7-tajriba ishi


Download 261.13 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi261.13 Kb.
#1597544
  1   2   3   4
Bog'liq
7-tajriba

7-TAJRIBA ISHI


Gazlarni bosimini o‘lchash asboblarining ishlash prinsipini o‘rganish.


Ishdan maqsad:
Ushbu tajriba ishi virtual stendlar yordamida bosimni o‘lchash usullarini o‘rganishga mo‘ljallangan.
Talaba ishni bajarish jarayonida sanoatda qo‘llaniladigan bosimni o‘lchash usullarini va ularning ishlash prinsiplarini virtual stendlar yordamida o‘rganib, hisobotda ularning ishlashiga aniq tushuntirish berishlari kerak bo‘ladi.


Yuk porshenli manometrlar
Yuk porshenli manometrlarning (rasm 3.6) ishlashi, silindrda erkin xarakatlanayotgan porshenga, o‘lchanayotgan bosim hosil qilayotgan kuchni kolibrlangan yuklar hosil qilayotgan kuch bilan muvozanatlanishiga asoslangan. Bu yukning og‘irligiga qarab, porshenga ta’sir etayotgan bosim qiymati aniqlanadi. Bu o‘lchov asboblari aniqligi va sezgirligi juda yuqori bo‘lib, bu manometrlar yordamida 2500 kgs/sm2 gacha bosimni o‘lchash mumkin. Asosan texnik manometrlar graduirovkasini tekshirish uchun ishlatiladi.
Ulovchi shtuser yordamida o‘lchanayotgan muxit bilan ulangan, yog‘ bilan to‘ldirilgan silindr kolonkali (2) idishga (1) vertikal ravishda kichik bo‘shliq bilan (3-5mkm) po‘lat porshen (plunjer) 4 o‘rnatilgan.

Rasm 3.6. Yuk porshenli manometrning ish prinsipi

Tashqi tomonidan porshen tarelka 5 bilan ulangan bo‘lib, unga o‘lchanayotgan bosim qiymatiga qarab kolibrlangan yuklar 6 o‘lchanayotgan bosim bilan muvozanatlanguncha qo‘yib boriladi.


P =
bunda, R – o‘lchanayotgan bosim;
G1 va G2 –tarelka bilan porshen va yuklarning massasi;
F – porshen yuzasi;.
g normal erkin tushish tezlanishi.
Yuk porshenli manometrlarning quyidagi turlari mavjud: MP-2,5; MP-6; MP-60; MP-600; MP-2500. Ularning aniqlik sinfi 0,05.
Sapfir-22mt datchigi
Vazifasi
Datchik ortiqcha bosim qiymati, siyraklanish va suyuqliklar va gazlar bosimlari farqlarini unifikasiyalashtirilgan tokli chiqish signaliga uzluksiz proporsional aylanishi (o‘zgarishi) uchun mo‘ljallangan.
Bosimlar farqi datchigi suyuqlik darajasi qiymatini, suyuqlik yoki gaz sarfini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan qurilmalarda ishlatilishi mumkin.
Portlashdan himoyalangan datchik portlash xavfi bo‘lgan hududlarda o‘rnatish va tashqi o‘rnatishlar uchun mo‘ljallangan. PUE va boshqa elektr jixozlarni portlash xavfi bo‘lgan sharoitlarda me’yoriy xujjatlarga.
Iqlim ta’sirlariga turg‘unligi bo‘yicha datchik quyidagi ijrolarga ega:
U2* − minus 30 dan 50°Sli haroratda ishlash uchun;
U2** − minus 50 dan 80 °Sli haroratda ishlash uchun;
UXL3.1* va T3* − 5 dan 50 °Sli haroratda ishlash uchun;
UXL3.1** va T3** − minus 10 dan 80 °Sli haroratda ishlash uchun;



Download 261.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling