7. zatvor turlari va konstruksiyalari. Gidrotexnika inshootlarining suv tо‘sqichlari (zatvorlar). Gidrotexnika inshootlarida qo’llaniladigan suv to’sqichlar va ularning turlari


Download 241.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi241.73 Kb.
#1515498
1   2   3
Bog'liq
7-маъруза

7.1-rasm. Yuza joylashgan asosiy zatvor turlari: 
Suv bosimini inshootga uzatadi: a–e–oraliq va yon devorlarga; f–n–ostonaga; o–r–ostonaga va 
oraliq devorlarga; q–inshoot bosim uzatilmaydi. 
5) buriluvchi fermali zatvorlar oqimi bo‘yicha joylashgan fermalarga mahkamlab 
qo‘yiladi va oraliqni yopish uchun vertikal holatda o‘rnatiladi, so‘ngra ferma oraliqlariga shitlar 
yoki spitsalar o‘rnatiladi (7.1j-rasm); 
6) buriluvchi ramalar, oqim joylashgan o‘qlar atrofida buriladi, ramalar vertikal holatda 
bevosita oraliqni yopadi (7.1k-rasm); 
7) og‘ma zatvorlar bunda uning tayanch metall ustunlari ham og‘ma ko‘rinishda bo‘lib, 
zatvor oralig‘i yassi to‘sinlar bilan berkitiladi (7.1 l-rasm); 
8) yumshoq, qobig‘ni matodan tayyorlanadi, ular suv yoki havo bilan to‘ldiriladi (7.1m-
rasm). 
Bosimni ostonaga va oraliq devorlarga (yon devorlarga) uzatuvchi zatvorlar: 
1) ustunli, yassi zatvorlar birlashtirilgan ustunlar ko‘rinishida bo‘lib, ustunlar oralig‘ini 
yopuvchi shitdan keladigan yuklamani qabul qilib, ustunlar ostonasiga va ko‘prikning pastki 
qirrasiga tayanadi (7.1o-rasm); 
2) klapanli, aylanuvchi (13.1n-rasm); 
3) suzib yuruvchi (bataportalar), tirqishlarga suzish davomida yaqinlashib keluvchi va 
tushirish uchun suv bilan to‘ldiriluvchi zatvorlar (7.1 r-rasm). 
Chuqur joylashgan zatvorlar tasnifi. Chuqur joylashgan zatvorlarning xarakterli belgilari, 
yuza joylashgan zatvorlar kabi suv bosimini inshootga uzatish bilan belgilanadi.


Suv bosimini inshootga bevosita tayanch harakatlanuvchi qismlar orqali uzatuvchi 
zatvorlar. 1) yassi (7.2a-rasm); 2) segmentli (7.2b-rasm). 
Bosimni zatvor joylashgan korpus orqali uzatuvchi zatvorlar: 
1) zadvijkalar, ilgarilanma harakat qiladi (7.2d-rasm); 
2) diskli (droselli), vertikal yoki gorizontal o‘qda aylanma harakat qiladi (7.2e-rasm); 
3) ignasimon, qo‘zg‘almas silindr 1 dan chiqadigan porshen qo‘zg‘aluvchi silindr 2 
ilgarilanma harakat qilib, tirqish 3 ning ignasimon qismini yopadi (7.2f-rasm); 
3) konusli (teleskopik), bu zatvorlarda silindr 1 ning ilgarilanma harakati 
qo‘zg‘almaydigan silindr 2 bilan suv o‘tkazuvchi quvur oxiridagi konus 3 oralig‘idagi tirqishni 
yopadi (7.2g-rasm); 
4) buriluvchi silindrli (7.2h-rasm) va sharsimon (7.2i-rasm). 
Tenglashtiruvchi, bosimni inshootga uzatmaydigan: 1) silindrli va halqasimon (yon 
tomonsiz), tenglashtirilgan suv bosimi bilan, ilgarilanma harakat (7.2 j,k-rasm). 
7.2-rasm. Chuqur joylashgan asosiy zatvorning turlari. 
Nazorat savollari: 
1. Zatvorning asosiy vazifasini eslang. 
2. Vazifasi bo'yicha zatvorlarning turlari. 
3. Konstruksiyasi bo'yicha zatvorlarning turlari. 
4. Yuzaki va chuqur joylashgan zatvorlar haqidagi tushunchangiz. 

Download 241.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling