8 -mart bayrami tadbir ssenariysi ii-kurs magistranti : Xolova Dilovar Faxriddinov 8-mart bayrami tadbir ssenariysi


Download 134 Kb.
bet2/7
Sana09.06.2023
Hajmi134 Kb.
#1468610
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 mart senariy

Onamni asragin.
Onam mening bxhtim
Mening hayotim,u mening borlig'im, ko'kdagi oyim.
Yuragimda o'chmas mangu bayotim
Xudoyim onamni asragin doim.
Tongda turib menga taxtlar tilagan
O'tirsa tursa ham baxtlar tilagan
Yig'lasam yupatib boshim silagan
Xudoyim onamni asragin doim.
Sahna ko'rinishi:Onalarni behad ulug'lovchi ularning nuroniy, tiniq siymolarini gavdalantiruvchi ajoyib dostonlar, rivoyatlar ham talaygina.
Quyoshdan so'rashibdi:
Sening haroratingdan zo'roq harorat bormi?
Bor---javob berdi Quyosh--ona mehri mening taftimdan ham kuchliroq.
O'limdan so'rashibdi: Senga bas keladigan kuch bormi? Bor-debdi o'lim-Ona mehri meni ham chekintiradi.
Daryoi azimdan so'rashibdi: Sendan kuchliroq jonzot bormi dunyoda? Bor-debdi Daryoi azim.Ona mehri mendan kuchliroq.
Ha, ona mehri toshni eritadi, qahri tog'ni qulatadi daryoni jilovlay oladi.Quyosh - haroratini, oy nurini, hayot go'zalligini onadan olgan
Tabiat tarovati gullar isi,hayot nashidasidan inson ko'rkamligi,odamiyligi, inson aql-idroki, fahm-farosati bari-bari onaizordan.
Ona-ona,onajon,jaji nihol gul g'uncham
Mehringizdan bol ichaman,so'zlaringiz joylab dilga
Otlanaman porloq yo'lga,Siz quvonchim hayajonim,
Mehribonim onajonim.
Yurakdagi nozik ilhomim,sizga bugun jonim onajon.
Bag'ishlayman ulug' ayyomim,doim sizga jonim onajon.
Bag'ishlading jonimga huzur,ko'zlarimga bera olding nur
Deding bolam doim to'g'ri yur,so'zing dilda jonim onajon.
Gullar olib boray qoshinga,bulbul bo'lib qo'nay qoshinga
Bosib o'tgan aziz yoshingga,Sadqa bo'lsin jonim onajon.
Baxtiyorsan o'g'il-qizing ko'p,har biriga aytar so'zing ko'p
Yodgorliging qolar sening ko'p, iftihorim jonim onajon.
Muborakbod etib kuylayin,erkalatib o'pib kuylayin
Dilda mehrim qo'shib kuylayin,gulbahorim jonim onajon.

Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling