8- amaliy mashg’ulot: mikrodasturlarni doimiy saqlash qurilmasi (pzu), operativ xotira darsning maqsadi


Download 26.18 Kb.
bet4/4
Sana25.10.2023
Hajmi26.18 Kb.
#1721330
1   2   3   4
Bog'liq
8- amaliy mashg’ulot mikrodasturlarni doimiy saqlash qurilmasi -fayllar.org

DDR SDRAM. SD RAM xotirasining keyingi avlodlaridan biri – uzatishning ikkilangan tezligiga ega bo’lgan DDR SDRAM (Double Data Rate SD RAM) xotirasidir. SDRAM kabi, DDR SDRAM xotirasi tizim chastotasi bilan sinxron ishlaydi. Ammo, ma’lumotlar takt generatorining signal orqa va oldi fronti bo’yicha hisoblanadi. Lekin SDRAM xotirasida faqatgina oldi fronti bo’yicha foydalaniladi. Shunday qilib, DDR SDRAM xotirasi SDRAMga nisbatan tezroq uzatadi, yani shinaning 133 MGts chastotasida ish unumdorligi 266 MGtsni tashkil qiladi. Bu tizim ikki marotaba tezroq ishlaydi, degani emas. Xotira ikki martta tezroq ishlaydi va shuning uchun ShK umumiy unumdorligi oshmoqda.
DDR xotiralarning ko’pgina turlari mavjud. Ularning tezligiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi.
1. DDR200 (100 MHz), PC1600 MBps. 2. DDR266 (133 MHz), PC2100 MBps.
  1. DDR333 (166 MHz), PC2700 MBps.


  2. DDR400 (200 MHz), PC3200 MBps




RDRAM. RDRAM – bu Rambus Inc. Kompaniyasi yaratgan xos xotira texnologiyasi bolib, ikki kanalli rejimdan foydalanilganda 3.2 Gbayt/s. o’tkazish tezligini ta’minlaydi, bu esa SDRAM xotirasining o’tkazish tezligidan 3–4 marta katta.
Rambus xotira shinasi torroq (zamonaviy 32-yoki 64-razryadli tizimli plata shinalaridan farqli o’laroq atigi 16 bit), lekin bu ishchi chastotasi yuqoriroq qiymatlari bilan kompensatsiya qilinadi: 800 Mgts va yuqori. DDR SDRAM kabi ma’lumotlar taktli generator signalining orqa va old fronti bo’yicha olinadi.
Rambus xotira moduli RIMM deb ataladi (Rambus Inline Memory Module). U DIMM moduliga o’xshash, lekin, undan farqli elektr ajratmaga ega.
Xotira modullari jufti bilan o’rnatilishi lozim va bitta hajmga ega bo’lishi kerak. RDRAM tizimli platasida hamma xotira ulanish joylari seriya guruhlariga ajratilgan. Bu shuni bildiradiki, har bir ulanish joyida RIMM moduli yoki maxsus qopqoq o’rnatilishi lozim. Xotira modullari bir tomondan radiator sifatida xizmat qiluvchi maxsus metall plastina bilan berkitilishi kerak. Qopqoqlarda bunday plastinka yo’q.
Nazorat savollari
  1. Xotirani o’rnatishda nimalarga e’tibor berish kerak?


  2. Xotiraning qanday turlari mavjud?


  3. Bitta kompyuterga nechta xotira platasi o’rnatish mumkin?


  4. DDR RAM, SDRAM va RDRAM xotiralarini tavsiflang.




http://fayllar.org
Download 26.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling