71. Monopolistik korxonalarni tartibga solish usullari. Monopoliyaga qarshi siyosat


Download 79.37 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi79.37 Kb.
#192448
1   2   3   4
Bog'liq
shpargalka

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Trest
Sun‘iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarining shartli nomi. Sun‘iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda namoyon bo’ladi.
Kartel – bitta sanoat tarmoqdagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo’lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya‘ni maxsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo’lib olinishi va h.q. bo’yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarning o’zida saqlanib qolgan holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Trest – ishlab chiarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta‘minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko’rinishdagi birlashmasi.
Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosi loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo’yish).
Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank turli soha korxonalari)ning majmuisi o’z ichiga oluvchi birlashma. Bunda bosh tashkilotqolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozir kontsernlar keng tarqalgan tashkilotdir.

73.Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni va mohiyati O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘- risida»gi qonuni, 3-modda: Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.

Tadbirkorlik yoki biznes (ingl. business — "bandlik"), deb har qanday qonuniy tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugʻullanadi.



74.Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish shart-sharoitlari.



75.Tadbirkorlik faoliyatining shakllari

O’zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to’g’risida» gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud: Yakka tartibdagi tadbirkorlik, Xususiy tadbirkorlik, Jamoa tadbirkorligi. Aralash tadbirkorlik,




Download 79.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling