8- ma’ruza Kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari. Reja


Download 0.6 Mb.
bet24/26
Sana28.10.2021
Hajmi0.6 Mb.
#169214
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
8 mavzu

XII. Yer relyefinnng o‘zgarishi. Barcha yer usti va osti inshootlari to‘liq shikastlanadi. Yoriqlar paydo bo‘lib, relyef butkul o‘zgaradi. Daryo o‘zanlari o‘zgaradi. Yirik tog‘ ko‘chkilari bo‘ladi. Yangi ko‘llar paydo bo‘ladi.

Zilzilаlarga tayyorgarlikdagi barcha xatti-harakatlarimiz quyidagi 3 yo’nalishda olib borilishi lozim: tavаkkal darajasini kamaytirish (zilzilаga qadar tayyorgarlik tadbirlarini o’tkazish); zilzilа vaqtida xatti-harakatlar qoidalari vа tartibini o’rganib chiqish vа ishlab chiqish; zilzilа oqibatlarini engillashtirish vа tugatish.

Xavfsizlikni bu tariqa oshirish jadvаli boshqa tаbiiy ofat turlariga ham xos. Zilzilаni avvаldan bilsangiz nima qilish zarur? Eng avvаlo turli sharoitlarda-uyda, ishda, ko’chada, jamoatchilik joylarida (do’konda, teatrda) xatti-harakat tartibini bittama-bitta o’ylab chiqish kerak. Avvаldan xonadonda, ishda silkinishi mumkin bo'lgаn o’tа xavfsiz joylarni aniqlash zarur. Bu-kapital devorlar uymalar, burchaklar, kolonnalar oldidagi joylar vа bino karkasi balkalari ostidadir. Ulаrni hamma bilishi lozim.

Shkaflar, etajerkalar, tokchalar, stellajlar, mebelni mustahkamlab, shunday ko’yish zarurki, ayniqsa, chiqish joyini to’smasligi, eshikni yopib quymaslik kerak. Tokchalardan ogir jismlarni, idishlar tushib, shikаst yetkazishi mumkin bo'lgаn barcha buyumlarni olib ko’yish kerak. Kandillar vа boshqa yoritish asboblarini ishonchli qilib mustahkamlash zarur. Yengil alanga oluvchi yoki zaharli suyuqliklari bor idishlarni yaxshisi kvаrtiradan olib chiqish zarur.

Yotoqxona joylarni katta oynalar, shisha tushishidan o'zoqroq joylashtirish ma'qul. Krovаtlar vа divаnlar tepasida tokchalar, og’ir jismlar bo'lishi mumkun emas.

Dastlabki 3-5 kunga mo’ljallangan konservа mahsulotlari vа toza ichimliklar, suv zapasini hosil qilish kerak. Ichida bog’lama vа dori-darmonlar to’plami bo'lgаn birinchi tibbiy yordam aptechkasini avvаldan hozirlab quyilgan xujjatlar, pullar, elektr fonarik (yoritgich), gugurt, qum solingan chelak, yong’in uchiruvchi (avtomobilniki bo'lishi ham mumkin) kabi buyumlar bilan bir qatorda qo’l ostida saqlash zarur. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda (bog’lab ko’yish, qon ketishini to’xtatish, sinishlardagi harakatlar) yordam ko’rsatishni foydadan holi emas.

Doimo elektr nuri, quvvаti, suv ta'minoti, kvаrtirada, podezda, xonadonda gaz qanday uchirilishini yodda tutish zarur. Radiotranslyatsiya reproduktori doimo yoqilgan bo'lishi kerak, zero, u orqali kelayotgan ofat to'g'risida, uning oqibatlarini tugatish choralari xususida axborot beriladi. Zilzilа paytida inson o’zini qanday tutmogi lozim? Agar zilzilа bo'layotganida siz bino ichkarisida bo'lsangiz, yaxshisi, dastlabki 15-20 lahza mobaynida ochiq joyga yugurib chiqish afzal. Mutloqa qurilishlar, tosh devorlar, baland devorlar yaqinida turmasligi lozim.

Eshiklarda gavjumlik hosil qilmaslik kerak. Liftdan foydalanish ta'qiqlanadi, chunki o’rtada to’xtab turib qolishi mumkin.

Aytaylik, ko’chaga chiqa olmadingiz. Avvаldan tanlangan, nisbatan xavfsiz joyga berkining, eshikni zinapoya tarafga keng ochib, to’sik (proyom) tagiga turib oling. Stol tagiga, kiyim-kechak shkafiga yashirinish mumkin, suvok, shisha, idish, yoritgichlar parchalari tegib ketishi oqibatida jarohatlanib qolmasligi uchun qo’llar bilan yuzingizni to’sib olishingiz lozim. Hamma holatlarda ham deraza, oynavаnd to’siqlardan nariroq yurgan afzal. Eng xavfsiz joy - kapital devorlar oldi.

Hokimiyat, FM shtabi tavsiyalarini tinglash uchun radiotransliyatsiyani albatta yoqing. Elektrquvurda buzilish, ziyonlar bor-yo’qligini tekshirib ko’ring, kamko’stni bartaraf eting yoki xonadoningizda elektr quvvаtini o’chiring, suv vа gaz ta'minotining to'g'riligini tekshiring, ochiq olovdan foydalanmang!

Yodda tuting, birinchidan so’ng takroriy silkinishlar bo'lishi mumkin. Shunga tayyor turing. Ulаr bir necha soatdan so'ng, ayrim hollarda bir necha kecha-kunduzdan so'ng bo'lishi mumkin. Ko'pinchа takroriy silkinishlar birinchisidan susroq bo'ladi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling