73-savol 3-maruzaning 4-rejasidan olindi. Oxirroq qismidan
Download 19.85 Kb.
|
1 2
Bog'liq73 savol
qomusiy olim hamdir atoqli iqtisodchi, faylasuf, huquqshunos, tarixchi ekanligini keng jamoatchilik yaxshi biladi. Ilmiy salohiyatining bu qirralari mamlakatimiz va chet ellarda ham etirof etilgan. Respublikamizda fan doktori ilmiy darajasi va akademik ilmiy unvoni bilan taqdirlangan. Xorijiy^ universitetlar va akademiyalarning faxriy ilmiy darajalari va faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan. Bular respublikamiz va jahon jamoatchiligiga ma’lum narsalar. Biz bu gal boshqacha yo‘l tutmoqchimiz.
Biz ma’lum narsalar haqida yana to‘xtalmoqchi emasmiz. Tomchida quyosh aks etadi deydilar, YOzuvchilikda buni detal’ orqali tasvirlash deyiladi. Biz shu uslubni qo‘llab so‘z yuritmoqchimiz. To‘qqiz - o‘n yillik kuzatishlarimizga qaraganda I.Karimov bir shaxs sifatida, o‘zi mansub bo‘lgan millatning bir farzandi sifatida o‘zi yashab turgan mamlakatning bir fuqarosi sifatida, sizu-bizlarga bir zamondosh sifatida o‘zini qiynagan, o‘rtagan, quvontirgan, tashvishga solgan, o‘ylantirgan, ruhlantirgan, hayajonlantirgan, istiqbolga chorlagan fikr-mulohazalarni avvalo bir muhokamadan o‘tkazish uchun tegishli soha mutaxassislari bilan baham ko‘radi, so‘ngra o‘rtaga qo‘yadi, muzokara, munozara va muhokamalardan keyin, bu fikr mulohazalar ma’lum darajada pishib etilgach bir to‘xtamga kelgach, muallif sifatida asar yozadi yoki Prezident sifatida farmon, Vazirlar Mahkamasining raisi sifatida qaror chiqaradi. Bunday ish tutishda biz oliy ijroiya hokimiyati rahbarining o‘z xalqi bilan bamaslahat ish ko‘rayotganini,to‘rtinchi hokimiyat hisoblanmish ommaviy axborot vositalarining ham o‘rni va rolini inobatga olayotganini ko‘rib turibmiz. I.Karimov tafakkur olamida aqli izchilligi ham bor. Bir boshlagan ishini muttasil davom ettiradi, rivojlantira boradi, yangi bosqichlarga olib chiqadi, oxiriga etkazmay qo‘ymaydi. A.Navoiy yubileyidan boshlab yuborilgan sharafli ishlar Mirzo Ulug‘bekning 600 yilligi, AmirTemurning 660 yilligi, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, Imom Al Buxoriyning 1225 yilligi Ahmad Al Farg‘oniyning 1200 yilligi va boshqa shu kabi tadbirlarni izchil davom ettirib yangi bosqichlarga ko‘tardi. J.Manguberdining 800 yillik, Ogahiyning 190 yillik yubileylari o‘tkazildi. Bu boradagi ishlar mudom davom etajagiga dalildir. Millatimizni o‘ziga-o‘zi yorqin tanituvchi, kamolot sari olib boruvchi bunday tadbirlar boshida tafakkuri ahli maslahat bilan, ahli musharraflik, ahli mustaqillik, ahli izchillik fazilatlariga ega mutafakkir I.Karimov bu ishlarga etakchi kamarbasta bo‘lib turibdi. Bu esa barcha muvaffaqiyatlarimizning asosiy omillaridan biridir. Xulosa qariyb yigirma yillardan beri biz bir fuqaro va bir ziyoli sifatida I.Karimovning ijtimoiy faoliyatini kuzatib kelamiz. Biz Karimovni Karimov bo‘lgani uchun emas, balki eng avvalo, ya’ni amalda xalqimiz milliy istiqlolga erishguncha bo‘lgan davrda, najotkorsiz qolgan, jabrdiyda xalqimizga u kishining najotkor bo‘lishiga umid bog‘lab, davlat mustaqilligimiz e’lon qilinganidan keyin esa shu umidimiz to‘g‘ri bo‘lib chiqayotgani uchun I.Karimov faoliyatini kuzata boshlaganmiz. I.Karimov hamisha g‘urur bilan: «Men texnokrat va amaliyotchiman. Mening kuchim ham shunda», deydi. Bu-Prezident Islom Karimovning yo‘li. U yangi mustaqil davlatlar rahbarlaridan birinchi bo‘lib, tanglikdan chiqishning, o‘z xalqining kuch qudrati, tarixi, an’analari, uning hayratomuz milliy xususiyatlari hamda mamlakatning boy tabiiy resurslari bilan bog‘ladi. I.Karimov huquqshunos olim sifatida yangi o‘zbek davlati O‘zbekiston respublikasining asoschisi bo‘lish barobarida shu davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining hamma sohalariga taalluqli barcha qonunlarni va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda, qabul qilishda shaxsan qatnashdi va davlatchiligimiz tarixida misli ko‘rilmagan bunday qonunchilik faoliyatiga bevosita rahbarlik qildi. I.Karimov tarix yaratilishining tashshabuskori, bu sohaning asoschisi va targ‘ibotchisidir. I.Karimov iqtisodchi, huquqshunos, faylasuf va tarixchi ekanligini keng jamoatchilik yaxshi biladi. CHet ellarda ham e’tirof etilgan. Respublikamizda fan doktori ilmiy darajasi va chet mamlakatlardagi bir necha universitetlar va akademiyalarning faxriy ilmiy darajalari va unvonlariga sazovor bo‘lgan. Prezidentimiz birinchi chaqiriq Oliy Majlisning 15-sessiyasidagi ma’ruzasida, jamladan, bunday dedi: «Men umrbod ona xalqim bilan birga, uning hurmatiga muyassar bo‘lganimdan, uning origa yaraganimdan o‘zimni baxtli hisoblayman. Tarixning burilish nuqtasida, ulug‘ bir millatni nohaq va xo‘rlikdan asrash, uning o‘zligini anglab, qaddi-qomatini tiklash buyuk marralarga chorlash, sodda qilib aytganda, ozodlik va erkinlik, mustaqillik va istiqlol yo‘liga boshlash har kimga ham" nasib etavermaydi. Mening peshonamga ana shunday taqdir, ana shunday qismat bitgan ekan. Men bu qismatni o‘zim uchun ham baxt, ham sharaf deb bilaman. CHunki men uchun vatan ozodligi, xalqimning omonligi, yurtimning ravnaqi iqtisodiy, mana shu muqaddas zaminda yashaydigan har bir oilaning farovonligidan boshqa oliy saodat yo‘q». Binobarin, yo‘lboshchimizning yo‘li porlok kelajakka eltuvchi nurli yo‘l, huquqiy saodat yo‘lidir.» Download 19.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling