7. zatvor turlari va konstruksiyalari. Gidrotexnika inshootlarining suv tо‘sqichlari (zatvorlar). Gidrotexnika inshootlarida qo’llaniladigan suv to’sqichlar va ularning turlari


Zatvorlarning vazifasi va turlari. Oddiy zatvorlar: shandorlar, spitsalar, yassi shitlar


Download 241.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi241.73 Kb.
#1515498
1   2   3
Bog'liq
7-маъруза

 
7.2. Zatvorlarning vazifasi va turlari. Oddiy zatvorlar: shandorlar, spitsalar, yassi shitlar. 
 
Zatvorlarning umumiy tasnifi. Byeflardagi suv sathiga nisbatan to‘siladigan oraliqning 
joylashuviga ko‘ra zatvorlar yuza va chuqur joylashgan bo‘ladi. Yuza joylashgan zatvorlar 
vodoslivli tirqishlarni va chuqur joylashgan zatvorlar chuqur joylashgan tirqishlarni yopish 
uchun xizmat qiladi. Chuqur joylashgan zatvorlarni suv o‘tkazuvchi inshoot kirish qismida, 
o‘rtasida yoki oxirida joylashtirish mumkin. Chuqur joylashgan zatvorlarga ta’sir qiluvchi bosim 
50 m va undan ortiq bo‘lsa, yuqori bosimli zatvorlarga kiradi. 
Ekspluatatsiya qilish vaqtidagi vazifasiga ko‘ra zatvorlar asosiy, avariya, avariya-
ta’mirlash, qurilish turlariga bo‘linadi.
Asosiy zatvorlar suv sarfini o‘tkazish, byeflardagi suv sathini berilgan belgida ushlab 
turish, suvni proporsional bo‘lish, cho‘kindilardan himoyalash uchun mo‘ljallanadi. Bu zatvorlar 
ekspluatatsiya qilish davrida ishchi holatda bo‘lishi kerak va har qanday bosimda oqayotgan 
suvda ko‘tarib-tushirilishini ta’minlashi lozim. Avariya zatvorlari asosiy zatvorlar yoki 
gidromashinalar turbinalari, nasoslar avariya bo‘lganda suv o‘tkazish oralig‘idan suv o‘tishini 
to‘xtatish uchun mo‘ljallanadi. Ular inshootga har qanday bosim ta’sir etganda ham oqayotgan 
suvda oraliqni yopishi kerak. Ta’mirlash zatvorlari asosiy zatvor yoki inshoot elementini 
ta’mirlanish vaqtida suv o‘tkazish oralig‘ini vaqtinchalik yopish uchun o‘rnatiladi.
Avariya - ta’mirlash zatvorlari avariya va ta’mirlash zatvorlari belgilari hamda 
vazifalarini birlashtiradi. Zatvorlar vazifalarini birlashtirish hozirgi vaqtda ko‘p uchraydi, chunki 
u katta texnik-iqtisodiy foyda beradi. Qurilish zatvorlari suv o‘tkazish oraliqlarini inshoot 
qurilish davrida (qurulish sarflarini o‘tkazish davrida) yopish uchun xizmat qiladi. Ayrim 
hollarda zatvorlar xizmat vazifalari birlashtiriladi (umumlashtiriladi) va bunda avariya 
zatvorlarini avariya-ta’mirlash hamda asosiy zatvorlarni ta’mirlash-qurilish zatvorlar sifatida 
foydalaniladi.
Konstruksiya materiali bo‘yicha zatvorlar po‘lat, yog‘och, temir-beton, to‘qimali (matoli) 
turlarga bo‘linadi. Po‘lat zatvorlar materialining yuqori mustahkamligi tufayli keng tarqalgan. 
Po‘latning markasi zatvorning ishlash sharoiti, u yoki bu elementning vazifasi va yasash usuli 


bo‘yicha tanlanadi. Yog‘och zatvorlar, asosan, ta’sir etuvchi bosim 4...5 m, kengligi 3..4 m 
ba’zan 8..10 m li oraliqlarni yopish uchun mo‘ljallaniladi. Temir-betonli zatvorlar katta 
og‘irlikka ega bo‘lganligi sababli kam ishlatiladi. Oldindan kuchaytirilgan konstruksiyalarning 
qo‘llanilishi bu kamchilikni sezilarli darajada kamaytiradi. To‘qimali zatvorlar rezina 
aralashtirilgan yoki sintetik (neylon, kapron, lavsan va boshqalar) matolardan tayyorlanadi.
Suv bosimini inshootga uzatish usuli bo‘yicha zatvorlar bosimni oraliq va yon 
devorlarga, inshoot ostonasiga, ostona va oraliq devorga (yon devorga), chuqur joylashgan 
tirqish konturi yoki uning bir qismiga uzatish va suv bosimini inshootga uzatmaydigan turlarga 
bo‘linadi. 
Harakat qilish usuli bo‘yicha zatvorlar ilgarilanma siljiydigan, aylanuvchi, dumalanuvchi, 
erkin suzuvchi turlarga bo‘linadi.
Uzatma turi bo‘yicha zatvorlar elektr, gidravlik yuritma va qo‘l kuchi bilan 
harakatlanadigan yoki suv ta’siridan, ya’ni suv bosimi kuchi harakatlanishidan foydalanish 
mumkin.
Yuza joylashgan zatvorlar tasnifi. Zatvor konstruksiyasini xarakterlaydigan asosiy 
belgilardan biri suv bosimini inshootga uzatish usulidir.
Bosimni oraliq va yon devorlarga uzatuvchi zatvorlar: 
1) yassi shandorlar va yassi zatvorlar (7.1a, b-rasm), ular ilgarilanma harakat qiladi; 
2) segmentli, aylanma harakat qiladi (7.1d-rasm); 
3) valikli, dumalanuvchi (7.1e-rasm). 
Bosimni inshoot ostonasiga uzatuvchi zatvorlar: 
1) sektorli, o‘qlari pastki va yuqori byeflar tomonidan joylashgan va o‘z o‘qi atrofida 
aylanuvchi (7.1f,g-rasm); 
2) tomsimon, ikkita shitdan tashkil topgan, gorizontal o‘q atrofida aylanadi
3) klapanli, bitta shitdan tashkil topgan, gorizontal o‘q bo‘yicha buriladi (7.1h-rasm); 
4) pazga o‘xshash konstruksiyadan yon devorga qarab oraliqlarni berkitish uchun 
siljitiladigan (7.1 i-rasm); 



Download 241.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling