8- mavzu: Menejmentning ijtimoiy omillari Reja
Birinchi darajada ta’lim muassasasining faoliyati ta’lim sifati va mutaxassislar tayyorlashning me’yoriy qiymati va ko‘rsatkichlariga erishishga qaratilgan bo‘ladi
Download 64.35 Kb.
|
8-maavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi daraja jamoaning yuqoriroq ta’lim sifati ko‘rsatkichlariga erishishini ko‘zda tutadi.
Birinchi darajada ta’lim muassasasining faoliyati ta’lim sifati va mutaxassislar tayyorlashning me’yoriy qiymati va ko‘rsatkichlariga erishishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, «O‘MKO‘Tni ta’sis etish haqidagi namunaviy Nizom»ga muvofiq ta’lim oluvchilarga chuqur umumta’lim tayyorgarligi bilan birga tegishli malaka darajasidagi konkret kasbni egallash kafolatlanadi. Kasb-hunar kollejining ushbu bosqichida boshqaruv ishi mavjud tizimni barqaror holatda saqlashga, ya’ni faoliyat yuritish tartibida ishlashiga qaratiladi.
Ikkinchi daraja jamoaning yuqoriroq ta’lim sifati ko‘rsatkichlariga erishishini ko‘zda tutadi. Kasb-hunar kollejiga oid misolni davom ettirgan holda shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, bu «...ta’lim muassasasi negizida O‘MKO‘T sohasida shaxs va ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiradigan, yuqori darajadagi ta’lim va kasbiy tayyorgarlikni ta’minlaydigan malakali kadrlar tayyorlashning tegishli ixtisosligiga doir ilg‘or metodlar ishlab chiqilishi va joriy qilinishi mumkin», degan tegishli qoidaga binoan ko‘zda tutilgan (Kasb-hunar kolleji haqidagi Nizom). Bunda boshqaruv faoliyati tizimni yuqoriroq darajaga o‘tkazishni ko‘zda tutadi, ya’ni rivojlanish rejimi amalga oshiriladi. Boshqaruvning bunday darajasiga o‘tilishi ta’lim muassasasi tomonidan avvalgi darajadagi barqarorlashuvga erishilgandagina, ya’ni boshqaruv ob’ekti parametrlari doimiy normativ darajada turgandagina o‘zini oqlaydi. Shunday qilib, ta’lim muassasasida sifatni boshqarish rejasi to‘g‘ri tanlanganligiga ushbu jarayonni samarali loyihalashtirishning muhim omillari sifatida qarash mumkin. Pedagogik loyihalashtirish algoritmida konkrekt ob’ekt, uni tarkibiy qismlari bo‘yicha tahlil qilish, maqsad ta’rifi alohida ajratib ko‘rsatiladi. Ular ta’lim muassasasida sifatni boshqarish tizimini loyihalashtirish uchun ham muhimdir. Ammo bunday loyihalashtirish mantiqi, mazmuni va bosqichlari ta’lim muassasasining turi taqozo etadigan xususiyatlarga ega (V. S. Bezrukova). Sifatni boshqarish nazariyasiga muvofiq rahbarlar, eng avvalo, ta’lim muassasasida sifatni boshqarish tizimining tarkibiy qismlarini biron-bir parametrik makonda tavsiflab, so‘ngra ularni o‘lchashning samarali usullarini topish, ya’ni zarur o‘lchovni aniqlash va shu o‘lchov bilan qiyoslash metodini aniqlashlari lozim bo‘ladi. Pirovard natijada barcha ko‘rsatgichlarni ta’lim sifatini tavsiflash imkonini beruvchi biron-bir integrativ ko‘rsatkichga birlashtirish jarayoni belgilanadi. Shundagina ta’lim muassasasi boshqaruv xodimlari ishning ahvoliga mos ravishda maqsadlarni aniqlash va boshqaruv faoliyati mazmunini loyihalashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Ta’lim sifatini boshqarish maqsadlariga erishish bosqichiga to‘xtalib o‘tamiz. Ma’lumki, faoliyat maqsadi strategiya asosida ta’riflanadi. Ta’lim sifatini boshqarish maqsadlarining belgilanishi shaxsga, jamiyat, konkret ishlab chiqarish va mintaqaning mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini prognoz qilishga asoslanadi. Buning uchun mehnat bozorida aynan qaysi mutaxassislar kerakligi; mutaxassislarning kasbiy sifatlariga qanday talablar qo‘yilishi; ushbu sifatlarni baholashda nimaga tayanilishi, ularni o‘lchash va baholash uchun qanday vositalar kerakligi to‘g‘risidagi tegishli axborotga ega bo‘lish zarur. Natijada ta’lim muassasasining ta’lim sifatini boshqarish maqsadi bo‘lgan zamonaviy mutaxassisning qandaydir ideal obrazi vujudga keladi (I. Kaoru). Boshqaruv xodimlari ta’lim muassasalarining barcha bo‘linmalarini, pirovard maqsadga erishishga, uni mantiqan asoslagan holda, yo‘naltirishlari kerak. Ta’lim muassasasining boshqarish maqsadlarini ta’riflashda ta’lim sifatining maqbul darajasini ta’minlash, ya’ni undan yuqori va past darajada bo‘lganda kadrlar tayyorlash masalasi ijtimoiy-shaxsiy va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaydigan holda, maqbul darajada bo‘lishiga erishish diqqat markazida bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, maqsadni qo‘yish DTSda ta’riflangan ta’lim sifatiga oid ijtimoiy normaga, malakaga doir tavsiflarga va boshqa me’yoriy-yo‘riqnoma hujjatlarga tayanadi. Bunda ijtimoiy-shaxsiy va kasbiy yo‘naltirilgan mutaxassisni tayyorlash borasida qo‘yilgan asosiy talablar aks ettirilgan. Ushbu normativ hujjatlarda yangi kasb ixtisosligiga doir quyidagi ko‘rsatkichlar mavjud: — ijtimoiy va kasbiy javobgarlik; — kasbiy safarbarlik; — kasbiy mustaqillik; — kreativlik; — kooperatsiyalashishga qodirlik (I. Kaoru). Masalan, O‘MKO‘T ta’lim muassasalari bitiruvchilarining malakasiga oid zamonaviy tavsiflarining farqli xususiyati — ularni asosiy malaka bilan to‘ldirishdir, ya’ni bunda «nimani bilishi va qila olishi kerak» degan an’anaviy talablardan tashqari, kichik mutaxassisning kasbiy sifatlariga oid aniq talablar ta’riflab berilgan. Ta’lim muassasasi rahbarlari ta’lim jarayoni qatnashchilarining o‘zaro aloqalari va o‘zaro munosabatlarini muntazam ravishda o‘rganib borsalar, ta’lim sifatini boshqarish maqsadlari va mazmunining loyihalashtirilishi birmuncha samaraliroq bo‘lur edi. Ta’lim muassasasi xodimlarining pedagogik ishlaridagi asosiy o‘zaro aloqalarini ularning malakali talablarini o‘rganish, aniqlash va tegishli matritsani tuzish mumkin. Kasb-hunar ta’limi tizimida, masalan, «maxsus fanlar o‘qituvchilari — umumta’lim fanlari o‘qituvchilari» kabi matritsa satrlaridan birining namunali bayonini keltiramiz. Zikr etilgan o‘zaro aloqadagi matritsani, masalan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi darajasida tahlil qiladigan bo‘lsak, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 1. O‘zaro munosabatlar sabablari. Ta’lim muassasasida ushbu toifa o‘qituvchilarni ularning oldida turgan umumiy maqsad — ya’ni, ijtimoiy-foydali mehnatning barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kichik mutaxassislarni tayyorlash maqsadi birlashtiradi. Shu bois o‘qituvchilar tarkibi o‘quvchilarda bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatning nazariy asoslarini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Bularning hammasi birgalikdagi pedagogik ishni loyihalashtirish samarali pedagogik texnologiyalarni, ta’lim vositalarini va tegishli axborot almashishni, ish tajribasini talab qiladi. Islohotlarni davlat va jamiyat tomonidan kafolatli qo‘llab-quvvatlash — Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda modelini amalga oshirishning bosh omili va sharti. Bu nimalarda namoyon bo‘ladi? Birinchidan. Uzluksizlik va uzviylik prinsipi asosida ta’lim tizimini progressiv rivojlantirishni ta’minlash uchun davlat boshqaruvi va hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlarining siyosiy irodasi hamda muayyan natijani ko‘zlovchi maqsadi mavjud bo‘lishi darkor. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’lim tizimining ustuvorligi, uning amal qilishi hamda barqaror rivojlanishining kafolatlari taalluqli qonunlarda qayd etilgan. Insonning dastlabki teng imkoniyatlar bilan hamda davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishi mumkinligi, ona tilida o‘qish kafolatlari, ma’lumotlilik va iste’dodni rag‘batlantirish, kam ta’minlangan bolalar hamda yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash asosida sifatli ta’lim olish borasidagi huquq va erkinliklarini amalga oshirish ta’minlanadi. Ikkinchidan. Islohotlar jarayonida ta’lim sifatini oshirish, o‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish va kasbiy tayyorlash uchun me’yoriy-huquqiy, tashkiliy-boshqaruv hamda mazmuniy shart-sharoitni shakllantirish va rivojlantirish ta’minlanadi. Bu narsa aholini turli ta’lim muassasalarida o‘qitish bilan imkon qadar kengroq qamrab olish yo‘li orqali uning umumta’lim darajasini oshirishga ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunlari ta’lim tizimining yagona o‘quv-ishlab chiqarish majmui sifatida davlat hamda nodavlat ta’lim muassasalari negizida rivojlanish uchun zarur bo‘lgan huquqiy bazani yaratib berdi. Uchinchidan. Kadrlar tayyorlash tuzilmasi va hajmi bilan mehnat bozorida ularga bo‘lgan talab tuzilmasi va hajmi o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda; davlat va jamiyat ehtiyojlarini shakllantirish mexanizmlari, shuningdek, nodavlat tuzilmalar, korxonalar hamda tashkilotlarning tayyorlanayotgan kadrlar soni va sifatiga buyurtmasi mexanizmlari joriy etilmoqda. Ta’lim xizmatlari bozori rivojlanmoqda hamda ta’lim sohasida raqobat muhiti yaratilmoqda. To‘rtinchidan. Uzluksiz ta’lim tizimining davlat tomonidan majburiy va yetarlicha moliyalashtirilishi ta’minlanmoqda. Chunonchi, ta’limga umumdavlat xarajatlari kapital sarfi hissasi 1995 yildagi 6,1 %dan 2002 yilda 34 %gacha oshdi. Ta’lim sohasiga moliyalashtirishning turli manbalari (moliyalashtirishning ko‘p variantli mexanizmlari — davlat va nodavlat mablag‘lari, shu jumladan, chet el investitsiyalari) faollik bilan jalb etilmoqda. Beshinchidan. Davlat va jamiyat kafolati hamda nazorati asosida, Davlat ta’lim standartlari negizida ta’limning barcha turlari hamda darajalarining uzluksizligi va uzviyligi, ta’lim sifati va samaradorligining oshirilishi ta’minlanmoqda. Ta’lim sifatini mustaqil, ob’ektiv nazorat qilishning mavjud tuzilmalari va mexanizmlari takomillashtirilmoqda, yangilari shakllantirilmoqda. Ta’lim sohasida jamoat tashkilotlarini, shu jumladan, ta’lim sifatini ijtimoiy boshqarish va nazorat qilishni ta’minlash uchun rejali shakllantirish amalga oshirilmoqda. Ta’limni va uning sifatini boshqarishning yangi organlari («markaz — mintaqa — muassasa», jamoat boshqaruvi darajasida) joriy etilmoqda. Uzluksiz ta’limning barcha turlari uchun ta’lim oluvchilarni tayyorlashning umumta’lim va professional darajasiga qo‘yiladigan zarur talablarni tartibga soluvchi Davlat ta’lim standartlari va davlat talablari, shuningdek, o‘quvchilarni o‘qitish hamda ularning bilimlari sifati ko‘rsatkichlari va ularni nazorat qilish uslublari joriy etilgan hamda muntazam yangilab boriladi. Oltinchidan. Hukumatning ta’lim muassasalarini o‘quv, o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash muammolarini hal etish, ta’limda zamonaviy axborot muhitini shakllantirish bo‘yicha tizimli va muayyan maqsadni ko‘zlovchi faoliyati amalga oshirilmoqda. Zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqarish sanoatini (mualliflar jamoasini shakllantirishdan tortib, o‘z matbaa bazasini shakllantirishgacha) yaratish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Yettinchidan. Davlat va jamiyat ta’limning barcha turlari uchun pedagoglar tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini va bu ishlarni tashkil qilishni tubdan yangilashni kafolatlaydi. Ta’lim tizimining axborot bazasini va uni axborotlashtirishni shakllantirishni ta’minlovchi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy modeli hamda uzluksiz ta’lim tizimi barcha elementlarining o‘zaro ta’sirini (shu jumladan, korxonalar va fandan qo‘shimcha resurslar olish, ularning salohiyatidan foydalanish va boshqalarni) ta’minlovchi shakl hamda uslublar, vosita va mexanizmlar joriy etilmoqda. KTMMga muvofiq ta’lim, fan va ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Uzluksiz ta’limni rivojlantirish va uning samaradorligini baholash monitoringi tizimi joriy etilgan. Sakkizinchidan. Jahon hamjamiyati bilan ta’lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasiga, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni nashr etish va respublika o‘quv muassasalarini ular bilan ta’minlash, ta’lim tizimining moddiy-texnika bazasini yaxshilash jarayoniga chet el investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha aloqalar kuchaymoqda. Mamlakat va chet el homiylarining yordami: moliya va moddiy-texnika ta’minoti, pedagoglarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, ta’lim tizimini axborot bilan ta’minlash sohasida texnik ko‘maklashish amalga oshirilmoqda. Uzluksiz ta’lim milliy tizimi chet el ta’lim tizimlari va xalqaro tashkilotlar bilan (mutaxassislarning xalqaro safarlari: tajriba o‘rganish, o‘qish, axborot va inson resurslari almashish asosida va b.) o‘zaro foydali munosabatda bo‘lib, bu hol mamlakat ta’lim tizimini rivojlantirish jarayonida ijobiy aks etadi. Shunday qilib, uzluksiz ta’lim tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun sharoit yaratishdagi davlat kafolatlarini, ta’lim xizmatlari bozorining va ta’limning lozim darajadagi sifatining davlat tomonidan tartibga solinishini, davlat tuzilmalari hamda jamoat tashkilotlarining o‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish uchun mas’uliyatini O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim islohotlarining o‘ziga xos farqli xususiyati deb hisoblamoq darkor. Ko‘plab xalqaro tashkilotlar, chet el mutaxassislari va ekspertlari ushbu xususiyat va farqni ta’kidlaydilar. Masalan, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining rektori, akademik V. A. Sadovnichiy shu munosabat bilan: «Biz O‘zbekistonda qilinayotgan barcha ishlar kelajak — o‘sib kelayotgan avlod foydasiga «ishlashi» lozimligining guvohi bo‘ldik. Erkin fikrlovchi, yuqori ma’lumotli va yuksak professional yosh avlodni shakllantirishga mamlakat rahbariyati, shaxsan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan katta e’tibor berilmoqda», — degandi. Yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarni tasdiqlovchi ayrim qonunchilik va tashkiliy-boshqaruv jihatlar hamda mexanizmlarni qayd etib o‘tamiz. Download 64.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling