8 – ma’ruzа Mineral hosil qiluvchi geologic jarayonlar. Endogen jarayonlar. Mineral hosil qiluvchi magmatic va pegmatit jarayonlar. Reja


Download 232.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana06.11.2023
Hajmi232.26 Kb.
#1750214
1   2   3   4
«Pegmatit» atamasini birinchi marta R.J.Gayui (1743-1822) tomonidan «dala shpatlari 
va kvars» minerallaridan tashkil topgan jins uchun ishlatiladi. Yunoncha «pegmatit»-kvars va 
dala shpatlarining mustahkam birikmasini anglatadi. Pegmatitlarni geologik jism sifatida 
o`rganish XIX asrda V.K.Breger (1851-1932), K.G.Rozenbush (1836-1914), G.L.Fogt (1858-
1932), XX asrning o`rtalarida Rossiya olimlari A.E.Fersman, D.S.Korjinskiy, A.N.Zavaritskiy, 
K.A.Vlasov va boshqalar batafsil o`rganishadi va kelib chiqishni nazariy yo`l bilan 
tushuntirishdi.
Pegmatit jinslar magmatik jarayonlarning oxirgi bosqichida faol va uchuvchan 
komponentlarga boy bo`lgan qoldiq «pegmatit»simon magmadan yuzaga keladi.
Pegmatitlar geologik jism sifatida yirik kristallangan mineral to`dalaridan tashkil topgan 
hamda tomirlar yoki har xil shaklli uyumlar bo`lib uchraydi. 
Pegmatit mahsulotlarning asosiy qismi nordon va ishqorli jinslar bilan uzviy bog`liq. 
Ko`p hollarda ularning birlamchi magmatik jinslarga nisbatan keyingi bosqichda yuzaga 
kelganligi yaqqol ko`rinib turadi. Rasmiy pegmatitlarning mineralogik va kimyoviy tarkibi ona 
jinslarga batafsil o`xshash, ammo ular benihoya yirik donador agregatlardan iboratdir.
Pegmatit tabiatda keng tarqalgan, shuning uchun mutaxassislarni o`ziga jalb qilgan. 
Pegmatitlarning ahamiyati sanoat va texnikada benihoya katta, tarkibining asosiy qismini tashkil 
etuvchi dala shpatlari va kvarc chinni va shisha mahsuloti, slyudalar elektrotexnika xizmatida
qolgan minerallardan kam va tarqoq elementlar litiy, rubidiy, berilliy, niobiy, tantal, sirkoniy, 
gafniy va siyrak elementlarini olishda asosiy manba bo`lib xizmat qiladi. Bundan tashqari 
tarkibidagi qimmatbaho minerallar-zumrad, sapfir, rubin, topaz va boshqalar zargarlikda 
ishlatiladi. mineral hosil qiluvchi jarayonlar juda murakkab bo`lib, yuqori haroratda 
(A.E.Fersman bo`yicha 700-1500) bir necha ming atmosfera bosim ostida va ancha chuqurlikda 
(A.Ginzburg bo`yicha 2-3 km) sodir bo`ladi.
Pegmatitlarning hosil bo`lishi masalasini butunlay hal qilingan deb bo`lmaydi. Ularning 
hosil bo`lishi to`g`risida ikkita qarama-qarshi fikrlar mavjud. Bulardan A.E.Fersman-
«pegmatitlar» yengil uchuvchan va faol elementlarga boy qoldiq pegmatit magmaning 
kristallanish mahsuloti deb qaragan. Ikkinchi, A.N.Zavaritskiy fizik-kimyoviy mulohazalarga 
asosan minerallarning yirik kristallari magmada to`plangan qoldiq va gaz ishqoriy faol 
elementlarning ta`sirida ona jinslarning qayta kristallanishi natijasida yuzaga kelishi 
mumkinligini bayon etdi. Pegmatitlar intruziv jinslar bilan chambarchas bog`langan bo`lib, ona 
jinslardan shakllarning tomirsimon, uyasimonligi hamda ularning ichki tuzilishi, jins hosil 
qiluvchi minerallarning benihoya kattaligi bilan ajraladi. Tabiatda tarqalgan pegmatitlar nordon 
magmatik jinslar bilan bog`liq bo`lib, granit-pegmatitlari deb nom olgan.
Granitli pegmatitlar nordon tarkibli intruziv jinslar oralarida cho`kindi va intruziv jinslar 
tutashgan joylarida, ba`zan intruziv oralarida tomirsimon ko`rinishda bo`ladi. Pegmatitning 
aksariyat qismi dala shpatlari va slyudalardan tashkil topgan. 
Pegmatitlarga xos xususiyatlardan biri tarkibidagi minerallarning yirik kristallanishidir. 
Masalan, pegmatitlarda balandligi 2 m dan ortiq kvars, 5-5,5 m lik berill, 14 m spodumen, 
muskovit va biotitlar, ba`zan 7-10 m
2
kenglikda uchraydi. Ayrim minerallarning og`irligi juda 
katta –kvars-750 kg dan 10 tonnagacha, topaz 60 kg gacha, dala shpatlariniki esa 5-10 
tonnagacha boradi.
Pegmatit qotishmalarida N
2
O, SO
2
, SO, NSI, NG`, N
2
, O
2
, V, SI, S lar ko`p miqdorda 
uchraydi. Faol elementlar, uchuvchi gazlar va qaynoq parlar magmaning kristallanish haroratini 


va yopishqoqligini kamaytiradi. Agar magma tarkibida 1% suv bo`lsa minerallarning 
kristallanish harorati 30-50o pasayadi, bordiyu N
2
O miqdori 10-12% bo`lsa 300-400o tushadi. 
Yuqorida bayon etilgan suv miqdorining ortishi pegmatitlarni tashkil etuvchi minerallarning 
kristallanish haroratini kamaytiradi hamda magmani suyuqlantiradi, bu esa pegmatitsimon 
magmaning mayda darzlik va yoriqlar orqali qatlamlarini kesib jadal sur`atlar bilan yuqori 
tomon intilishga ko`maklashadi. Pegmatitlarning shakli oddiy va murakkab ko`rinishda bo`ladi. 
Murakkab tuzilgan tomirlar mayda bo`lib, tomirlar guruhini, tizimini hosil qiladi. Bulardan 
tashqari yotqiziq, linza, karnaysimon, ustunsimon ko`rinishda ham bo`ladi. Pegmatit 
shakllarning o`lchamlari turlicha bo`lib, uzunligi bir necha santimetrdan to bir necha metrgacha 
boradi. Masalan, G`arbiy O`zbekiston granitlarda tomirsimon pegmatitlar uzunligi 200-300 
metrgacha. Ayrim yiriklari, Sibir o`lkasidagi Mamsk-Chuysk rayonlaridagi pegmatitlarning 
uzunligi 300-350 km, eni 35-60 km. pegmatit shakllarining muhim xususiyatlaridan biri ularning
cho`ziqligi va eni bo`yicha asta-sekin torayib borib to`xtashidir.
Pegmatitlarni o`rganish borasida A.E.Fersman katta ilmiy ishlar qildi. U o`z davrigacha 
bo`lgan pegmatitlar geologiyasi, mineralogiyasi va geokimyosi sohasida materiallarni to`plab, 
ularning hosil bo`lish jarayonlarini nazariy jihatdan asosladi.
A.E.Fersman fikricha pegmatitlar fizik-kimyoviy sharoitning yopiq holatida yuzaga 
keladi, va o`z navbatida magmatik, epimagmatik (magmadan keyingi), pnevmatolit va 
gidrotermal pog`onalarga va ular 10 ta geofaza bo`limlariga (A,V,S,D,E,G`,G,N,J,K) ajratdi. 
Ushbu ajralish haroratning sekin-asta pasayishi natijasida yuzaga keldi. Geologik muhitlarning 
bayoni quyidagicha ifodalandi:
A geofazasi magmatik bo`lib, 900-800
0
С haroratda magmaning sovib kristallanishiga 
to`g`ri keladi.
V geofazasi epimagmatik deyilib, 800-700
0
С mayda donali aplitlar hosil qiladi.
 
S geofazasi pegmatitli bo`lib, 700-600
0
С kvars va dala shpatlari bir vaqtning o`zida 
kristallanadi va bir-birlari bilan qonuniy o`sishgan o`simtalar hosil qilib pegmatit strukturasini 
yaratadi. 
D va Ye geofazalari 600-500
0
С yengil uchuvchan birikmali yirik kristalli minerallar, 
kvars, dala shpatlari, biotit, muskovit, turmalin, topaz, berill minerallari yuzaga keladi.
G` va G geofazalarida 500-400
0
С haroratda eritmalarning ta`siri ostida o`rin almashish 
sharoiti yuzaga keladi va pertitlar paydo bo`ladi. (Kaliyli dala shpatlarida nordon plagioklaz 
o`simtasi hosil bo`ladi). Ushbu sharoitda litiyli minerallari-spodumen, lepidolit, ambliganit, 
rubellit (gunafsha turmalin) hosil bo`ladi. 
N, J, R-gidrotermal geofazalari-magmalardagi eritma holidagi suv parlari haroratning 
pasayishi natijasida suyuqlik gidrotermaliga aylanadi va ular o`z navbatida: N-yuqori haroratli 
400
0
С-300
0
С, J-o`rta haroratli-300-200
0
С va K-past haroratli 200-50
0
С ga bo`linib, ushbu 
sharoitlarga mos keladigan mineral guruhlari hosil bo`ladi.
Tabiatda pegmatitlar ba`zan magmatik jinslarning yon atrofini o`rab turgan cho`kindi 
jinslarga kirib borgan vaqtlarida, ularning mineral tarkibi ona (granitoid) jinslar ichida yotgan 
pegmatitlar tarkibidan ancha farq qiladi. Minerallar paragenezisi (yaqin sharoitda hosil bo`lgan) 
bunday holda yon jinslar bilan eritmalarning o`zaro natijasida yuz beradigan reaksiyalarning faol 
bo`lishidan dalolat beradi. Minerallarning shunday guruhlarining tarkibida faqatgina magmaga 
xos elementlargina emas, balki yon jinslarda ko`proq tarqalgan kalsiy va magniy oksidlari ham 
ishtirok etadi. Yon jinslarning o`zi ham pegmatitlar bilan tutashgan joylarida o`zgarib ketadi. 
Pegmatitlarning bunday turi A.E.Fersman bo`yicha «chalkash chiziqli» qatoriga kiradi va 
yuqorida ko`rib o`tilgan «toza chiziqli» pegmatitlardan ancha farq qiladi.

Download 232.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling