O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
Islom Karimov nomidagi
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
«Elektronika va avtomatika» fakulteti
87-17 (o’) EA guruhi yig’ilishi
Bayonnomasi №18
04.02.2019 y. Toshkent sh.
Qatnashdilar:
|
Murabbiy va guruh talabalari.
|
Kun tartibi:
1. “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni” mavzusi asosida davra suhbatini tashkillashtirish va taqdimot tayyorlash.
2. Davomat haqida.
3. Ijro intizomi ( O’quv jarayoni haqida).
Eshitildi:
|
1. Guruh murabbiysi B. O. Isakov darsni boshlab, bugungi mavzu bo’yicha taqdimotni namoyish qildi. Ma’ruzada, talaba-o’quvchilarga
mamlakat ozodligini himoya etish, bosqinchilarga qarshi kurashdagi buyuk ajdodlarning ibrati, o’tmish saboqlari, mustaqillik davrida erishilgan zafarlar tahlili asosida jamiyatning har bir a’zosi qalbida milliy g’urur tuyg’usini uyg’otish va tarbiyalash, yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’usini kuchaytirish, iymon, vijdon, halollik, poklik, mehnatsevarlik singari hislatlarni shakllantirish, har bir fuqaroni mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirish – xullas komil insonni, har taraflama sog’lom, fidoyi barkamol avlodni voyaga yetkazish hozirgi kundagi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishining asosiy maqsadi ekanligiga alohida ahamiyat berish haqida keng va atroflicha tushunchalar berib o’tdi.
2. Davomat va o’zlashtirish haqida guruh sardori R. Almatov so’zga chiqib talabalar davomati haqida ma’lumot berdi. Unga ko’ra barcha talabalar darslarga to’liq ravishda qatnashayotgani aytib o’tdi.
|
|
3. Turli masalalar yuzasidan o’quv jarayoni va yakuniy attestatsiya haftaligi haqida ma’lumot berishdi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |