1
MAVZU: RUBOIY, TUYUQ, QIT'A VA FARDNING UMUMIY
XUSUSIYATLARI.
MUNDARIJA
REJA:
Kirish……………………………………………………………..…………….2
I.BOB.RUBOIYLARNING MAVZU MUNDARIJASIGA KO‘RA TASNIFI.
1.1Tuyuqlarda shakldosh so‗zlar va ma‘no tanosubi……….………………..4
1.2.Kichik lirik janrlar sharhi: ruboiy, tuyuq va fardlar……………………..15
II.BOB.FARDLARDA NAVOIY HIKMATLARINING AKS ETISHI.
2.1.Falsafyi ruboiylarIshqiy ruboiylar……………………….………………23
2.2.Ta‘limiy –axloqiy ruboiylar……..………………………………………26
Xulosa………………………………………………………………………..30
Foydalangan adabiyotlar…………………………………………………….31
2
Ilm va izlanish bo‘lmagan joyda
hech qanday rivojlanish, yuksalish
va, umuman, biror-bir sohaning
kelajagi bo‘lmaydi Sh.Mirziyoyev
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Fariddiddin Attorning ―Muxtornoma‖
asaridan
qalbni, xulqni, go‗zallashtirishga da‘vat etuvchi besh mingdan ortiq ruboiy joy
olgan. Mavlono Jaloliddin Rumiyning devonida bir
yarim mingga yaqin ruboiy
berilgan. Ular Xayyomning inson umri g‗animatligi, dunyoning o‗tkinchiligi
to‗g‗risidagi SHarqu G‗arbda shuhrat topgan. Sрarq poetikasida ruboiy faqat hazaj
bahrining axrab va axram tarmoqlarida yozilishi va albatta to‗rt misradan iborat
bo‗lishi qat‘iy belgilangan.
Abu Ali ibn Sino, SHayx Najmiddin Kubro,
Mirzo
Abdulqodir Bedil singari donishmandlar o‗zlarining ma‘rifiy aloqiy, ilohiy
qarashlarini ruboiylarida ifodalashgan.
Kurs ishining maqsadi: Janrlar an‘ana tarzida avvaldan mavjud bo‗lishi
tabiiydir.
Ammo uni mavzu, uning zamirida turgan hayot materiali,
mazmun yo
fikr tanlaydi.
Ruboiy – lirikaning mo‗‗jaz janrlaridan biri bo‗lib, dastlab fors-tojik adabiyotida
folklor ta‘sirida paydo bo‗ldi, keyinchalik turkiy
adabiyotdan ham mustahkam
o‗rin oldi.