Magmatizm jarayonlari


Download 49.18 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi49.18 Kb.
#1591084
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Vulkanizm


Magmatizm jarayonlari
Magmatizm jarayonlari- Yer yuzasi relyefmi hosil qilishda tektonik harakatlardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Magmaning suyulishi, uning evolyutsiyasi, harakati, boshqa qattiq jinslar bilan o‘zaro ta’siri va qotishini o‘z ichiga olgan jarayonlar majmuiga magmatizm deyiladi. Magmatizm - Yeming chuqur qismidagi faol harakatlaming eng muhim ko‘rinishlaridan biri. Tektonik harakatlar xarakterining o‘zgarishi bilan magmatizm turi ham o'zgaradi, geologik tarixga va Yer po‘stining u yoki bu strukturasiga bog‘liqligiga qarab geosinklinal, platforma, okeanik va tektonik magmatik faol ko‘rinishlarga bo‘linadi. “Yangi global tektonika” konsepsiyasiga muvofiq magmatizm, asosan, litosfera plitalarining o‘zaro harakati zonasida, ularning ikki tomonga surilish (riftlar) joyida va issiqlik oqimining yuqoriga ko‘tarilish zonasida intensiv rivojlanadi. Hozirgi geologik davrda magmatizm Tinch okeanning vulkanik halqasida, okean o‘rtaliq tizmalarida, Afrika va 0 ‘rta dengiz atrofi rift zonalarida rivojlangan. Magmatizim jarayonini vujudga keltimvchi omil bu - magmadir. Magma (yunoncha magma - quyuq bo‘tqa) - tarkibi, asosan, silikatdan iborat otash-olovli suyuq massa, Yer po‘sti yoki yuqori mantiyada vujudga keladi va soviganda magmatik tog‘ jinslarini hosil qiladi. Ikki xil magma ajratilgan: asosiy (bazaltli) va nordon (granitli). Agar magmaning tarkibida kremniy oksidi (Si02) 55% gacha boisa, asosiy yoki bazaltli magma deb ataladi. U suyuq bo‘lib, Yer yoriqlari va darzlarga osongina joylashadi, lavasi uzoq masofalarga oqib ketadi. Bunda vulkanik platolar, yassitogMiklar hosil boiadi. Agar magmaning tarkibida kremniy oksidining miqdori 78% gacha bo‘lsa, nordon yoki granitli magma deb ataladi. Bunday magmalar quyuq bo‘ladi. Ayniqsa, gaz bugTarini yo‘qotgandan so'ng tezda qotadi. Lava ham tezda qotib vulkanik tog‘lami bunyod etadi.
Intruziv magmatizm
“Geologiya” fanidan ma’Iumki, magmatizm jarayoni ikki guruhga bo‘linadi: intruziv va effuziv. Yer yuzasi tomon harakatlanayotgan magma Yer po‘stining ma’lum chuqurliklarida sovub qotib qolishi intruziv magmatizmdir. Intruziv magmatizm hosil qilgan relyef shakllari magmaning qotishi paytidagi intruziv jinslar egallagan maydonga va shakliga bog‘liq. Sababi: denudatsiya natijasida ochilib qolgan intruziv jinslar yemirilishiga bardoshli bo‘lganligi uchun ham Yer yuzasida xilma-xil relyef shakllarini barpo qiladi. Bular batolitlar va lakkolitlar deb ataladi. Batolit (yunoncha bathos - chuqurlik, lithos - tosh) chuqurlikda yotuvchi magmatik tog‘ jinslarining joylanish shakli. Batolit, asosan, granitoidlaming yirik massivlari (qariyb 200 km2)dan iborat. Yer po‘sti burmali oblastlarining cho‘kindi qatlamlari orasida yotadi. Nurash natijasida batolitning ayrim qismi ba’zan Yer yuziga chiqib qoladi. Batolitlar burmali tektonik harakatlar natijasida hosil bo‘lgan antiklinoriylaming yuqori qismlarida kelib chiqib, yirik musbat relyef shakllarini hosil qiladi. Ularning Yer yuzasidagi kattaligi va shakliga qarab nom beriladi. Masalan, Zarafshon tizmasidagi Chaqilkalon battoliti. Katta Kavkaz tog‘ tizmasining shimolidagi (mineral suvlar 105 yonida) lakkolitlar quyidagicha nom olgan: Beshtog‘, Temirtog', Ilontog‘, Qrimdagi Ayirtog1 shular jumlasidan. Batolitlar tarqalgan rayonnlarda volfram, molibden, oltin, temir konlari uchraydi.
Effuziv magmatizm
Effuziv magmatizm - magmaning Yer qa’ridan Yer yuzasiga otilib yoki oqib chiqishi bilan bogiiq boigan hodisalar majmui. Vulkan otilishi natijasida harakatga kelgan magma Yer po‘stida qotgach, intruziv jinslami va Yer yuzasiga otilib chiqib, vulkan jinslarini hosil qiladi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, effuziv magmatizm - vulkanizm deb ham ataladi. “Effuziv” atamasi lotincha puflayman degan ma’noni bildiradi. Vulkan lotincha vulcanus so'zidan olingan bo‘lib, qadimda Rim mifologiyasida olov, yong‘in, o'choq xudosi, olov bilan bogiiq boigan kasb-hunarlar homiysi. Vulkanizm jarayonlari Yer po'stining chuqur qismlarida bolganda magma o‘choqlari va kanallari hosil boladi, ularning atrofidag tog‘ 108 , jinslari yuqori harorat va magmaning ta’sir etishidan o'zgaradi. Yer yuzasida vulkan konuslari, vulkan gumbazlari, kalderalar, lava oqimlari, pemzali qoplamlar, geyzerlar, issiq buloqlar hosil bo’ladi.
Vulqonning paydo bo’lish sabablari
Olovli tog'lar litosfera plitalari bir-biri bilan to'qnashadigan joylardan yuqorida, er qobig'ining eng zaif joylarida paydo bo'ladi, ular orqali sayyoramiz issiq magma, yonuvchi gazlar va bu tog'lar keyinchalbo'lgan eng xilma-xil vulqon moddalarini chiqaradi.
"Vulkan" so'ziga kelsak, uning o'zi lotincha kelib chiqishi - u shunday Qadimgi Rim mahalliy aholi olov xudosini chaqirishdi. Qizig'i shundaki, tog' birinchi bo'lib bunday nom oldi (mahalliy aholining so'zlariga ko'ra, Vulkan qo'rg'oni o'sha erda joylashgan).
Vulkanlar turlari

Download 49.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling