Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
1-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni izohli lug‘atdan foydalangan holda VENN diagrammasiga joylashtiring.
Tulki, yumshoq, qattiq, shisha, qo‘shiq, gul, telpak, toza, gullamoq, mazali, do‘st, laqma, til, qalin, so‘limoq, tatimoq, tom, tik, oshiq, sayramoq, achchiq, rom, palata, kulmoq, qari, qoralamoq, tirnoq.
2-topshiriq. Quyidagi misollarni ekspressivligi bor-yo‘qligiga ko‘ra 2 guruhga ajrating.
Stolning oyog‘i, derazaning ko‘zi, qozonning qulog‘i, kelinning oyog‘i, qora xat, shayton qiz, o‘choqning boshi, ishning ko‘zi, olovning tili, temir intizom, ko‘chaning og‘zi, fan cho‘qqisi, quloq pardasi, qalin do‘st, tirnoqqa zor, litsey qaldirg‘ochlari, derazaning ko‘zi, qattiq odam, yengil hayot, devorning qulog‘i, umr savdosi, iliq munosabat, ishni pishirmoq, odamlarni uxlatmoq, dili siyoh.
Ekspressivlikka ega birikmalar
|
Ekspressivlikka ega bo‘lmagan birikmalar
|
|
|
|
|
Nazorat savollari:
1. Leksik uslubiyat deganda nimani tushunasiz?
2. So‘zning denotativ ma'nosi nima?
3. So‘zning konnotativ ma'nosi deganda nimani tushunasiz?
4. Ingerent va adgerent konnotatsiyaning farqi nimada?
5. Ko‘p ma'noli so‘zlar qanday lisoniy vosita sanaladi?
6. Lingvistik va xususiy metaforalarning qanday farqi bor?
7. Metonimiyaning qanday ko‘rinishlari bor?
8. Sinekdoxaning qanday turlarini bilasiz?
9. Ironiya va mubolag‘aga misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |