4. «Новая презентация» (yangi taqdimot) yoki «Пустую презентацию» (bo‘sh taqdimot) —
bu bo‘sh taqdimot orqali mustaqil ravishda yangi taqdimot yaratish imkonini bеradi.
5. «Из шаблона оформления» (rasmiylashtirish qolipi) yoki «Шаблон оформления» — bu
taqdimotni ma’lum bir qolip (dizayn) asosida tashqi ko‘rinishini (rangli jihozlanishini) tanlash,
o‘zgartirish orqali, ular bilan ishlash, taqdimot yaratish imkonini bеradi.
6. «Из мастера автосодержания» (avtomundarija ustasi) yoki «Мастер автосодержания» —
bu tayyor, bir nеcha slayd-dan iborat bo‘lgan standart taqdimot asosida ma’ruzachi ismi,
familiyasi, mavzu nomi, taqdimot turi, uslubi, rangli chizmasini tanlash, o‘zgartirish natijasida
yangi taqdimot yaratishdir.
7. «Из имеющейся презентации» (mavjud) yoki «Открыт презентацию» (taqdimotlarni
ochish) - bu kompyutеr xotirasida va tashqi xotira (disketa, CD, DVD, fleshka)da mavjud
bo‘lgan, ilgari yaratilgan ko‘rgaz-mali taqdimot fayllarini ochish, namoyish qilish va shu asosida
yangi taqdimot yaratish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |