7-sinf O’zbekiston tarixi Savol-Javoblar to’plami 1-Mavzu: Diyorimiz Jahon Sivilizatsiya Beshiklaridan Biri


Download 37.35 Kb.
bet1/4
Sana25.10.2023
Hajmi37.35 Kb.
#1719548
  1   2   3   4
Bog'liq
7- uzb1-5-mavzu


7-sinf O’zbekiston tarixi Savol-Javoblar to’plami
1-Mavzu: Diyorimiz Jahon Sivilizatsiya Beshiklaridan Biri

  1. Bu kitob qaysi davr voqealari haqida bayon qilinadi.? IV-XVI asr boshalardagi voqealar.

  2. “O'zbek” atamasi ... ? qabila begi, hukumdor degan ma'nolarni anglatadi.

  3. Yurtimizga rablar qachon kirib keldi..? VIII asr boshlari

  4. Qachon Samarqandda alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosi va uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida

tutgan o’rniga bag’ishlanib konferensiya bo’lib o’tdi..? 2014-yil 15-16—may

  1. Qaysi shaharda bo’lib o’tdi..? Samarqand

2-§. Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar

  1. Qаdimgi Turon diyoridа yuksаlish qаysi dаvrdа bоshlаngаn.? Qang' (Kanguy) davlati va Kushon podsholigi ravnaq topgan davrda yuksalish boshlangan edi.

  2. O'rta asrlarda yaratilgan suv inshoatlari qaysilar.? Suv tegirmoni, chig'ir va charxparraklar kabi suv inshootlari kashf etildi.

  1. Ilk o'rta asrlarda qishloqlar nufuzining ko'tarilishi qaysi voqealar bilan bog'liq.? Shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi bilan qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj ortib bordi. Natijada mamlakatning iqtisodiy hayotida xomashyo yetkazuvchi qishloqlarning nufuzi ko'tarildi.

  2. Ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi aholining o'troq hayotga o'tishi kuchaygan, oqibatda...?

dehqonchilik uchun yaroqli obikor yerlarga bo'lgan muhtojlik tobora oshib bordi. Natijada qo'riq va bo'z yerlarga suv chiqarib katta-katta yer maydonlarini ochish ishlari jadallashdi.

  1. Mulkdor sarkorlar o'zlariga tegishli yer maydonlarini to'g'on boshidan ajratib olganlar. Ular bu bilan.? ular suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o'z ta'sirini o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shu tariqa ular qishloqlarda o'z ta'sir doirasini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukumronlik qila boshlaydi.

  2. Qo'riq yerlarda ochilgan yangi yer maydonlarining ma'lum bir ulushi ularning qo'liga o'tadi va merosiy mulkiga aylanadi. Shu tariqa nima shakillandi.? katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllanadi.

  3. O'sha zamonda hukumdorlar nima deb atalgan.? dehqonlar deb atalgan.

  4. Dehqonning mol mulklari.? Dehqonlar shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do'kon-u rastalaridan iborat kattagina xo'jalikka ham ega edilar. Qishloqlarda esa, ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko'shk va istehkomli qo'rg'onlari, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo'lardi.

  5. Chokarlar kimlar.? dehqonning hayotinin va mol-nulkini qo'riqlovchi, harbiy posbon

  6. Dehqonning qul, cho'rilardan iborat ko'pdan ko'p xizmatkorlar dehqonlarning xo'jaligida qishin- yozin mehnat qilganlar. Bulardan tashqari, har bir katta yer egasining qancha ba'zan undan ortiq chokarlari bo'lgan.? 30-40, 50-100 ta

  7. Dehqon so'zi daslab qanday ma’noni bildirgan.? Qishloq hokimi

  8. Kadivar-bu ...? qishloqning dehqonlarga qaram bo'lib qolgan ahli

  9. Kashavarz-bu ...? ziroatchi oddiy qo'shchilar.

  10. Ilk o'rta asrlarda qanday tabaqalar shakillangan.? Dehqon, koshovarz va kadivarlar tabaqalari.

  11. V asr o’rtalarida ekin maydonlarinng asossiy qismikimlarning qol ostida edi..? qishloq jamoalarining


2-§. Ilk o 'rta asr davlatlari

  1. III-asrda Qang' davlatidan Xorazm ajralib chiqqan uni qaysi sulola boshqargan.? Afrig'iylar sulolasi

  2. Milodiy III asr o'rtalarida Xorazm davlatining poytaxti dastlab qayer bo'lgan? Tuproqqal'a shahar harobasining o'rnida bo'lgan.

  3. Tuproqqal'a shahar qayerda.? hozirgi Qoraqalpog'istonning Ellikqal'a tumanida

  4. Poytaxt mudofaa jihatidan nihoyatda mustahkam qurilgan. Shahar markazidan yuqoriroqda nima joylashgan.? ibodatxona majmuasi

  1. Qachon Afrig' o'z qarorgohini Kat shahriga ko'chirgan.? Milodiy 305-yilda

  2. Kat qayta tiklanib, qaysi qasr ichida shoh o'ziga yangi saroy qurdiradi.? Al-Fir

  3. Xorazmning Afrig'iy shohlarining tanggalari qanday bo'lgan.? betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etilgan, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo'lib oladilar.

  4. Xorazmshohlar unvoni dastlab qaysi sulola tomonidan qabulq ilingan ...? Siyovushiylar sulolasi tamonidan qabul qilinga.

  1. Qachon Xorazmda iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaqil bir nesha sug'orma dehqonchilik vohalarini boshqargan mayda hokimliklar bo'lgan.? III asrda

  2. Qo'lida burgut qo'ndirgan tojdor hukumdor xaykali qayerdan topilgan.? Tuproqqal’adan

  3. Qo'lida shoxbozlochin tutgan tojdor tasviri so'qilgan tanga qayerdan topilgan.? Anqaqal'adan

  4. Qaysi sulolalar davrida Xorazm o’z mustaqillgini saqlab qoldi..? Eftalar, Xioniylar, Kidariylar, Turk xonligi (barchasi)

  5. Xioniylar davlarti qaysi davrda hukmronlik qilgan..? IV asrning 70-yillari—V asrning 2-yarmi

  6. Xioniylar davlati markazi qayer..? Zarafshon vohasi

  7. Xioniylar zarafshonni egallashgach qasyi davlat o’rnini egallaydi..? Kushon

  8. Sosoniylar davlati qayerda tashkil topgan edi.? Eronda

  9. Xioniylar davlati qaysi hududlarni o’z ichiga olgan..? Shimoliy Hindiston, Afg’oniston, Xurosonning bir qismi

  1. Xioniylar davlat nechan yil hukumdorlik qildi.? 120 yildan oshiqroq

  2. Xorazm va Amudaryo havzasiga Toharlar qachon, qaysi hududlar orqali kirib kelganlar.?

  • asrning 20-yillarida Sharqdan Sirdaryo va Orol bo'ylari orqali

  1. Toharlar kimlarning avlodi, ularning yo'lboshchisi kim.? Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo'lib, Kidar ismli hukumdor ularga yo'lboshchi edi. Shuning uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi.

  2. Kidariylar qaysi hududlarda o'zlarining hukumronliklarini o'rnatdilar.Ularning poytaxti.? Amudaryo havzasi hamda g'arbiy va janubiy Sug'd yerlarini ishg'ol etib, xioniylar davlatining janubiy qismida o'z hukumronligini o'rnatganlar. Balx shahri esa bu yangi davlatning poytaxtiga aylantirilgan.

  3. 456-yil Kidariylar bilan sosoniylar to'qnashdilar, natijasi.? sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchragan kidariylar o'zini qayta o'nglab ololmaydi. Buning ustiga tez orada kidariylar shimoldan janubga tomon siljigan yana bir ko'chmanchi chorvador aholi - eftaliylar bilan to'qnashadilar. Natijada, kidariylar O'rta Osiyoni tark etib, janubga - Shimoliy Hindistonga chekinadilar. U yerlarda 75 yil hukumronlik qiladilar.

4-Mavzu: Eftallar davlati

  1. Eftalar davlati qachon hukmronlik qilgan..? V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha

  2. Eftal degan nom ilk bor qachon arman manbalarida uchraydi. Eftaliylar davlatining asoschisi kim.?

  • asrning o'rtalarida diyorimizga kirib kelgan eftaliylar yozma manbalarda eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. "Eftal" degan nom ilk bor "xeptal" shaklida V asr arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida "Eftalon" deb yuritilgan shoh nomidan olingan. Uni Vaxshunvar deb ham ataganlar, u eftaliylar yurishiga boshchilik qilgan.

  1. Qachon Eftallar Xitoyga elchi yuboradi.? 456 yilda

  2. Eftallar davlati qasyi hududlarni o’z ichiga olgan...? O’rta Osiyo, Shrqiy Turkiston, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston

  3. Eftallar davlatining dastlabki poytaxti qayer.? Poykand va Varaxsha

  4. Boj solig’i kimlardan olingan..? savdogarlardan

33. Pero'z 484-yilda eftaliylarga qarshi ...? uchinchi marta yurishga otlanadi. Bu galgi urush sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi.

  1. Eftallarga oid kumush lagan qayerdan topilgan va nechanchi asrga oid.(Rasmdan)? Samarqand vil. Chelak shahri. V asr.

  1. Qayerlarda zotli arg'umoqlari bilan mashhur bo'lgan.? Farg'ona vodiysi (Qurama va Qaramazor tog' larida)

  2. Xvabulari kimlar.? eftallarda qabila va urug' oqsoqollari .

  3. Zog'ariq (Zovariq) va Bo'zsuv qayerlarni ham suv bilan ta'minlab turgan.? Toshkent vohasi va


Download 37.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling