8- amaliy mashg‘ulot. Biznes va tadbirkorlikda tavakkalchilik


Tavakkalchilikni taqsimlash, odatda, tadbirkorlik firmasining aktivlarini


Download 488.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana11.05.2023
Hajmi488.44 Kb.
#1451010
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8- amaliy mashg‘ulot. Biznes va tadbirkorlikda tavakkalchilik (1)

Tavakkalchilikni taqsimlash, odatda, tadbirkorlik firmasining aktivlarini 
taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi 
Mulk tadbirkor oilasining turli a’zolari nomiga o‘tkaziladi yoki shu maqsad 
uchun yaratilgan korporatsiya va trast firmalari nomiga o‘tkaziladi. Bunda bir maqsad 
atrofida birlashgan tadbirkor oilasining a’zolari yoki yaqin aloqada bo‘lgan 
tadbirkorlarning guruhi (shirkat, korporatsiya, konsern va boshqa) tavakkalchilik qilish 
oqibatida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan foyda va zararlarni o‘zaro taqsimlaydilar. 
Tavakkalchilikni 
taqsimlash 
orqali 
kamaytirish 
usullaridan 
biri 
– 
diversifikatsiyalashdir. Uning mohiyati bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan turli xildagi faoliyat 
ko‘rinishlari o‘rtasida kapital quyilmalarni va tovar-moddiy resurslarni taqsimlashdan 
iborat. Agar tavakkalchilik oqibatida bir faoliyat turidan zarar ko‘rilsa, boshqasidan 
ko‘rilgan foyda hisobidan uni qoplash mumkin. 
Diversifikatsiyalash ishlab chiqarish, tijorat va investitsiya faoliyati sohalarida 
tavakkalchilikning darajasini kamaytirish imkonini yaratadi. Uni diversifikatsiyalash 
quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin: 
kapital sarflarni bir nechta faoliyat turlariga bo‘lib sarflash; 
har xil turdagi yuqori daromad keltiradigan qimmatli qog‘ozlarga investitsiya 
qilish; 
moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha tashqi sheriklarning sonini ko‘paytirish; 
turli sigmentlarni o‘amrab olgan bozor va iste’molchilarning talabiga mos tovarlar 
ishlab chiqarish; 
bozor konyukturasi va iste’molchilar sigmentiga mos keluvchi turli baho siyosatini 
yuritish; 
yuk tashuvchi turli transport subyektlarining xizmatidan foydalanish; 
tovar-moddiy zahiralarni bir nechta joyda bo‘lib asrash va hokazo. 


37 
Amaliyotda diversifikatsiyalash tavakkalchilikni faqat kamaytirishi emas
aksincha oshirishi ham mumkin. Tadbirkor o‘z mablag‘ini samarasiz ishlab chiqarish 
faoliyatiga sarflagan tao‘dirda tavakkalchilik ehtimoli ortadi. 
Tavakkalchilikni birlashtirish ikki yoki undan ortiq korxonalarning qo‘shilishi 
natijasida sodir bo‘ladi va buning natijasida yangi tashqil topgan korxona dastlabkilariga 
qaraganda ko‘p aktivga ega bo‘ladi. Tavakkalchilik xatarlarini pasaytirish yo‘lida 
tadbirkorlarning o‘z kapitallarini birlashtirishi, ular o‘rtasida olingan foydani va 
zararlarni bo‘lish imkonini yaratadi. Ushbu holat korxonani tavakkalchilikdan butunlay 
holi qilmaydi, lekin uning xatar darajasini bir muncha pasaytirishga yordam beradi. 

Download 488.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling