8- amaliy mashg‘ulot. Biznes va tadbirkorlikda tavakkalchilik
Tavakkalchilikni kamaytirish yollari
Download 488.44 Kb. Pdf ko'rish
|
8- amaliy mashg‘ulot. Biznes va tadbirkorlikda tavakkalchilik (1)
Tavakkalchilikni kamaytirish yollari
Mavjud noaniqliklar va xatarlar tadbirkorni o‘z loyihasining foydaliligini chuqur tahlil etishga, ishlab chiqarish va boshqa xarajatlarni tejamkorlik asosida puxta sarflashga, asosiy vositalar va aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishga, baho siyosatini to‘g‘ri belgilashga undaydi. Aks holda korxona faoliyati ino‘iroz bilan yakun topishi mumkin. Tavakkalchilikni kamaytirishning quyidagi yo‘llari mavjud: 1. Tavakkalchilikning paydo bo‘lishidan qochish. 2. Tavakkalchilikning ta’sirini kamaytirish. Birinchi holatda tadbirkor o‘z faoliyatiga xavf tug‘diradigan har o‘anday xatarni chetlab o‘tishga harakat qiladi. Ikkinchi holatda esa tadbirkor tavakkalchilikning subyekt ishlab chiqarish- moliyaviy faoliyatiga ta’sirini (zararni) pasaytirish choralarini izlaydi. Tavakkalchilikni kamaytirishning yo‘nalishlarini belgilashda quyidagi holatlarni hisobga olish kerak: agar tadbirkorning faoliyat turi muqarrar ravishda tavakkalchilik bilan bog‘langan bo‘lsa, bunday holatda uni chetlab o‘tish imkoniyati bo‘lmaydi; bir turdagi tavakkalchilikdan qochish uning ikkinchi turini tug‘dirishi mumkin; tavakkalchilikdan qochish yuqori darajada foyda keltiradigan sohalarda biznes imkoniyatlarini cheklaydi; tadbirkorlik faoliyatining ko‘lami yirik va kutilayotgan foydaning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, tavakkalchilikning yuzaga kelishi ehtimoli ham shuncha yuqori bo‘ladi va hokazo. Tavakkalchilikni kamaytirishda tadbirkor uning ta’sirini o‘ziga olishi, taqsimlashi yoki 36 boshqalarga o‘tkazishi mumkin. Tavakkalchilikni o‘ziga olish quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: 1. Oldindan rejalashtirilgan holda zararlarni o‘oplovchi maxsus zahira jamg‘armalarini yaratish. 2. Rejalashtirilmagan tavakkalchilikdan ko‘rilgan zararlarni foyda yoki aktivlar hisobidan qoplash. Oldindan rejalashtirilgan zahira jamg‘armalarini yaratish o‘zini-o‘zi sug‘urtalash jarayonini anglatadi. Subyekt favqulodda yuz beradigan tavakkalchilik holatlari uchun foydadan ajratma hisobiga maxsus jamg‘arma (tavakkalchilik jamg‘armasi) yaratadi. Masalan, yirik tadbirkorlik subyekti uncha qimmat bo‘lmagan uskunani tasodifiy xatarlardan sug‘urtalashni maxsus sug‘urta kompaniyasi orqali amalga oshirishni ma’qul ko‘rmaydi. O‘zini-o‘zi sug‘urtalash zarar ehtimoli kichik bo‘lgandagina maqsadga muvofiq. Biroq, zahira jamg‘armasi foyda keltirmaydigan o‘lik kapital ekanligi uchun , tadbirkorlar bunday jamg‘armani qisqartirishga harakat qiladilar. Ikkinchi holatda, ya’ni rejalashtirilmagan tavakkalchilikni o‘ziga olishda tadbirkorlik firmasi tavakkalchilik natijasidagi yo‘qotishlarni foyda yoki aktivlardan qoplashiga to‘g‘ri keladi. Agar yo‘qotishlar hajmi foydadan katta bo‘lsa, joriy likvidli aktivlar yoki xususiy kapitalning bir qismidan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Tadbirkorlik tavakkalchiligini pasaytirishning yana bir usuli bu tavakkalchilikni taqsimlash yoki birlashtirish yo‘li bilan yo‘qotishlarni +isqartirish hisoblanadi. Download 488.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling