7 Tish kasalliklarida. Xasanova G
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Jamiyat va tabiat asosi, uni o`z faoliyati bilan rivojlantiruvchi va boshqaruvchisi inson ekanligini e`tiborga olib, uning hayot faoliyatini yaxshilash, e`zozlash – taraqqiyot yo`lidagi muhim omili bo`lib hisoblanadi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan fuqarolarimizning hayot sharoitini yaxshilash, ularni turli ta`sirlardan saqlash, har qanday holatda ham ehtiyot etib, muhofaza etish asosiy ezgu maqsadimiz qilib olingan. Shuning uchun, malakali kadrlarni tayyorlashda ta`lim mazmunini inson hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash g`oyasi bilan to`ldirib, talabalar ongiga singdirish va bu borada ta`lim tarbiya, targ‘ibotning zamonaviy usullaridan samarali foydalanish lozim bo‘ladi. O`zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish», «Fuqaro muhofazasi to`g`risida»gi qonunlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2008 yil 3 sentyabrdagi 140-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan «Aholini favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid yo`riqnoma», O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2008 yil 28 oktyabrdagi 318-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash institutning barcha bakalavrlar malakaviy bitiruv ishining «Hayot faoliyati xavfsizligi» faniga asoslangan holda, shu fandan mashg`ulot olib borgan o`qituvchi maslahati bilan amalga oshirilishi ko`rsatilgan. Shuning uchun bakalavriatura barcha ta`lim yo`nalishlari bitiruv malakaviy ishlarida (BMI) alohida «Hayot faoliyati xavfsizligi» bo`limi bajarilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. BMI «Hayot faoliyati xavfsizligi» bo‘limi, BMI umumiy topshirig`ida ilmiy maslahatchi rahbarligida, yakka tartibdagi topshiriqlarga asosan bajariladi. U quyidagilarni o`z ichiga oladi:
74
- bo`lim ish rejasini BMI mavzusidan kelib chiqqan holda ilmiy rahbar va maslahatchi bilan kelishish; - bo`limni yozish bo`yicha zarur bo`ladigan ma`lumotlarni to`plash. BMI «Hayot faoliyati xavfsizligi» bo`limini bajarishda talabalarni bitiruv oldi amaliyotini o`tishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, bu davrda talaba o`zi tanlagan korxona, tashkilot, laboratoriya va h.k. faoliyati, holati bo`yicha materiallarni yig`ib, qayta ishlab chiqadi va hisobotida ko`rsatishi mumkin. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling