75. Turli anionlarning ivish jarayoniga ta’siri
Download 131,64 Kb.
|
Javoblar 75-100
75.Turli anionlarning ivish jarayoniga ta’siri. Kolloid zarrchalar orasida yoki polimerlarning makromolekulalari orasida molekulyar tutinish kuchlari ta‘sir etishi tufayli ichki strukturalar hosil bo‘lishi natijasida o‘z oquvchanligini batamom yo‘qotgan sistemaga iviq yoki gel deyiladi. Kolloid sistemalarda gelga aylanish va polimerlar eritmalarining ivish jarayoniga: kolloid zarracha yoki polimer makromolekulasining shakli va o‘lchami; dispers faza va dispersion muhit miqdorlari orasidagi nisbat (ya‘ni dispers fazaning konsentratsiyasi); harorat; vaqt; elektrolit qo‘shilishi katta ta‘sir ko‘rsatadi. Turli anionlarning ivish tezligiga ta‘siri: SO 2 4 > C6H5O 73 > C4H6O-26 > CH3COO- > Cl- > ClO 3 > NO 3 > Br- > I- > CNS Strukturalar hosil qilgan sistemaning (gelning) strukturalar hosil qilmagan sistemaga (zolga) izotermik aylanishi tiksotropiya deyiladi. zol gel iviq eritma Gelning zolga aylanish jarayoni silkitish, chayqatish, aralashtirish, ultrtovush ta‘siri natijasida sodir bo‘ladi. Tiksotropik o‘zgarishlar vaqtida dispers faza zarrachalari o‘zaro birikmaydi ya‘ni sistemaning disperslik darajasi o‘zgarmaydi. Gelning o‘z-o‘zicha 2 qavatga (suyuq eritma va zich gel qavatlariga) ajralish jarayoni sinerezis deyiladi. 76.Elektrokapillyar xodisalar. Elektrokinetik hodisalar (elektroforez va elektrosmos) elektrokimyoning qo‘sh elektrik qavatning tuzilishi va elektrokapillyar hadisasi haqidagi tamoyillarga asoslanadi. Shu bilan bir vaqtda nisbatan yirik zarrachalarni hosil qiladigan kolloid sistemalarni o‘rganish va ifodalashda molekulyar fizika, kimyoviy termodinamika, tutash muhit mexanikasi tamoyillari keng qo‘llaniladi. Download 131,64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling