73-savol 3-maruzaning 4-rejasidan olindi. Oxirroq qismidan
Download 19.85 Kb.
|
1 2
Bog'liq73 savol
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1998 yil iyulda tarixchi olimlar bilan bo‘lgan uchrashuvda
73-savol 3-maruzaning 4-rejasidan olindi. Oxirroq qismidan I.Karimov respublikamizning iqtisodiy mustaqillikka erishishida va ushbu mustaqillikni qo‘lga kiritish va uni ta’minlashga qaratilgan qonun va huquqiy hujjatlarning yaratilishi va qabul qilinishida ham beqiyos katta hissa qo‘shdi. Uning davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i sifatidagi amaliy ishlaridan tashqari mustaqil respublikamizda yangi davr ruhini va muammolarini ifodalovchi qonunlarni tayyorlashdagi, ularning asosiy g‘oyasini belgilashdagi hissasi juda ham katta. Prezidentimiz O‘zbekiston Konstitutsiyasini og‘ishmay amalga oshirishga kafolat bo‘lib turibdi. YUrtboshimiz asarlarida, ma’ruza va nutqlarida davlat va huquq qurilish amaliyoti nazariy jihatdan umumlashtirilmoqda.I.Karimov atoqli huquqshunos olim sifatida ham samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. SHunday puxta qonun negizida poydevori mustahkam qilib yurtboshimiz tomonidan asos solingan yangi o‘zbek davlati O‘zbekiston respublikasi boqiydir. I.Karimov etuk tarixchi olim, o‘zbek davlatchilik tarixi yaratilishining tashshabbuskori, bu sohaning asoschisi va targ‘ibotchisi hamdir. Ko‘hna tarixning guvohlik berishicha, hali-hanuzgacha hech bir zamonda, hech bir tarixiy shaxs tomonidan o‘zbek davlatchilik tarixini bus-butun holda yaratish masalasi o‘rtaga qo‘yilmagan ekan. Bu masalani 2700 yillik davlatchiligimiz tarixida Prezident I. Karimov birinchi bo‘lib 1998 yil iyulda tarixchi olimlar bilan bo‘lgan uchrashuvda davlat ahamiyatiga molik vazifa sifatida kun tartibiga qo‘ydi. YUrtboshimiz da’vat qilishicha, «O‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir. I.Karimov davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirgan bir paytda o‘zimizning zamon va makondagi o‘rnimizni aniq belgilab olishimiz nasl-nasabimiz kimligimizni bilishimiz kerak ekanligini alohida ta’kidlab, bu savollarga olimlar, adiblar, noshirlar, tarixchilarimiz birgalashib yo‘l-yo‘riq bo‘yicha «Avvalo ko‘p ming yillik boy o‘tmishimizni tadqiq etishning yaxlit konsepsiyasi ya’ni dasturni ilmiy izlanishlarning uslubini, qo‘yiladigan vazifani amalga oshiradigan ilmiy muassasalar, ulardagi potensial kadrlar masalasini aniklab olishdan boshlash kerak. Bu boshlanishi bo‘ladi. SHundan keyin ana shu aniq bosqichlari belgilangan davstur asosida har tomonlama tadqiqotlar olib boriladi. I.Karimov bilimdon tarixchi olim sifatida ham, davlat boshlig‘i sifatida ham o‘tmish tariximizning tolmas va rostgo‘y targ‘ibotchisi hamdir. Uning bu boradagi faoliyati ham respublikamizda, ham chet ellarda zuhur etilmoqda. «Biz o‘zbeklarni ulug‘ bunyodkor xalq deb dunyoga tarranum etayapmiz va aslida ham shunday deb, yozadi yurtboshimiz YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning to‘ylarini o‘tkazishdan maqsad nima edi? Komil bu insonning eng avvalo buyuk davlat asoschisi, buyuk bunyodkor, ijodkor shaxs bo‘lganini, fan, madaniyatga homiylik qilib, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shganini olam ahliga bildirish edi. Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz». I.Karimov o‘tmishda o‘tgan buyuk shaxslarga vorislik masalasiga aniqlik kiritadi, yarashiqli ajdodlarni targ‘ib qildi. Kimgadir voris bo‘lish kerak bo‘lsa,biz Beruniylarga, AmirTemur, MirzoUlug‘bek va Boburlarga voris bo‘lamiz», deb takidladi. I.Karimov xalqimiz shu ona zaminda qadim-qadim zamonlardan beri o‘troq holda yashab, kamida yigirma etti asrlik davlatchilik tarixiga ega bo‘lib, jahon sivilizatsiyasiga hissa qo‘shib kelayotgani haqidagi haqiqatning tadqiqotchisi va fidoyi targ‘ibotchisi hamdir. «Kerak bo‘lsa bu ish uchun jonimni,borlig‘imni berishga tayyorman chunki hayotimning mazmuni shundan iborat» deydi kuyunchaklik bilan. Bu chin vatanparvar va zukko olim bo‘lmish haqiqiy davlat arbobining qalb so‘zlaridir. SHu o‘rinda buyuk vatandoshimiz «Zijji jadidi Ko‘ragoniy» va «To‘rt ulus tarixi» asarlarining muallifi Mirzo Ulug‘bekning sultonlar ichida olim, olimlar ichida sulton bo‘lganligini beixtiyor yodga tushiramiz. 5. YUrtboshimiz ayni paytda Download 19.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling