7–amaliy mashg‘ulot. Xashaki poliz ekinlari morfologiyasi, agrokalendar tuzish. Mashg‘ulotning maqsadi
Download 0.97 Mb.
|
7 amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv va ko‘rgazmali qurollar
7–amaliy mashg‘ulot. Xashaki poliz ekinlari - morfologiyasi, agrokalendar tuzish. Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarga xashaki poliz ekinlari xususida tushuncha berish ularning morfologiyasi, yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha zarur ma’lumotlar berish, ozuqa sifatida to‘yimliligini o‘rgatish. O‘quv va ko‘rgazmali qurollar: xashaki poliz ekinlari urug’lari, gerbariylari, jadvallar, o‘simlik mulyajlari, rasmlar. Poliz ekinlari (Cucurbitaceae) qovoqdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, tarvuz (Citrullus), qovun (Melo) va qovoq (Cucuzbita)ni o‘z ichiga oladi. Bu oiladagi ekinlar vegetativ hamda generativ organlarining tuzilishi bir-biriga o‘xshaydi. Poliz ekinlarining maevasi sershira, oziq-ovqat va chorva mollari uchun qimmatli ozuqa sifatida muhim ahamiyatga ega. Bular bir yillik serhosil ekinlar qatoriga kiradi. 100 kg xashaki tarvuz 9,3 ozuqa birligiga, xashaki qovun 10,2 ozuqa birligiga teng. Poliz ekinlari urug’i tarkibida oziq-ovqat uchun yaroqli moy mavjud, bundan tashqari vitaminlarga ham boy. Bu ekinlarning hosildorligi yuqori 350-500, hatto 700 ts/ga, palagi ham chorva hayvonlariga ozuqa sifatida ishlatiladi. Poliz ekinlari mollarga yangiligicha yoki siloslangan holda beriladi. Ularning poyalari, mevalari dag’al xashaklar bilan qo’shib siloslanadi. Poliz ekinlaridan tayyorlangan silosni barcha chorva mollari ishtaha bilan yeydi. Tarvuz. Tarvuz (Citrullus colocynthoides Pang.)ning ildiz sistemasi yaxshi rivojlangan o‘qildiz, yaxshi shoxlangan, yerga 2,5-3 metrgacha kirib, atrofga ham keng tarqaladi. Poyasi yerga taralib o‘sadi, 2-5 metrgacha palak otadi, 5-10 tagacha shoxlaydi. Barglari kuchli darajada patsimon qirqilgan. Guli yirik, gultojisi och sariq, erkak gullarining gulbandi urg’ochi gulinikiga nisbatan ancha uzun, hashoratlar yordamida chetdan changlanadi. Mevasi ko’p urug’li soxta meva bolib, shakliga ko‘ra sharsimon, yoki tuxumsimon cho‘ziq, rangi yashil, och yashil, qoramtir yo’lli bo‘ladi. Mevasining eti yashil yoki oqish, tarkibida 1,2-2,6 % shakar mavjud. Vazni 10-15 kg.dan 25-30 kg.gacha. Urug’i yassi tuxumsimon, kertikli va qattiq postli, rangi har xil. 1000 donasining vazni 120-200 g. Xashaki tarvuzning hozirda Bogarniy-112, Brodskiy-37-42, Disxim, Rodeziyes navlari mavjud. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling