To'g'risidagi dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sanoatda tarkibiy tub o'zgartirishlar jarayonini chuqurlashtirish imkonini berdi


Download 0.79 Mb.
bet7/25
Sana28.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1729099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
karbamid donadorlash Vaisova

«TOYO KOATSU» (Yaponiya) karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi farqlar bilan boshqa ishlab chiqarish texnologiyalardan ajralib turadi. Bosim 23,0 ÷ 25,0 mPa, xarorat 180 ÷ 1900C va molь nisbati NH3 : CO2 : N2O = 3,7 - 4,0 : 1: 0,4 xamda uch bosqichli drossellash 1,8 ÷ 0,3 mPa va atmosfera bosimiga mos xolda xarorat 1550S, 1300C, va 1500C.
Karbamid eritmasini qayta ishlash vakuum – kristallizatsiya qilish orqali, kristallarni eritish va suyuqlanmani donadorlash orqali amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan texnologiyalar mukammalashtirilgan va yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan agregatlarni yaratishga asos bo‘ldi
«MONTEKATINI» (Fransiya) texnologiyasi Fauzer [Fransiya pat. 1328081, 1933 y.] izlanishlari asosida ishlab chiqarishga qo‘yilgan. Bu usulning «STAMIKARBON» usulidan farqi shundan iboratki, ammiak va uglerod (IV) - oksidi birgalikda kondensatorlarda kondensatlanadi (bu erda suv, ammiak, ugleammoniy tuzlari xosil qilinadi).
Birinchi bosqich distillyasiyada yuqori bosimni ushlash (2 ÷ 4,5 mPa), kondensator - absorber (14) da ajralayotgan issiqlikni, ikkinchi bosqich distillyasiyada ammoniy karbamatni parchalash uchun ishlatishga imkoniyat beradi. «MONTEKATINI» (Fransiya) texnologiyasi bo‘yicha karbamid ishlab chiqarishning texnologik rejimi: bosim 20,0 mPa, xarorat 180 ÷ 1900C, mol nisbat NH3 : CO2 : N2O = 5 : 1 : 0,54.
Birinchi bosqich distilliyasiyada xarorat 1500C bosim 2,5 mPa bo‘lsa, ikkinchi distillyasiyada xarorat 1350C bosim 0,3 mPa.
Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalashda foydalaniladigan usul korxonani kelajakda barqoror ishlashini va maxsulotning sifatli,xaridorgir va samaradorlikni oshishida asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.Bu esa korxonani gullab yashnashi va davlat va jamiyatning iqtisodiy tomondan yuksalishiga,aholinig ehtiyojlarini qondirilishiga xizmat qiladi.
Sanoatning jadal rivojlanishi ishlab chiqarishda yangi tehnologiyalar joriy etishni talab etmoqda.Chunki maxsulot sifatini oshirish,jarayonlarni avtomatlashtirish va mavjud tehnologiyalarga o’zgartirishlar kiritish orqali maxsulot sifatini yaxshilash,maxsulot unumini oshirish va atrof muhitga chiqariladigan chiqindilar miqdorini kamaytirishga imkon beradi.
Yuqorida keltirilgan ishlab chiqarish usullarini xar birida o’ziga xos ustun tomonlari mavjud.Lekin geografik joylashuv va iqlim sharotiga qarab xam ishlab chiqarish usullari turlicha samara berishi mumkin. Shunga ko’ra bizning sharoitdan kelib chiqqan xolda «Stamikarbon» (Gollandiya) usuli afzal deyish mumkin.Bu usul xar tomonlama qulay va O’zbekiston iqlimiga to’la javob beradi. Bundan tashqari bu usulda resirkulyatsaga asoslanganligi sababli samaradorlik yuqori bo’lib,xarajatlar miqdori esa nisbatan kam.Ishlab chiqarish jarayonida iloji boricha chiqindilar qayta ishlanib yana resirkulyatsa qilinadi va natijada ekologik, iqtisodiy tomondan samaradorlikka erishiladi.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling