7-sinfda kompyuter darslari uchun testlar tuzish reja


Download 397.5 Kb.
bet1/13
Sana08.01.2022
Hajmi397.5 Kb.
#250527
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abduraxmonova Muxlisa 17.31-guruh


7-SINFDA KOMPYUTER DARSLARI UCHUN TESTLAR TUZISH
REJA:

1. 7 – SINFDA ATOM MOLЕKULYAR TA’LIMOT VA KIMYONING ASOSIY TUSHUNCHA, QOIDALARINI O’QITISH MЕTODIKASI

2. 7-SINF KIMYO DARSLARI UCHUN NOSTANDART TESTLAR TUZISH

7 – sinfda atom molеkulyar ta’limot va kimyoning asosiy tushuncha, qoidalarini o’qitish mеtodikasi.

«Moddalar va ulardagi o’zgarishlar» mavzusida o’quv-tarbiya vazifalari bilan bir qatorda modda haqida ham tushuncha beriladi. O’qitish jarayonining bu bosqichiga alohida e’tibor berish lozim, chunki kimyoni bundan keyin muvaffaqiyatli o’zlashtirilishi ko’p jihatdan ana shu bosqichga bog’liq.

7-sinf kimyo kursida o’quvchilar kimyo - moddalar va ularning o’zgarishlari haqidagi fan ekanligi bilan tanishganlaridan keyin (birinchi dars), o’qituvchi modda tushunchasiga o’tishi uchun bir necha moddalarning namunalarini olib, ularning fizi­kaviy xossalari bilan tanishtiradi. Masalan, oltingugurt sariq rangli kristall modda, suvda erimaydi, zichligi 2,08 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 112,8 ”C. Suvni olsak. uning zichligi 1 g/sm3 ga yaqin, 0 °C da muzlaydi, 100 °C da qaynaydi, tabiatda haroratga qarab, uch xil agregat holatida uchraydi: bug, suyuq, qattiq. O’qituvchi moddalarning fizikaviy xossalarini aniqlash uchun ularni toza holatda olish zarurligini ta’kidlaydi va faqat toza moddalargina o’zgarmas fizikaviy xossalar namoyon qilishini tu­shuntirib, modda tushunchasining ta’rifi bilan tanishtiradi.

Muayyan sharoitda o’zgarmas fizikaviy xossalarga ega bo’lgan materiyaning har bir turi modda deb ataladi. So’ngra quyidagi masalalar bilan tanishtiradi: moddalar va ularning xossalari (uchinchi dars), moddalarning tarkibiy zarrachalari (oltinchi dars), molekulyar va nomolekulyar tuzilishli moddalar (yettinchi dars), aralashmalardagi moddalarni bir-biridan ajratish usul­lari, toza modda olish (sakkizinchi dars), oddiy va murakkab mod­dalar (to’qqizinchi dars), moddalaming agregat holatlari (o’ninchi dars).

Aralashmalar va toza moddalar (sakkizinchi dars). Bu darsda o’qituvchi aralashma va toza modda tushunchasiga o’quvchilar e’tiborini jalb qiladi. O’qituvchi bu tushunchalami quyidagicha tushuntiradi.

Moddalarning ma’lum xossalarini: fizik va kimyoviy xossalari­ni esga olishni, ikkinchi darsda tanishilgan moddalarning xossalari haqida gapirib berishni o’quvchilarga taklif qiladi Toza moddalarning xossalari o’zgarmasligini eslatadi. Tabiatda toza moddalar juda kam uchrashi, ko’pincha ularga ayrim begona jinslar qo’shilgan, ya’ni bir necha xil moddaning aralashmasi holida bo’lishligi va bu darsdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni aralashmalarning bir nechtasi bilan tanishtirish, shu bilan birga bu aralashmalardagi moddalarni qanday qilib bilib olish mumkinligi haqida gapiradi. So’ngra o’qituvchi granit bo’laklarini ko’rsatadi, o’quvchilar stolga qo’yib chiqilgan granit bo’laklarida har xil: shaffof bo’lmagan och qizil (dala shpati), rangsiz, yarim shaffof (kvars), yupqa, yaltiroq (slyuda) donachalar borligini osongina payqab oladilar; granit birgina moddadan iborat bo’lmay, balki uchta har xil moddaning aralashmasi ekanligini aniqlaydilar. Shundan keyin o’quvchilar oltingugurtning temir bilan aralashmasini ко’rib chiqadilar. O’quvchilar oltingugurt va temirning xossalarini avvalgi darslardan bilib olganlar. Sarg’ish qora tusli kukun oltingugurt bilan temir aralashmasi o’quvchilar ish stoliga qo’yib chiqiladi. O’qituvchi bir necha moddaning aralashmasini diqqat bilan ко’rib chiqishni o’quvchilarga tavsiya etadi. O’quvchilar kukunda har xil tush -sariq va kulrang mayda zarrachalar borligini aniqlaydilar va bu kukun ikki modda - oltingugurt bilan temir aralashmasi bo’lsa kerak, degan xulosaga keladilar. O’quvchilar o’z taxminlarini isbotlash uchun oltingugurt va temirning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini esga oladilar. Bu moddalarni o’qituvchining demonstratsion stolidan topadilar; ularning xossa va xususiyatlarini aytib beradilar; temirning oltingugurtdan farq qilib, magnitga to’rtinchini esga oladilar. Kukunga magnitni yaqinlashtiradilar va bu kukundan temir ajralib chiqib, qog’oz ustida oltingugurt qolishiga ishonch hosil qiladilar.

Tashqi ko’rinishi jihatidan toza moddadan farq qilish ancha qiyin bo’lgan aralashmaga misol qilib, o’qituvchi «Sutni toza modda desa bo’ladimi?», «Kundalik kuzatishlarimizdagi qanday faktlar bundan dalolat beradi?», «Sut o’z tarkibiga ko’ra qanday modda bo’lishi kerak?» degan savollarni hal qilishni o’quvchilarning o’zlariga havola qiladi. O’quvchilar sut bitta modda emas, balki bir necha moddaning aralashmasi, u asosan suvdan iborat, bu suvda juda mayda moy tomchilari, oqsil va boshqa moddalar bo’ladi, shuning uchun ham sut dan qaymoq va suzma qilinadi, degan xulosaga keladilar.


Download 397.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling