8 – mavzu: investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining o‘rni reja


-rasm. Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini (maftunkorligini) baholashning BERI indeksi


Download 127.15 Kb.
bet8/10
Sana28.10.2021
Hajmi127.15 Kb.
#169156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-мавзу

8.1-rasm. Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini (maftunkorligini) baholashning BERI indeksi
– davlat organlari va jamoat tashkilotlarining munosabatlari (0,04);

– qisqa muddatli kreditlarni olish shartlari (0,08);

– uzoq muddatli kreditlar, xususiy kapitalni olish, foydalanish shartlari (0,08).

Umuman olganda, «BERI» xizmati bu borada katta obro‘ qozongan tashkilotdir. Mazkur tashkilot kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini tahlil qilib, investitsiyalarning risklilik darajasini aniqlab beradi. «BERI» xizmati matbuotlar orqali turlicha indekslar bilan investorlarning xorijiy mamlakatlarga investitsiya qo‘yishining xavf-xatarlilik, risk darajasini aniqlab beradi.

Hozirda bu xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot 55 dan ortiq kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini 15 ta ko‘rsatkichni qamrab oluvchi mezon (ball) bilan baholamoqda. Bunda mamlakat investitsiya muhiti qanchalik yuqori ballga ega bo‘lsa, u shunchalik barqaror mamlakat hisoblanadi. Bu ball indekslarini hisoblashda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta’siri ham hisobga olinadi. Bu tashkilot faqatgina hozirgi joriy davrnigina emas, balki istiqbolda kutilayotgan o‘zgarishlarni ham baholaydi. Bir vaqtning o‘zida, investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot bo‘yicha investitsiyalar taqsimotining to‘g‘ri yo‘nalishlarini aniqlab olishga imkon beradi. Shu maqsadda foydalaniladigan ICOR (incremental capital-output ratio) koeffitsienti asosiy kapitalga qo‘yilgan mablag‘larning kelgusi yilda YAIMning o‘sishiga ta’sirini aniqlashga imkon beradi va YAIMda investitsiyalar salmog‘ining keyingi yildagi YAIMning qo‘shimcha o‘sish sur’atiga nisbatini ifodalaydi.

ICOR koeffitsiyenti investitsiya resurslarining samarali ishlatilishini belgilab beruvchi ko‘rsatkich hisoblanib, u qanchalik kichik bo‘lsa, shunchalik ahamiyatli hisoblanadi va aksincha7. Investitsiyalar iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga kelgusida investitsiyalash manbalarini yaratish uchun ham xizmat qiladi. Shu sababli yalpi investitsiyalarning YAIMga nisbatan ulushi YAIMning o‘sish sur’atidan 4-8 marotaba ko‘p bo‘lishi lozim. Umuman yalpi investitsiyalarning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan miqdorini va uning o‘tgan yilga nisbatan o‘sish darajasini aniqlash investitsiyalar samaradorligini real baholashning muhim sharti hisoblanadi. Shuningdek, muayyan bir tarmoq bo‘yicha yalpi investitsiyalarning samaradorligini aniqlashda joriy davrda tarmoqda band bo‘lgan kishilar boshiga nisbatan to‘g‘ri kelgan o‘rtacha investitsiyalar miqdorini hisoblash muhimdir.




Download 127.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling