7-sinf test adabiyot 3-chorak


Download 16.96 Kb.
Sana07.11.2023
Hajmi16.96 Kb.
#1753727
Bog'liq
7-sinf uchun adabiyotdan (A variant)


7-sinf test adabiyot 3-chorak
1. Xalq dostonlarida qahramonning harakati tezlashgan holatlar necha bo'g'inli barmoq vaznida kuylanadi?
A) yetti hijoli vaznda B) to'qqiz bo'g'inli vaznda C) sakkiz bo'g'inli vaznda D) besh hijoli vaznda
2. Nima uchun Avazxon qizini Ravshanga berishni istamadi?
A) manmanligi sababli Avazxon o'zini Hasanxondan ortiq hisoblardi B) Ravshanni u qadar o'ktam va ko'rkam yigit deb bilmasdi C) Gulanor boshqa yigitni sevardi E) Ravshanning Zulxumorni sevishini bilardi
3. Uzukni ko'rgan Zulxumor nima uchun Ravshanni huzuriga kiritib, qabul qildi?
A) uzukdagi yozuvda o'z qismatini ko'rdi B) uzukning sehrliligini ko'rgach, qo'rqdi
C) uzukning qimmatbaho ekanligini sezdi D) Ravshanni tushida ko'rib, sevib qolgandi
4. Aka-uka kallarga xos bo'lgan xarakter belgilarini ko'rsating.
A) mardlik, haqiqatgo'ylik, o'z ishiga mohirlik B) sevgiga sadoqat, vafodorlik C) vatanparvarlik, o'z shohiga sadoqat D)o'z onalariga itoat, yumshoq tabiatlilik
5. «Shunday niginga qarasa, niginning yuzida xati bor, yer yuzida jami parini bandiga olgan bandi bor, olam mamlakatiga bermaydigan xosiyati bor, har yerda suluv barno qiz bo‘lsa, oti bor…» Ushbu tilsimli ashyo uchraydigan dostonni ko‘rsating.
A) «Kuntug‘mish» dostoni B) «Ravshan» dostoni C) «Malika ayyor» dostoni D) «Alpomish»dostoni
6. Qaysi javobda «Ravshan» dostonining epizodik obrazlari ko‘rsatilgan?
1) Kampir ena; 2) Oqqiz; 3) aka-uka kallar; 4) Gulqiz; 5) Maston onasi; 6) 500 nafar mirboz
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 2, 5
7. «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi dostonda «sher haybatli, yo‘lbars kelbatli, qoplon yurakli, arslon bilakli yigitlar» deb ta’riflangan qahramonlar nomini belgilang.
A) Aynoq kal, Jaynoq kal, Ersak kal, Tersak kal B) Ravshan, Hasanxon C) Avazxon, Hasanxon D) Alpomish, Qorajon
8. Anvarning: «...zero, zulmi naqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bo’lishi tajribalar bilan sobitdir», - so’zlari kimga nima maqsadda aytilgan?
A) Ra’noga sabr qilish zarurligini tushuntirish uchun B) Xudoyorxonga Sultonalini ozod qilishini so’rab C) Abdurahmon domlaga tanbeh berish maqsadida D) Sultonaliga qochish to’g’risida maslahat so’rab
9. Anvarni o’z ixtiyori bilan xon huzuriga borishdan qaytarolmagan Qobilboy nima uchun ukasining xayrlashuviga javob bermay chiqib ketadi?
A) nima qilishini bilmay gangib qolgan edi B) o’z jonini qutqazish uchun tez ketib qoladi C) maslahatlashmoq uchun do’stlarining oldiga ketgandi D) do’stlari bilan ahdlashganday ukasini qutqarish haqida o’ylagandi
10. Xon tomonidan Anvar o’limga buyurilgan lavhada kimning xatti-harakatini jasorat sifatida baholash mumkin?
A) Sultonali B) Muhammad Niyoz C) Jallod D) Xudaychi
11. Qobilboy va uning ikki do’sti qanday qilib Anvarni qutqarishga muvaffaq bo’lishdi?
A) xalq ularga yordam berdi B) yasovullar ham Anvarning qatlini xohlashmas edi C) tahorat olish bahonasida Anvar ular bilan qochishga muvaffaq bo’ldi D) jazo maydonida yasovullar oz edi
12. A.Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanida yozilishicha, «Raqibni bu qadar jaso
ratda ko‘rgan Xudoyorxonning kiprik ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va bir oz so‘z topolmagandek tamshanib turdi». Keyin Anvarga qarata nima dedi?
A) Sen bizg‘a xiyonat qilding, it uvli! B) Chiqar buni, jallod!!! C) Tuzumni unutding! D) Pusulmonchilik qig‘onsan-da!
13. Adabiyotshunoslikda juda bo’rttirish yoki o’ta kuchaytirib tasvirlash…
A) mubolag’a B) tajnis C) tarse’ D) talmeh
14. Badiiy obraz haqida bildirilgan qaysi fikr to’g’ri?
A) barcha javoblar to’g’ri B) obraz ayni paytda umumlashma xususiyatga aloqador bo’ladi C) hissiy ta’sir kuchiga ega bo’lgan surat D) badiiy adabiyotdagi insonning alohida shakli
15. Adabiyotning tasvir mavzusi haqida qaysi qatorda to’g’ri izoh berilgan?
A) inson B) badiiy so’z C) obraz D) narsa va hodisalar tasviri
16. Uvaysiy g'azalidagi «Vujudim dardga to'ldi, emdi darmonimni sog'indim» misrasidan anglashiladigan ma'noni belgilang.
A) dard - kasallik, darmon - dori B) dard -musofirlik, darmon - vatanga qaytish C) dard - zulm, darmon - qasos D) dard - sog'inch, darmon - diydor
17. Shoiraning kecha-yu kunduz o'g'iining nomini takrorlab, uni o'ylab yurishi qaysi ifodada aks etgan?
A) Tilimning zikri-yu ko'nglimning fikri... B) Uyimning ziynati, ko'z ravshani...
C) Qorong'u bo'ldi olam ko'zima... D) Vujudim dardga to'ldi...
18. Uvaysiy g'azallaridan tashqari yana qaysi she'riy janrda shuhrat qozongan?
A) chiston B) muxammas C) tuyuq D) ruboiy
19. Jobir dengizda kemalar ko'ringanidan qanday xabar topardi?
A) Diydabonlar orqali B) O'zi kuzatib yotardi C) Nogoh ko'rib qolardi D) Kemadagi josuslar orqali
20. «Mehr» so'zi qizning ismini bildirish bilan birga yana qanday ma'noni anglatardi?
A) quyosh B) oy C) shamol D) yulduz
Download 16.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling