7-sinf uchun test savollari. Tarix


Download 42 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi42 Kb.
#107781
Bog'liq
7-sinf


7-sinf uchun test savollari. TARIX

1. V asr o`rtalarida Turkistonda sug`oriladigan yerlarning asosiy qismi

kimlarning qo`li ostida edi?

A) Dehqonlarning B) Kadivarlarning

C) Davlatning D) Qishloq jamoalarining

2. Qang davlatidan birinchi bo`lib qaysi davlat ajralib chiqadi?

A) III asrda Xorazim B) IV asrda Sug`diyona

C) II asrda Chag`oniyon D) I asrda Shosh

3. III asrda tashkil topgan Xorazm davlatini qaysi sulola boshqargan?

A) Kayoniylar B) Siyovushiylar

C) Afrig`iylar D) sosoniylar xonadonining vakili

4. III asrda tashkil topgan Xorazm davlatinig poytaxti qaysi shahar bo`lgan?

A) Ko`hna Urganch B) Kat C) Oybuyrqal`a D) Tuproqqal`a.

5. Xorazm davlati haqida malumotlar yozib qoldirgan tarixchi Menandr asli qayerlik edi?

A) Rimlik B) Vizantiyalik C) Xitoylik D) Hindistonlik

6. Xorazm poytaxtini Tuproqqal`adan Kat shahriga kim ko`chirgan?

A) Podsho Afrig` B) Podsho Arsamuh

C) Podsho Vazamar D) Podsho Farasman

7. Afrig`iylar zarb qilgan tangalarning ko`rinishi qanday edi?

A) Old tomoniga mulkdorning rasmi orqasiga gajak dumli sher yoki qoplon tasviri ,ba`zan sulolaviy ayri tamg`asi tushirilgan tarzda zarb etilar edi.

B) Old qismida suvoriy tasviri bo`lib, orqa tomonida podshoh va malika tasviri tushirilgan.

C) old tarafiga shoh va orqasiga suvoriy surati tushirilgan.

D) old tomonida tarixda o`tgan shoh orqa tomonida esa sulolaviy ayri tamg`a tasviri tushirilgan.

8. Quyidagi qaysi shaharlarda somoniylar davrida hukumat boshlig`i nomidan kumush tangalar so`qilar edi ?

1 Urganch 2 Marv 3 Axsi 4 Buxoro 5 Termiz

6 Samarqand 7 Koson 8 Poykent 9 Kesh 10 Shosh

A) 2,4,6,10, B) 3,5,7,9, C) 2,6,8,10, D) 3,4,8,9

9. IX-X asrlarda katta yer egalaridan yerlarni ijaraga olib ishlovchilarni nima deb ataganlar?

A) Kadivarlar B) Qo`shchilar C) Kashovarzlar D) Chokarlar

10. Qaysi yili Buxoroda askarlar g`alayon ko`tarib amir saroyini yoqib yubordilar?

A) 945 yil B) 953 yil C) 957 yil D) 961 yil.

11. Qoraxitoylar davlatining hukmdori qanday nom bilan atalgan?

A) Arslonxon B) Bug`roxon C) Qoraxon D) Go`rxon.

12. 1040 yili Xorazm kimlar tomonidan zabt etildi?

A) Qoraxoniylar B) Saljuqiylar C) Qoraxitoylar D) Somoniylar.

13. Saljuqiylarning qaysi noibi “Xorazmshoh” unvonini qayta tikladi?

A) El Arslon B) Takash C) Alouddin Muhammad

D) Qutbiddin Muhammad.

14. “Al jabr val muqobala” asari XI asrda qaysi mamlakatda lotin tiliga o`girilgan edi?

A) Ispaniya B) Italiya C) Fransiya D) Vizantiya.

15. “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” asarining muallifi kim?

A) Al-Xorazmiy B) Al-Marvaziy C) Abu Sahl Masihiy D) Al-Farg`oniy.

16. Farobiy umrining oxirgi kunlarini o`tkazgan shaharlar qatori to`g`ri ko`rsatilgan javobni belgilang.

A) Buxoro,Farob B) Samarqand,Bag`dod

C) Marv, Hamadon D) Xalab,Damashq.

17. Ibn Sinoning tibbiyotga doir nechta asari mavjud?

A) 28 ta B) 43 ta C) 150 ta D) 160 ta.

18. Ibn Sino yozgan asarlarining umumiy soni qancha?

A) 150 ga yaqin B) 160 ta C) 350 ta D) 450 dan ortiq.

19. Abu Rayhon Beruniy qaysi shaharda vafot etgan?

A) Hamadon B) G`azna C) Urganch D) Kat.

20. Burhoniddin al-Marg`inoniy fanning qaysi sohasi bilan shug`ullangan?

A) Falsafa B) Islom huquqshunosligi C) Hadisshunoslik D) Aqidashunoslik.

21. X asrda bunyod etilgan Xonbandi suv ombori qaysi tog` tizmasida bunyod etilgan edi?

A) Nurota B) Pomir C) Turkiston D) Hisor.

22. Yassaviya tariqatining asoslari quyidagi qaysi asarda bayon etilgan?

A) “Dalil-ul oshiqin” B) “Hayotnoma” C) Al-mufassal D) “Hikmat”

23. 843 yilda Verden shahrida tuzilgan shartnomaga ko`ra qaysi davlatlar Buyuk Karl imperiyasi o`rnida tashkil topadi?

A) Fransiya, Germaniya, Ispaniya. B) Fransiya,Gollandiya,Italiya

C) Fransiya, Italiya,Angliya D) Fransiya, Germaniya, Italiya.

24. Zamondoshlari kimni “dunyo mo`jizasi” deb nomlashgan?

A) Otton I B) Otton III C) Ioann XII D) Silvester.

25. VI-XI asrlarda ilm-fan rivojlangan shahar qaysi edi?

A) Rim B) Afina C) Parij D) Antverpen.



KALIT.

1.A

6.A

11.D

16.D

21.A

2.A

7.C

12.B

17.B

22.D

3.C

8.A

13.D

18.D

23.D

4.B

9.B

14.A

19.B

24.B

5.B

10.D

15.D

20.B

25.B

Tuzuvchi: tarix fani o`qituvchisi A. Bozorov.
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling