7-sinf o’zbekiston tarixi
Download 212.64 Kb.
|
7-sinf O\'zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan testlar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar va javobi
037-Temuriylar davlatining inqirozga yuz tutishi (15)
Savollar va javobi1. Temuriylar davri muarrixlaridan birining yozishicha Xuroson o'sha paytda necha qismga bo'linib ketgan edi? 11 ta 2. Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur qachon vafot etgan edi? 1457 yilda 3. 1457 yilda Xurosonda hokimiyatga kim kelgan edi? Abu Said Sulton 4. Abu Said Hirotda hokimiyatga kelgan paytlarda kim Xorazmni egallab olgan edi? Sulton Husayn 5. 1469 yilning bahorida.... Abu Said turkmanlarga qarshi jangda halok bo'ldi 6. 1469 yil 24 martda... Sulton Husayn Hirot taxtini egalladi 7. Sulton Husayn Hirotda hokimiyatga kelganidan keyin Movarounnahrga kim hukmronlik qila boshlagan edi? Sulton Ahmad 8. Movarounnahr hukmdorlaridan Sulton Mahmud hukmronlik qilgan yillarni aniqlang. 1494-1495 yillar 9. XV asrning ikkinchi yarmida Movaraunnahrdagi ko’pgina shahzodalar o’rtasidagi nizolarni hal qilishda jonbozlik ko’rsatgan diniy arbobni aniqlang. Xo’ja Ubaydulloh Ahror 10. Sulton Husayn Boyqaro davlati tarkibiga qaysi hududlar kirgan edi? hamma javob to'g'ri 11. Alisher Navoiy va Sulton Husayn yoshligida qaysi hukmdor xizmatida bo'lgan edilar? Abulqosim Bobur 12. 1469 yilda Sulton Husayn Hirot taxtini egallaganidan keyin Alisher Navoiyni qaysi lavozimga taklif qiladi? muhrdorlik 13. 1451 yilda Abu Said Mirzo kimning yordamida Samarqand taxtini egallaydi? Abulxayrxon 14. Fazlulloh Abullays Samarqandiy kim? falsafa, mantiq, huquq va arab tili bilimdoni 15. Temuriylar saltanati qachon inqirozga yuz tutgan edi? XV asrning ikkinchi yarmida 038-Dehqonchilik va yer egaligi munosabatlari (16) Savollar va javobi1. Temuriylar davrida kam suvli Qashqadaryo vohasiga suv chiqarish imkonini bergan qayta tiklangan kanalni aniqlang. Angor kanali 2. Ulug'bek hukmronlik qilgan yillarda Buxoroning janubiy-sharqiy chegarasidagi qaysi hududga suv chiqarilgan edi? Somonchuq dashtiga 3. Murg'ob daryosining bosh to'g'oni-Sultonband qaysi hukmdor tomonidan qayta tiklangan edi? Shohrux 4. Qaysi hukmdor davrida Marviruddan yangi kanal chiqarilib, kattagina yer maydoni sug'orilib obod etilgan edi? Sulton Husayn 5. Dеhqonchilik sohasida Tеmuriylar davrida qilinmagan ishni aniqlang. Zarafshon daryosiga suv ayirg’ich o’rnatilishi 6. Turuqband suv ombori qurilganidan so’ng qaysi shahar suv bilan ta'minlanadigan bo’ldi? Mashhad 7. Temuriylar davrida kimning tashabbusi bilan Tus viloyatining yuqori qismida Turuqband suv ombori qurilgan edi? Alisher Navoiy 8. Temuriylar davrida ekin maydonlariga ishlov beruvchi yollanma ziroatchi qanday nomlangan edi? muzoriy 9. Bir farsax bu taxminan - 6-8 km 10. XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda yer egaligining necha turi bo'lgan? 4 ta 11. Temuriylar davrida yerlarni in'om qilishning qanday tartibi keng yoyilgan edi? suyurg'ol 12. Tеmuriylar davrida mavjud bo’lmagan yеr egaligi turini aniqlang. mulki hur 13. Tarxon yorlig’i olgan shaxslar tog’risidagi qaysi ma'lumot xato? tarxonlar asosan vaqf yеrlarini boshqarishgan 14. Lalmikor yеrlardan, odatda, qanchadan soliq (xiroj) undirilgan? B, C 15. Temuriylar davrida begor bu- majburiy tekinga ishlab berish 16. Temuriylar davrida mulk yerlaridan qanday soliq undirilgan? ushr solig'i Download 212.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling