7-tajriba ishi


Datchikning tuzilishi va ishlashi


Download 261.13 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi261.13 Kb.
#1597544
1   2   3   4
Bog'liq
7-tajriba

Datchikning tuzilishi va ishlashi
Datchik o‘lchash bloki va elektron blokdan tashkil topgan bo‘ladi.
Datchikning ishlashi yarimo‘tkazgichlardagi tenzoeffektning ishlatilishiga asoslangan. O‘lchash bloki membranasi tomonidan qabul qilinayotgan o‘lchanayotgan bosim tenzoo‘zgartirgichning sezgir elementiga uzatilayotgan kuchga aylantiriladi. Egiluvchan element kuch ta’sirida tenzoo‘zgartirgichda joylashgan tenzorezistorlarning qarshiligini o‘zgartirib deformasiyalanadi.
Qarshilikning bu o‘zgarishini elektron bloki tokning chiqish signaliga aylantiradi va temperaturadagi nosozliklarning o‘rnini to‘ldiradi.
2450, 2460 modelli datchikning sxemasi 3.5 rasmda ko‘rsatilgan.
4 ostida membranali tenzoo‘zgartirgich 8 korpusning ichiga joylashtirilgan va o‘lchanayotgan muhitdan 7 gofrirovka qilingan metall membrana bilan ajratib quyilgan. 6 va 10 ichki katlamlar kremniy organik suyuqligi bilan to‘ldirilgan. 9 flaneslar 3 prookladkalar bilan zichlashtirilgan
O‘lchanayotgan bosimning har-xilligining ta’siri (yuqoriligi 5 musbat kameraga, pastligi – 11 manfiy kameraga) 7 membrananing yegilishiga olib keladi va tenzoo‘zgartirgichning membranasiga suyuqlik orqali ta’sir o‘tkazib, tenzorezistorlar qarshiligining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
O‘lchash bloki bir taraflama oshiqcha ishchi bosim peregruzkasini ko‘taradi. Tenzoo‘zgartirgichdagi elektr signali o‘lchash blokidan 2 germovvod simlari orqali 1 elektron uskunaga uzatiladi.
Datchikning boshqa modellari 3.6 rasmda ko‘rsatilgan. 4 membrano-rыchag turdagi tenzoo‘zgartirgich 9 asos ichiga kremniy organik suyuqligi bilan to‘ldirilgan 11 tutashgan bo‘shlik joylashtirilgan, va 8 o‘lchanayotgan muhit gofrirovka qilingan metall membrana bilan ajratilgan.
8 membranalar tashqi kontur orqali 9 asosga payvanlangan va bir biriga 5 tortish kuchi yordamida 4 tenzoo‘zgartirgich rыchagining uchi bilan boglangan 6 markaziy shtoki bilan birlashtirilgan.
10 flaneslar 3 prokladkalar bilan zichlashtirilgan. O‘lchanayotgan ta’sirning parametri (yuqori bosim 7 musbat kameraga tisariladi, pasti – 12 manfiy kameraga) 8 membrananing bukilishini, 4 tenzoo‘zgartirgich membranasining bukilishi va tenzorezistor qarshiligining o‘zgarishini chaqiradi.
2110-2140, 2310-2340 modelli datchiklar shunisi bilan farq qiladiki, undagi o‘lchanayotgan bosim 7 musbat kameraga, 12 musbat kameraga esa atmosferadan uzatiladi.
2210-2240 modelli datchiklar shunisi bilan farq kiladi, undagi o‘lchanayotgan bosim 12 manfiy kameraga uzatiladi, 7 musbat kameraga esa atmosferadan uzatiladi.
Tenzoo‘zgartirgichdan elektr signali 2 germovvod simlari orqali o‘lchagich blokdan 1 elektron uskunaga uzatiladi.
Datchiklarning o‘lchagich bloklari bosimining har xilligi (2410-2460) bir taraflama ortiqcha ishchi bosim peregruzkasiga talofat yetkazmay bardosh beradi
Bunday peregruzkada 7 membranalardan biri (3.5 rasm) yoki 8 (3.6 rasm) profillangan yuza asosiga 8 (3.5 rasm) yotadi yoki 9 (3.6 rasm) mos ravishda ta’minlanadi.
Elektron blok datchikning korpusiga joylashtirilgan ikkita 1 va 2 platalarga o‘rnatilagan (3.7 rasm) 7 kolodka «kirish-chiqish» kabeliga ulanishni ta’minlaydi. 2 platada 10 peremыchka(ulagich) bilan 9 diapozonlar almashlab ulagich pereklyuchateli joylashtirilgan.
4 ustki kismda tokning chiqish signalining 5 («nol» korrektori) boshlangich kiymatini sozlovchi potensiometrlar va diapazonni o‘lchovchi 6 («diapazon» korrektori) joylashtirilgan.
Elektron blokning blok-sxemasi 3.7 rasmda ko‘rsatilgan.
Tenzoo‘zgartirgich 2 dan signal 3 kuchaytirgich asbobga tushadi, boshqa kuchaytirgich asbobga signal 5 chiqish signalining boshlang‘ich qiymati chiziqli bo‘lmagan temperatura korrektoridan tushadi.
Temperaturaning qiymati haqidagi axborot manba sifatida tenzoo‘zgartirgichni ta’minlash diagonalidagi kuchlanishdan foydalaniladi.
Kuchaytirgich asbobdan signal 6 chiziqli bo‘lmagan statistik korryektorga va undan 7 almashlab ulagich chegarasidan uzatiladi. Funksional sxemaning tasviriy tuzilishi «nol» va «diapazon» boshqarishning erkinligini ta’minlaydi. (PP- pereklyuchatel predelov).
Almashlab ulagich chegarasidan signal temperatura nisbiy xatoligi 8 diapazonli korrektorga va 4«kuchlanish - tok» chiqish o‘zgartirgichning bitta chiqish joyiga parallel uzatiladi.
«Kuchlanish-tok» o‘zgartirgichning ikkinchi chiqish joyiga temperatura nochiziqligi (egrichiziqligi) 9 diapazonli tuzatish signali beriladi. Temperaturaning qiymati haqida informasion manba sifatida tenzorezistorlar tayyorlashga ketgan materiallardan, erkin kremniyli rezistordan foydalaniladi.
V kachestve informasionnogo istochnika o znachenii temperaturы ispolzuyetsya nezavisimыy kremniyevыy rezistor ,izgotovlennыy iz togo je materiala, chto i tenzorezistorы.

Download 261.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling