7-sinflar uchun algebra va geometriya fanlaridan test savollari


-sinflar uchun test savollari III chorak


Download 136 Kb.
bet3/4
Sana25.04.2023
Hajmi136 Kb.
#1398411
1   2   3   4
Bog'liq
Ibroximov 7-sinf g

7-sinflar uchun test savollari III chorak

1.Quyidagi teoremaning nomini ko’rsating: agar bir to’g’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi va kateti ikkinchi to’g’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi va katetiga mos ravishda teng bo’lsa, buuchburchaklar o’zaro tengdir.



    1. to’g’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi va kateti bo’yicha tenglik alomati

    2. to’g’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi va o’tkir burchagi bo’yicha tenglik alomati

    3. to’g’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi va o’tmas burchagi bo’yicha tenglik alomati

2.Uchburchaklar tengligining uchinchi alomati - …
A.uchburchaklarning ikki tomoni va ular orasidagi burchaiga ko’ra tenglik alomati
B.uchburchaklarning uchta tomoniga ko’ra tenglik alomati
C.uchburchaklarning bir tomoni va unga yopishgan ikki burchagiga ko’ra tenglik alomati
3.Uchta tomoni bo’yicha uchburchak yasashda qaysi geometrik asbobdan foydalanadi?
A) teodolit B) chizg’ich C) sirkul va chizg’ich

  1. Uchburchakning birinchi tomoni x sm. Ikkinchi tomoni esa birinchisidan 4 sm qisqa, uchinchi tomoni esa birinchisidan 3 sm uzun. Shu uchburchakning perimetrini toping.

A) 3x-1 B) 3x+4 C) 3x-3 D) 3x+7 E) 3x-4

  1. Aynan fikrning yoki so’zning ma’nosini bizga ma’lum bo’lgan so’zlar bilan ifodalovchi jumla - …

A) teorema B) aksioma D) ta’rif D) isbot E) tenglama

  1. Uchburchaklar tengligining birinchi alomati - …

  1. uchburchakning bir tomoni va unga yopishgan ikki burchagiga ko’ra tenglik alomati

  2. uchburchakning ikki tomoni va ular orasidagi burchagiga ko’ra

  3. uchburchakning bir tomoni va unga yopishgan bir burchagiga kora

  4. uchburchakning mos burchaklariga ko’ra

  5. to’g’ri javob yo’q.

  1. Kesmaning o’rtasi orqali o’tuvchi va unga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri chiziq - …

A) kesmaning o’rta perpendikulyari B) kesmaning medianasi
C) uchburchakning balandligi D) burchak bissektrisasi

  1. Teng yonli to’g’ri burchakli uchburchakning to’g’ri burchagi uchidan gipotenuzasiga tushirilgan perpendikulyar gipotenuzani teng ikkiga bo’ladimi?

A) ha B) yo’q C) bo’lishi ham mumkin, bo’lmasligi ham mumkin
D) to’g’ri javob yo’q
9.Qo’shni burchaklardan biri 50bo’lsa ikkinchisi necha gradus bo'ladi ?
A) 310 B) 40 C) 260 D) 130
10. Qo’shni burchaklar 7:8 nisbatda. Ularning kattasi necha gradus ?
A) 93 B) 94 C) 84 D) 96
11. Qo’shni burchaklardan biri ikkinchisidan 100 ga katta. Ularning kattasi kichigidan necha marta katta ?
A) 2,5 B) 3,5 C) 2,4 D) 1,8
12. Qo’shni burchaklardan biri ikkinchisidan 7 marta katta. Ularning kichigi kattasidan necha gradusga kichik ?
A) 1350 B) 1400 C) 1250 D) 1200
13. Qo’shni burchaklardan biri ikkinchisining uch baravaridan 200 ga katta. Shu burchaklardan kichigini toping.
A) 300 B) 350 C) 400 D) 450
14. Qo’shni burchaklardan biri ikkinchisining   qismiga teng. Ulardan kattasi ?
A ) 1050 B) 1500 C) 1250 D) 1000
1 5. Rasmda nechta qo’shni burchaklar juftligi bor ?

A) 4 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 10 ta
16. Ikki to’g’ri chiziq kesishishidan hosil bo’lgan burchaklardan biri 700 bo’lsa, qolganlarini toping.
A) 700, 1100, 1100 B) 700, 1400, 1400 C) 700, 800, 900 D) To’g’ri javob yo’q
17. Vertikal burchaklardan biri 400 bo’lsa ikkinchisi necha gradus ?
A) 1400 B) 400 C) 700 D) 1200
18. Tekislikda ikkita to’g’ri chiziqlar kesishmasa ular o’zaro:
A)perpendikulyar B) parallel C) kesishuvchi D) to’ldiruvchi
19. Tekislikda yotgan to’g’ri chiziqdan tashqarida bo’lgan nuqtadan shu to’g’ri chiziqqa:
A) yagona parallel to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin
B) ikkita parallel to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin
C) cheksiz ko’p parallel to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin
D) parallel to’g’ri chiziq o’tkazib bo’lmaydi
20. Agar tekislikda yotgan ikki to’g’ri chiziq … perpendikulyar bo’lsa, u holda ular o’zaro parallel bo’ladi.
A) bir-biriga B) uchinchi to’g’ri chiziqqa
C) boshqa ikki to’g’ri chiziqqa D)kesishuvchi ikki to’g’ri chiziqqa

Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling