IV asr 70-yillari - V asrning ikkinchi yarmigacha - O`rta Osiyoda Xioniylar hukmronligi;
IV –XV asrlar - O`rta Osiyo xalqlari tarixida O`rta asrlar davri;
V asr - O`rta osiyo sug`orish tarmog`ida Darg`om, Bo`zsuv,Zog`ariq kanallari ishga tushirilgan;
V asrning 20-yillari – sharqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga toxarlar kirib keldi.
V-VI asrlar -So`g`d yozuvi ,Xorazm va eftal yozuvlari tarqalgan;
V asr 20-yillar - sharqdan Sirdaryo va Orol bo`ylari orqali Xorazm va Amudaryoga toxarlar bostirib keldi;
V asr 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha - O`rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindiston, Afg’oniston, Pokistonni o`zida jam etgan Eftallar davlati faoliyat ko’rsatgan;
V –asr o`rtalariga kelib - Ziroatkorlar vohalardagi obikor yerlarni asosiy qismi qishloq jamoalarini qaramog`ida edi;
VI asr - Chirchiq , Zarafshon,Qashqadaryo va amudaryo havzalarida 10 dan ortiq voha hokimliklari bor edi;
VI asr 80-yillari oxilari - Turk xoqonligi 2 qismga ; Sharqiy va G`arbiy xoqonlikka bo`linib ketdi;
VI asr o’rtalari -Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan Turk xoqonligi tashkil topdi;
VI-VII asrlar - O`rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik,nasroniylik,moniylik,qam (shomon) kabi dinlar mavjud edi;
VI-VII asrlar - Qarluqlar Turk xoqonligi tarkibiga kirgan;
VII - asr - Chochdan shu davrga oid tangalar topildi;
VII asr - O`rta Osiyo hududlari ,,Turkiston” deb atala boshlandi;
VII asr 1-yarmi - G`arbiy Turk xoqonligi bilab Xitoy o`rtasida aloqalar kuchaydi
VII asr birinchi choragi - G`arbiy Turk xoqonligi kuchaydi;
VII asr dastlabki choragida -G`arbiy Turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko`chirdi;
VIII asr - Buxorxudotlar o`z nomidan dirhamlar zarb ettirganlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |