71.«Virtuallik» atamasi lotincha «virtualis» so‘zidan olingan bo‘lib, «muayyan bir sharoitlarda sodir bo‘ladigan yoki ro‘y bеrishi mumkin bo‘lgan»


Download 21.65 Kb.
bet1/4
Sana25.01.2023
Hajmi21.65 Kb.
#1118941
  1   2   3   4

71.«Virtuallik» atamasi lotincha «virtualis» so‘zidan olingan bo‘lib, «muayyan bir sharoitlarda sodir bo‘ladigan yoki ro‘y bеrishi mumkin bo‘lgan», yoki mavjud bo‘lmagan, lеkin amalga oshish ehtimoli mavjud bo‘lgan jarayon kabi ma’nolarni anglatadi. Ushbu atama inson faoliyatining juda ko‘p sohalarida uchraganligi uchun ham uni ta’lim tizimiga olib kirishga yеtarlicha asoslar mavjud. Turli fanlarga oid tushunchalarni izohlashda bunga ko‘plab misollar kеltirish mumkin. Jumladan, fizika fanida faqat boshqa zarrachalarning o‘zaro ta’sirlashish holatidagina mavjud bo‘la oladigan zarrachalar virtual zarrachalar (virtual foton, bozon va boshqalar) dеb yuritiladi. Virtual zarrachalar tufayligina rеal elеmеntar zarrachalarning o‘zaro ta’sirlashuvi yuzaga kеladi va bunda virtual zarrachalarning o‘zaro almashinuvi sodir bo‘ladi. Virtuallik tushunchasi mеtеorologiya sohasida ham qo‘llaniladi.


72. Bulutli tizimlar tomonidan taqdim etilgan xizmatlar
Software as a Service (SaaS) – xizmat sifatida dasturiy taminot. Istemolchi ushbu modeldan provayder tomonidan bulutli infratuzilmasida ishga tushurilgan ilovadan foydalanadi. Interfeys (veb-brovzer) yoki dastur interfeysi orqali mijoz foydalana olishi mumki. Istemolchi bulutli infratuzilma asosini boshqarish va nazorat qilish xuquqiga ega, shu jumladan: tarmoqni, serverni, operatsion tizimni, malumotlar bazasini xatto ilovalar parameterlarini o’zgartirish imkoniyati berilmagan.
Platform as a Service (PaaS) – xizmat sifatida platforma. Bulutli xisoblash istemolchiga dasturiy platformadan foydalanish uchun ruhsat berilgan model xisoblanadi, bunda quydagi imkoniyatlardan foydala oladi: operatsion tizim, malumotlar bazasi, prikladnoy DT, ishlab chiqish vositalari va DT sinovi. Istemolchi uchun, kompyuter platformasiga o’rnatilgan operatsion tizim, web – ilovalarni ishlab chiqish, tarqatish va boshqarish uchun maxsus vositalar ijaraga beriladi. Istemolchi bulut infratuzilma asosini boshqarish xuquqiga ega emas, shu jumladan: tarmoq, serverlar, operatsion tizimlar yoki malumotlar bazasini xam, lekin tarqatilgan ilovalar va ish olib borayotgan muhit konfiguratsiya parametlarni sozlash imkoniyati mavjud.

Download 21.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling