8 – mavzu: investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining o‘rni reja


Download 127.15 Kb.
bet9/10
Sana28.10.2021
Hajmi127.15 Kb.
#169156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-мавзу

ICOR = I: ∆YAIM

bu yerda:



I – o‘tgan yilda YAIMda investitsiyalarning ulushi;

YAIM – yalpi ichki mahsulotning o‘tgan yilga nisbatan qo‘shimcha o‘sish sur’ati.

O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR ko‘rsatkichi darajasini quyidagi jadval orqali ko‘rish mumkin.

8.3-jadval

O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR ko‘rsatkichlari8



Yillar

Yalpi investitsiyaning yalpi ichki mahsulotga nisbati, foiz hisobida

YAIMning qo‘shimcha o‘sish sur’ati, foiz hisobida

ICOR (YAIM qo‘shimcha o‘sishining kapital sig‘imkorligi)

2012

25

8,5

2,7

2013

23,9

8,3

3,01

2014

22,9

8,2

2,9

2015

23

8

2,8

2016

23,3

8,1

2,8

2017

23,4

8,0

2,9

Tahlil etilayotgan davrda YAIMning kapital sig‘imkorligini aks ettiruvchi IKOR samaradorligi ko‘rsatkichi Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 2,4 ga teng9. 2017 yilga kelib bu ko‘rsatkich 2,9 ni tashkil etdi. ICOR koeffitsiyentini hisoblash uslubiyotiga asoslanib, daromad o‘sishining kapitalga nisbati ko‘rsatkichi o‘tgan yilgi yalpi investitsiyalarning (YAIMga nisbatan foizda) joriy yildagi YAIMning o‘sish sur’atiga nisbati sifatida aniqlanadi. Lo‘nda qilib aytganda, o‘tgan yilgi investitsiyalar hajmi joriy yildagi YAIMning o‘sishida o‘z natijasini beradi. Jahon amaliyotida iqtisodiy o‘sishning ijobiy sur’atini ta’minlash uchun bu ko‘rsatkichning nisbati 3/1 hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik kichik bo‘lsa, shunchalik ahamiyatli (ijobiy) hisoblanadi. Investitsiya mablag‘lari samaradorligini aniqlab beruvchi ko‘rsatkichlar va ularning tizimlari talaygina. Ular ichida hisoblanishi nuqtai nazaridan qulay bo‘lgan ICOR ko‘rsatkichidan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga, umuman, real sektorga yo‘naltirilgan investitsiyalar samaradorligini aniqlashda foydalanamiz.

Mamlakatning investitsiya muhitini baholash borasida turli nazariy va amaliy yondashuvlar mavjud. Ushbu yondashuvlar bir-biridan investitsiya muhitini tashkil etuvchi omillarni to‘liq yoki qisman qamrab olishi bilan farq qiladi. Aytish joizki, «Standart & Poor’s», «Moody’s» va «Fitch ibca» jahondagi eng yirik reyting agentliklardan hisoblanib, ular emitentning qarz majburiyatlarini ko‘rsatilgan muddatda va to‘laqonli bajara olish imkoniyatlari va emitentlarning kredit bera olish qobiliyatiga baho beradilar.

Agentliklar tomonidan ishlab chiqilgan va tuzilgan reytinglar mamlakat investitsiya muhitini ma’lum darajada baholash imkonini beradi. Masalan, «Standart & Poor’s» uslubiyotiga ko‘ra, uzoq muddatli reyting eng yuqori «AAA» ko‘rsatkichidan eng quyi «D» ko‘rsatkich oralig‘ida o‘zgarib boradi. «AA» dan «KKK» ko‘rsatkichigacha bo‘lgan oraliq reytingi «musbat» (+) yoki «manfiy» (-) belgilar bilan to‘ldirib borilishi mumkin va ular asosiy ko‘rsatkichlarga tegishli bo‘lgan oraliq ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Qarz majburiyatlarini bajarish sifati reytingning quyidagi ko‘rsatkichlari orqali baholanadi:

– AAA – qarz majburiyatlarini ko‘rsatilgan muddatda va to‘liq bajarishning eng yuqori qobiliyatini aks ettiradi;

– AA – qarz majburiyatlarini ko‘rsatilgan muddatda va to‘liq bajarishning yuqori qobiliyatini anglatadi;

– A – qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarishning nisbatan yuqori qobiliyati, ammo tijorat, moliya va iqtisodiy sharoitlardagi salbiy o‘zgarishlar ta’sirini ifodalaydi;

– BBB – qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarishning etarli darajadagi qobiliyati bo‘lib, moliya va iqtisodiy sharoitlardagi salbiy o‘zgarishlar ta’sirining yuqori darajada sezilishini ifodalaydi;

– B – moliya va iqtisodiy sharoitlardagi salbiy o‘zgarishlar ta’sirining keskin sezilishi hamda qarz majburiyatlarini ko‘rsatilgan muddatda va to‘liq bajarish imkonining mavjudigini bildiradi;

– CCC – emitentning qarz majburiyatlarini bajarmaslik ehtimolining mavjudligi bo‘lib, qarz majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishi qulay tijorat, moliyaviy va iqtisodiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi;

– CC – hozirgi davrda emitentning qarz majburiyatlarini bajarmaslik ehtimolining yuqori ekanligini ifodalaydi;

– C – emitentga nisbatan bankrotlik yoki protsedurasi qo‘zg‘atilgan holda to‘lovlar yoki qarz majburiyatlarining bajarilishi davom etayotganligini bildiradi;

– CD – boshqa qarz majburiyatlarini ko‘rsatilgan muddatda va to‘liq to‘lanayotgan sharoitda ushbu qarz majburiyati bo‘yicha tanlanma defolt mavjudligini aks ettiradi;

– D – qarz majburiyatlari bo‘yicha defoltni ifodalaydi.

– «AAA», «AA», «A» va «BBB» kategoriyalari reytingi investitsion klass reytinglari hisoblanib, «BB», «B», «CCC», «CC» va «C» kategoriyalari reytingi spekulyativ klassga ma’lum darajada kiradi. Kredit reytinglarini ishlab chiqishning asosiy tashkiliy qismi ularning o‘zgarishini prognozlash hisoblanadi.

Prognozning quyidagi tavsiflari keng qo‘llaniladi: «ijobiy» (reytingning ko‘tarilishi ehtimoli), «salbiy» (reytingning pasayishi ehtimoli) va «barqaror» (reytingning o‘zgarishi kuzatilmaydi). Reyting agentliklari tomonidan reyting o‘zgarishi tendensiyalarini aniqlash murakkab bo‘lgan holatda «rivojlanayotgan» prognoz tavsifidan foydalaniladi va u reytingning ko‘tarilishi yoki pasayishi ehtimoli borligini anglatadi.


3. O‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borish vazifalari



Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Investitsiya salohiyati deganda iqtisodiy faoliyatda ishlatiladigan (foydalaniladigan) ishlab chiqarish zaxiralari, quvvatlari, kuchlari, imkoniyatlari kabilardan iborat resurslar yig‘indisi tushuniladi. Investitsiya salohiyati foyda olish yoki ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarga mablag‘ kiritish (qo‘yish) imkoniyatlari darajasini harakterlaydi. Investitsiya salohiyati – mamlakatda asrlar davomida shakllangan bir qancha omillar yig‘indisini tavsiflaydi. Bu omillar ishlab chiqarish omillari, tabiiy resurs omillari, mehnat omillari, innovatsiya va iste’mol omillari hamda mamlakatning moliyaviy salohiyati kabilarni qamrab oladi (8.2-rasm).




Download 127.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling