To'g'risidagi dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sanoatda tarkibiy tub o'zgartirishlar jarayonini chuqurlashtirish imkonini berdi
Download 0.79 Mb.
|
karbamid donadorlash Vaisova
1.Kirish Hozirda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi bozor islohotlari ko'lamini chuqurlashtirish va kengaytirish, modernizatsiya jarayonlarini jadallashtirish va iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'lida ishbilarmonlik va investitsiya muhitini takomillashtirish bo'yicha qabul qilingan choralarning amalga oshirilishini ta'minlash hisoblanadi. Zero, mazkur vazifalar yil yakunlariga ko'ra iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari rivojlanishining barqaror dinamikasini saqlashga, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va 2021-yilda iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlariga erishishga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, tarkibiy tub o'zgartirishlarni amalga oshirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirishni amalga oshirishda 2020-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risidagi dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sanoatda tarkibiy tub o'zgartirishlar jarayonini chuqurlashtirish imkonini berdi. Sanoatni yanada rivojlantirish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga oid dasturiy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 7,2 foizga, jumladan, iste'mol tovarlari hajmini 7,5 foizga oshirish imkonini berdi. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida samaradorlikni oshirish va fermer xo'jaliklarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari qishloq xo'jalik yalpi mahsulotining 7,1 foizga o'sishini ta'minladi.Buning natijasida yalpi ichki mahsulot o'sishi 8,2 foizni tashkil qildi. Iqtisodiy o'sishning barqaror yuqori sur'atlarining saqlanishi mamlakatimiz makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlash imkonini berdi. Bu inflyatsiya darajasining pastligi, davlat byudjeti profitsiti va mamlakat tashqi savdo balansining ijobiy saldosida o'z ifodasini topmoqda. Bunday yutuqlarga erishishimizda mamlakatimiz raxbari Islom Karimovning olib borgan oqilona siyosatlari va albatta mexnatkash xalqimizning tirishqoqligi asosiy omildir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2018-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturda eng muhim ustuvor yo'nalishlari va bajarilishi kerek bo’lgan eng muhim vazifalar aniq belgilandi.Dasturda Prezidentimiz tomonidan 2018- yilda izchil yuqori o'sish sur'atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va iqtisodiyotimiz raqobatdoshligini oshirish eng muhim ustuvor yo'nalishimizga aylanishi darkorligi ta’kidlanib,joriy yilda mamlakatimiz iqtisodiyotini 8 foizga, sanoatni 8,4 foizga, qishloq xo'jaligini 6foizga,asosiy kapitalga kiritilgan investsiyalar hajmini 11 foizga, xizmat ko'rsatish sohasini qariyb 16 foizga oshirish va yalpi ichki mahsulotda uning ulushi 53 foizgacha o'sishini ta'minlash vazifasi qo'yildi.Yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirishni ta'minlaydigan kimyo, neft-gaz va neft-kimyo sanoatini, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil, oziq-ovqat sanoatining yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarini va boshqa sohalarniyuksak darajada rivojlantirish oldimizga qo'yilgan maqsadlarga erishishning asosiy manbai bo'lishi ham aytib o’tildi . Kimyo sanoati xalq xo‘jaligini juda katta miqdordagi turli maxsulotlar bilan taminlaydi. Kimyo va kimyo sanoati davlatga ammiak – NH3, azot – N2, oltingugurt – S, fosfor kislotasi – H3PO4 etishtirib beradi, ulardan esa mineral o‘g‘itlar tayyorlanadi. Kimyo texnikasining amaldagi tadbiqi mexnat unumdorligini oshirishga, tayyor maxsulot sifatini yaaxshilash va tannarxini pasaytirishga qaratilgan. Kimyo mexnikasining rivojlanganishida o‘zaro bog‘lik bo‘lgan asosiy yo‘nalishlari 1. Kimyoviy texnologik sistemalar quvatini oshirish. 2. Apparatlarning ish intensivligini taminlash. 3. Jarayonlarni mexanizatsiyalash. 4. Kompleks avtomatlashtirish. 5. Davriy jarayonlarni uzliksiz bilan almashtirish. 6. Energiya sarfini kamaytirish. 7. Ishlab chiqarish jarayooni bosqichlarini kamaytirish. 8. Chiqindisiz ishlab chiqarishni vujudga keltirish. Kimyo sanoatining muxim va eng asosiy vazifasi xalqning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. Bu esa bevosita qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishidan iborat. Respublikamiz xududida joylashgan kimyoviy korxonalar qishloq xo‘jaligini kerakli o‘g‘itlar bilan deyarli ta’minlaydi. Tuproqqa solinadigan mineral o‘g‘itlar imkon qadar samarali, tarkibida iste`mol moddalarni tutgan, shu bilan birga mikroelementlar tutgan, yaxshi strukturaga esa (bu uning saqlanishni va qo‘lanilishini yengillashtiriladi) bo‘lishi lozim. Ular tuproq tarkibini yaxshilashi lozim, o‘simliklar o‘zlashtira olishi kerak. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to‘qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog‘i hamda boshqa yo‘nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu mablag‘lar, avvalo, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni amalga oshirayotgan korxonalarning o‘z mablag‘larini ko‘paytirishi, soliq yukini yanada kamaytirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va aholining tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlarini oshirish hisobidan xosil bo‘ladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling