К.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov
3 – ma’ruza
FIZIKA KAFEDRASI
2018
Fizika I
Ma’ruza rejasi - Nyutonning birinchi qonuni.
- Inersial sanoq tizimlar. Inersiya kuchi.
- Nyutonning ikkinchi qonuni. Kuch. Massa. Impuls.
- Tabiatda kuchlar.
- Nyutonning uchinchi qonuni.
- Elastik urilish.
Nyutonning birinchi qonuni
Jism o‘zining tinch holati yoki to‘g‘ri chziqli tekis harakatini tashqaridan boshqa jismlar ta’sir etmagunicha saqlab qoladi.
Inersial sanoq tizimlari Jism o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini tashqaridan boshqa jismlar ta’sir etmagunicha saqlab qoladigan sanoq tizimlari inersial sanoq tizimlari deb ataladi. Noinersial, harakati tezlanuvchan bo‘lgan sanoq tizimiga Nyuton qonunlarini qo‘llab bo‘lmaydi. Nyutonning birinchi qonuni Jismlarning o‘zini tinch holati yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlab qolish xususiyati, jismlarning inersiya xususiyati deb ataladi. Massa – jism inertligining o‘lchov birligidir m (kg). Jismning berilgan M nuqtasidagi ρ zichligi deb, kichik elementning dm massasini dV hajmiga nisbatiga aytiladi. Inersiya kuchi Muvozanatni buzuvchi kuch jismlarning o‘zaro ta’siri natijasi bo‘lmay, harakati tezlanuvchan sanoq tizimiga nisbatan jismlarning harakati natijasidir. 1 – kuzatuvchi bilan bog‘liq sanoq tizimi – noinersialdir. Koriolis kuchi faqat aylanuvchan sanoq tizimida harakatlanuvchi jismlarga ta’sir etadi va jismning harakat tezligi yo‘nalishiga ko‘ndalang yo‘nalgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |