8 – ma’ruzа Mineral hosil qiluvchi geologic jarayonlar. Endogen jarayonlar. Mineral hosil qiluvchi magmatic va pegmatit jarayonlar. Reja


Download 232.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi232.26 Kb.
#1750214
  1   2   3   4


8 – ma’ruzа 
Mineral hosil qiluvchi geologic jarayonlar. Endogen jarayonlar. Mineral hosil qiluvchi 
magmatic va pegmatit jarayonlar. 
Reja: 
 
1. Yerning mineralogik modeli. 
2. Magmatik jarayonlar. 
3. Pegmatitlar tushunchasi. 
4. Pegmatitlarga xos xususiyatlar va ularda hosil bo’ladigan minerallar. 
Kalit so’zlar: yerning mineralogik modeli, magmatic jarayonlar, mantiya, Moxorovichich 
chegarasi, shpinelli peridotitlar qatlami yer po`sti, kontinental qobiq, granatli peridotitlar, 
geofizik, petrologik, eksperimental tekshirishlar, kontinental qobiq, magmatizm, metamorfizm, 
granitoid, pegmatit, tarqoq elementlar, granitli pegmatitlar, pegmatite qotishmalar, 
pegmatitlarning shakli, geofaza. 
Yerning mineralogik modeli 
Yer po`sti tog` jinslaridan tuzilgan. Yer po`stining mineralogik tarkibi har xil. Geofizik 
ma`lumotlar asosida yer qobig`i uch pog`onaga ajratilgan. Yer po`stining yuqori qavati
cho`kindi va metamorfik jinslardan iborat bo`lib, ular xilma-xil minerallardan tashkil topgan. 
Ma`lumki yer po`sti bir necha turlarga (geostrukturalarga) bo`linadi, bulardan keng tarqalganlari 
va puxta o`rganilganlari qit`a yer po`sti hisoblanadi. Okean yer po`sti haqidagi dalillar ham 
kengaymoqda. Qit`alar yer po`stining yuqori qismi-kvars, karbonat (kalcit va dolomit), qavatli 
silikatlar-gil minerallari, xlorit, slyudalardan tashkil topgan. Keyingi ikkinchisi granit-gneyslar 
T.Bart bo`yicha nordon magmatik jinslar tarkibiga mos bo`lib, quyidagi minerallardan tashkil 
topgan (% hisobida); kaliyli dala shpatlari-31, plagioklaz-29,2, kvars-12,4, piroksen-12, ma`dan 
minerallari-4,1, biotit-3,8, olivin-2,6, rogovaya obmanka-1,7, muskovit-1,4, apatit-0,6, xlorit va 
serpentin-0,6, nefelin-0,3, sfen-0,3 va boshqalar. Ushbu qavatda tabiatda uchraydigan 
minerallarning aksariyat qismi yuzaga keladi. Uchinchi-granulit-bazalt qismi tomon, temir va 
magniyli minerallar turlari, ayniqsa, piroksen va amfibollar miqdorining ortib borishi aniqlangan. 
A.E.Ringvud ma`lumotlariga ko`ra granulit-bazalt mineral tarkibi (% hisobida): rogovaya 
obmanka-39, piroksen-20,5, plagioklaz-24, granat-9,5 va boshqa minerallar. 
Yer qobig`ining pastki qismi bo`lgan yuqori mantiya asosan o`taasos jinslar tarkibiga 
mos bo`lib, quyidagi minerallardan iborat (% hisobida): olivin-57, piroksen-29, granat-14. 
Yer qobiqlari bo`ylab fizik-kimyoviy sharoitlari xilma-xil, shuning uchun ham qatlam 
bo`ylab minerallarning turlari va miqdori sezilarli darajada o`zgaruvchan. Yer qobig`ini tashkil 
qiluvchi minerallar konstitutsiyasida (tarkibiga, tuzilishiga) ko`ra 4 guruhga: gomoatomli, 
sulfidli, kislorodli va silikatli birikmalarga bo`linadi. Shulardan kislorodli barcha mavjud 
birikmalar minerallarning 75,1% ni tashkil etadi, undan keyin sulьfid va ularga o`xshashlar 
(arsenidlar, telluridlar, vismutitlar, antimonitlar va b.lar) kiradi. 

Download 232.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling