tarixga nomi bilan kirgan.? Turk xoqonligi

  3. Turk xoqonligiga qachon, kim tomonidan asos solingan, markazi.? asoschisi Bumin edi. 552-yilda Bumin "xoqon" deb e'lon qilindi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi.

  4. Turklarning g'arbga tomon yurishlariga kim boshchilik qiladi.? Istami

  5. Istamiga qanday unvon berilagan.? "Yabg'u xoqon"

  6. Tez orada tarkar qayerlarni bo'ysundiriladi.? Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan

yurtlarda yashovchi turkiy qabilalarni

  1. 555-yil Turklar qaysi hududlarni egallaganlar.? Xoqonlik_chegarasi_Eftaliylar_davlati_hududlariga_borib_yondoshadi.'>Sirdaryo va Orol dengizi bo'ylarigacha cho'zilgan keng o'lkalarni egallaydilar. Xoqonlik chegarasi Eftaliylar davlati hududlariga borib yondoshadi.

  1. Bu vaziyatdan foydalanib Sosoniylar eftaliylardan qayerlarni tortib oladilar.? Toxariston va Chag'oniyonni

  2. Turk xoqonligining eftaliylar bilan to'qnashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni qaysi davlatlar bilan yaqinlashtirdi.? Eron, so'ngra Vizantiya

  3. Eron bilan turklar o'rtasida harbiy ittifoq qaysi yo'l orqali mustahkamlanadi.? Xusrav I Anushervon (531579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan o'zaro harbiy ittifoq Eron shohining Istamiga kuyov bo'lishi orqali yanada mustahkamlanadi.

  4. Eron askarlarining Balxga xujumi ko'magida turklar 563-yilda...? Eftaliylar davlati yerlariga bostirib kiradilar.

  5. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi qaysi shahrnii ishg'ol qiladilar.? Choch

  6. Sirdaryodan o'tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar davom etgan shiddatli jangda eftaliylar qo'shini yengiladi.? 8 kun

  7. Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 563-567 yillarda zarbaga uchragan qaysi davlat barbod bo'ladi.? Eftaliylar davlati

  8. Natijada mag'lub davlatning merosi o'zaro bo'linib, Amudaryoning janubiy qirg'oqlarigacha bo'lgan viloyatlar qaysi davlatga o'tadi.? Eron

  9. Kaspiy dengizigacha cho'zilgan yerlar kimlarning tasarrufiga o'tadi.? Turk xoqonligi

  10. Eftaliylar davlati qulagach vaziyat tubdan o'zgaradi. Endilikda ...? o'z chegarasini shimoli-sharqqa tomon kengaytirib olgan Eron Amudaryodan to Suriyaga qadarli Ipak yo'li ustida haqiqiy sarbon bo'lib oladi. Uzoq Sharqdan Eron hududlarigacha karvon yo'li nazoratini o'z homiyligi ostiga olgan turklar esa Eron orqali Vizantiya bilan bevosita savdo qiladigan bo'ldi.

  11. Turk xoqonligi qanchalik katta bo'lmasin, chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy tilda so'zlashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat bo'lgan. Bu ittifoqni kim boshqargan.? Xoqon

  12. Xoqonlik boshqaruvi nimaga asoslangan edi.? Hukumdorning hokimiyati urug'-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma'muriy boshqaruvga asoslangan edi.

  13. Mamlakat ... aholiga bo'linardi.? ko'chmanchi chorvador va o'troq dehqon

  14. Budun ...? Ko'chmanchi chorvador aholi "budun" yoki "qora budun" nomlari bilan yuntilgan.

  15. Qabilalar ittifoqi nima deb alalgan.? "o'n o'q budun" yoki "o'n o'q el" deb yuritilgan.

  16. Yabg'u xoqon ...? O'n o'q budun yoki elning hokimi

  17. Yabg'u darajasiga kimlar ko'tarilardi.? faqat xoqon urug'iga qonqarindosh bo'lganlargina

  18. O'n o'q el sardori bir tuman (ya'ni o'n ming) suvoriyni safga tortar edi. Bunday harbiy bo'linmaning tumanboshisi nima deb yuritilad edi.? shad" deb yuritilgan.

  19. Xoqon kim.? buyuk hukumdor, podshoh, imperator

  20. VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o'ndan ortiq mayda hokimliklar mavjud edi. Bu davlatlarda turklar asosan nima olishgan.? Boj va yasoq undirib olosh bilan cheklangan.

  21. Yasoq ...? dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq.

  22. Qanday omil xoqonlikning mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermadi.?


Download 37.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling