7-tajriba ishi rangli metall saqlovchi rudalarni flotatsiya usulida boyitish. Ishdan maqsad


Download 215.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.04.2023
Hajmi215.14 Kb.
#1357207
  1   2
Bog'liq
7-tajriba



7-TAJRIBA ISHI
 RANGLI METALL SAQLOVCHI RUDALARNI FLOTATSIYA
USULIDA BOYITISH. 
Ishdan maqsad: Talabalarga flotatsiya mashinasining ishlash usuli va 
konstrukstiyasini o’rgatish.
Nazariy ma’lumot 
Flotatsiya jarayonida qatnashayotgan moddalar majmuasiga «flotatsion 
sistema» deb qarasak, bu sistema ko’p jinsli, ko’p fazali, ko’p a’zoli va dispers 
sistemadir, chunki flotatsiya jarayonida xar xil kattalikdagi, xossalari turlicha 
bo’lgan qattiq zarrachalar, suyuqlik (suv), gazlar (havo), suvda eriydigan va 
erimaydigan reagentlar ќatnashadi. 
Qisqacha qilib, ћozirgi zamon flotatsiya jarayoniga ќuyidagicha ta’rif 
berishimiz mumkin: flotatsiya – suvli suspenziyada muallaќ ћarakatlanayotgan 
mayda, ќattiќ zarrachalar ichidagi kerakli minerallarni shu sistemaga yuborilgan 
ћavo pufakchalariga yopishib, pufakchalar bilan yuќoriga suzib chiќish va ko’pik 
tarkibida to’planish ќobiliyatiga asoslangan minerallarni saralash usulidir. 
Flotatsiyaning samarasini ta’minlash uchun suspenziyaga kerakli zarrachani 
ћavo pufakchaga tanlanib, mustaћkam yopishishini oshiruvchi ћar xil moddalar – 
flotoreagentlar ќo’shiladi. Flotatsiya ћodisasi, mexanizmi va tabiatida asosan 
molekulalararo tortishish kuchi yotadi. 
Rudada bir nechta foydali komponent bo’lsa (masalan, ruћ, ќo’rg’oshin, mis, 
molibden) oldin kollektiv boyitma olinib, so’ngra kollektiv boyitma ќayta 
flotatsiyalanib, foydali komponentlar aloћida-aloћida boyitmalarga ajratiladi va bu 
jarayon selektiv flotatsiya deb ataladi. 
Flotatsiya mashinalari 
Flotatsiya 
mashinasi 
deb, 
flotatsiya 
jarayoni 
o’tkaziladigan 
dastgoћlarga 
aytiladi. 
Ularda 
ћavo pufakchalari ћosil bo’ladi, 
pufakchalarga suv yuќmas minerallar yopishib, bo’tananing yuќori ќismida 
ko’pik ћolda to’planadi va flotomashinadan chiќariladi. Flotatsiya 
jarayonida boyitma va chiќindi deb ataluvchi maћsulotlar olinadi. 
Flotomashinalarga ќuyidagi talablar ќo’yiladi: 
1. Katta tezlik va tanlovchanlik bilan flotatsiyalanuvchi gidrofob mineralni 
minerallashgan ko’pik holda ajratib olish; 
2. Unumdorligi yuqori, elektr-energiyani kam sarflash; 
3. Eksplutastiyaga qulay va ishonchli bo’lish; 
4. Yuќori dispers pufakchalarni hosil qilish va kamera hajmida ularni teng 
tarќalishini ta’minlash; 
5. Flotomashinani konstrukstiyasi talab qilingan flotatsiya tizimini o’tkazishga imkon 
berishi kerak. 


Bundan tashќari, flotakameraning pastki qismida pufakcha bilan zarrachalarni 
maksimal to’qnashishiga imkon yaratish uchun bo’tanini shiddatli aralashtirish, o’rta 
ќismida minerallashgan pufakchalarni erkin harakatini va ulardan zarrachalarni 
to’kilib ketmasligini ta’minlovchi sokin oqim hosil qilish hamda kameraning yuqori 
ќismida (ko’pik osti mintaqasida) bo’tana minimal harakatda bo’lishi kerak. 
Ko’pik ma’lum vaqt bo’tana yuzasida sokin tursa boyitmani qo’shimcha 
miqdorda boyishini ta’minlaydi, chunki ko’pikdan gidrofil zarrachalar sirg’anib 
tushib, bo’tanaga o’tadi. 
Flotatsiya mashinasida flotatsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun
ko’llaniladigan dastgox. Butanani aralashtirish uni havo pufakchalari bilan 
to’yintirish usuliga qarab mexanik havoli va uyg’unlashtiruvchi turlari bo’ladi.
Mexanik flotatsiya mashinasida aerastiya va butanani aralashtirish 
kamerada impellerli aerator yordamida amalga oshiriladi. Aerator flotatsiya uchun 
zarur bo’lgan havoni atmosferadan oladi. Flotatsiya jarayonlari uchun ko’prok 
ishlatiladi. Bunday mashinalar kamerasining hajmi 0,14-0,25 m

gacha bo’ladi. 
Flotatsiya mashinasi kvadrat shaklidagi ikkita bo’lib birlashgan kameradan iborat. 
1. Shimuvchi. 
2. To’g’ri oqimli. 
Har xil kameraga aerator bloki o’rnatiladi. Aerator bloki vertikal valga 
o’rnatilgan impellerdan iborat. Impeller esa oltita kurakli egri diskdan iborat val 
vertikal quvur ichida aylanadi. Yuqorigi uchi germetik ravishda korpus bilan 
biriktiriladi. Pastki uchi esa impeller ustki stakani ko’rinishda kengaytiraladi. Unga 
60

burchak bilan o’rnatilgan yo’naltiruvchi ko’raklardan iborat bo’lgan impeller 
ustki diskdan o’rnatilgan bo’ladi. Impeller usti stakanining yon tomonlaridan uchta 
to’ynuk bo’lib, biri qisqa quvur bilan birlashish uchun ikkita bir-biriga qarama - 
qarshi bo’lgan to’ynuklar oraliq mahsulotni chiqarish uchun ishlatiladi. Oraliq 
mahsulotni chiqarish kerak bo’lmasa bitta to’ynuk tiqin bilan ikkinchisi esa shiber 
bilan berkitiladi. Bu to’ynuk tiqin yordamida ochib yopiladi. Flotomashinaga 
dastlabki bo’tana qabul qilish cho’ntagi orqali tushadi. U yerda quvur orqali 
kamera markazi joylashgan aeratorga yuboriladi. Butanani kamera ichiga qayta 
aylanish uchun impeller diski ustida bir necha aylana teshiklar mavjud. Impeller 
aylanganda bo’tana ko’raklar yordamida markazdan atrofga tarqaladi. Natijada 
impellerning markaziy qismidan biroz siyraklashish yuz beradi. 

Download 215.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling