8- ma’ruza Kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari. Reja


Download 0.6 Mb.
bet12/26
Sana28.10.2021
Hajmi0.6 Mb.
#169214
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
8 mavzu

6-rasm. Zilzila o’chog’i.
Yuqorida qayd etilgan yer silkinish turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng ko‘p talofot keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera o‘ramlarida bo‘ladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi. Qiya sathlarida tog‘ jinslarining katta bo‘laklarini ag‘darilishi yoki tog‘larning o‘pirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar ag‘darilish zilzilalari deyiladi.

Vulqon jarayoni, ya’ni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan yer silkinishiga vulqoniy yer silkinishi deb ataladi. Bunday yer silkinish vulqonning faollashuvi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, ko‘p hollarda aniq bashorat qilinadi. Bunday yer silkinishlarining talofati unchalik kuchli bo‘lmaydi.

Insonning muhandislik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yer silkinishlar, yirik suv omborlari vujudga kelgan hududlarda, neft, gaz mahsulotlarining yer ostidan so‘rib olinishi jarayoni amalga oshgan maydonlarda yuz bermoqda. Dаryo vоdiylаrigа to'gоnlаrning qurilishi nаtijаsidа mаydоni bir nеchа ming km2, xаjmi bir nеchа yuz km3 dаn kаttа bo'lgаn (mаsаlаn, Chоrvоq suv оmbоrining umumiy xаjmi 2,1 mld. m3, suv sathi mаydоni 3640 gа tеng) suv оmbоrlаri vujudgа kеlmоqdа. Yer qа'ridа 4000-5000 m chuqurlikdа yotgаn gаz, nеft yer sathigа surib chiqаrilmоqdа, yer оstidа uzоq gеоlоgik dаvrlаr mоbаynidа yotgаn ko'mir аnа shu yer qа'ridа yondirilib gаzgа аylаntirib оlinmоqdа. Vaqtinchа sаqlаsh maqsadidа bа'zаn yer оsti g'оrlаrigа, xаndаklаrigа vа tog’ jinslаri g'оvаklаrigа gаz, nеft mаhsulоtlаri yuqоri bоsim оstidа kiritilmоqdа, judа kаttа miqdоrdаgi minyerаl suvlаr yer оstidаn chiqаrib оlinmоqdа. Yer qа'rining оdаmlаr tа'sir etish jоylаridа yig’il аyotgаn enyergiya miqdоrining u yoki bu dаrаjаdа оshishi yoki kаmаyishi оqibаtidа sоdir bo'lgаn yer silkinishlаri Hindistоn, АQSH, O'zbеkistоndа kuzatilgаnligi fаndаn mа'lum. Jumlаdаn, Chоrvоq suv оmbоri qurilib bo'lingаndаn kеyin bu hududdа bir nеchа mаrtа yer silkinishlаr bo'lib o'tgаn. Tеkshirishlаrning ko'rsаtishichа, bu yer silkinishlаr o'zlаrining tаyyorlаnish, sоdir bo'lish mеxаnizmlаri bilаn Chоrvоq suv оmbоrigа yig'ilgаn suvning miqdоri vа yig'ilgаn suvni suv оmbоridаn chiqаrilish tеzligi bilаn bоg'liq hоldа yuz berishi kuzаtilgаn. Bungа birinchidаn, suv оmbоrining 2,1 mill. m3. dаn оrtiq suv bilаn to'lаtilishi jаrаyonidа, оmbоr tubidа yotuvchi tog’ jinslаrining siqilishi vа tаrаnglаshishi оqibаtidа yuz berаdigаn mikrоsiniqlаr, dаrz kеtishlаr vа ulаrning nisbiy harаkаti sаbаb bo'lsа, ikkinchidаn, suvni suv оmbоridаn bir mе'yoridа chiqаrilmаsligi vа tog’ jinslаrigа tа'sir qiluvchi kuchlаrning nоmutаnоsib hоlаtdа bo'shаtilishi, o'zgаrishi sаbаb bo'lgаn.

Ma’lumki, har yili planetamizda 100 000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar (seysmogarflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojiali bo‘lib, imorat va inshoatlarning buzilishiga, yer yuzida yoriqlarning paydo bo‘lishiga, minglab insonlarning yostig‘ining qurishiga olib keladi.



Yer silkinishi o‘chog‘i gipomarkazning joylashgan chuqurligi bo‘yicha: yuza − 70 km gacha, o‘rta – 70-300 km, chuqur − 300 km dan pastda “mantiya” qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. (6.1-rasm). Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning o‘chog‘i asosan 70 km gacha chuqurlikda joylashganini qayd etish mumkin. Mantiyada katta bosim yoki portlashlar tufayli zilzila o‘chog‘i vujudga keladi, natijada katta




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling