To'g'risidagi dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sanoatda tarkibiy tub o'zgartirishlar jarayonini chuqurlashtirish imkonini berdi


Texnologik ishlab chiqarish usullarini tavsiflash va tanlash


Download 0.79 Mb.
bet5/25
Sana28.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1729099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
karbamid donadorlash Vaisova

5. Texnologik ishlab chiqarish usullarini tavsiflash va tanlash


Karbamid ishlab chiqarishning ammiak va uglerod (IV) - oksididan olishning quyidagi jarayonlarga asoslangan texnologik tasvirlari mavjud:
- bir o‘tishli jarayon, bunda suyuqlanmadan ortiqcha ammiakni (NH3) xaydash va karbomatni (NH4COONH2) atmosfera bosimigacha parchalashdan iborat. Jarayon qizdirish orqali olib borilib, gaz fazasiga ajragan ammiakdan boshqa maqsadlarda xam foydalanilsa bo‘ladi (ammoniy nitrat, ammoniy sulьfat, ammoniy karbonat va boshqalar).
- bir qism ammiakni siklga qaytarish orqali boradigan jarayon, bunda 1,6 - 1,8 mPa bosimgacha parchalash orqali bir qism ortiqcha ammiak xaydaladi va kondensatlanib siklga qaytariladi. Ammiakni to‘liq xaydash va ammoniy karbamatni parchalash atmosfera bosimida olib boriladi, ajralgan ammiak boshqa maxsulotlar olishda ishlatiladi.
- ammiak va uglerod (IV) - oksidini aloxida qaytarishga asoslangan jarayon, bunda gaz fazadan bitta komponent ajratib olinadi, bu gaz faza atmosfera bosimida distillyasiya qilishda xosil bo‘ladi.
- suyuqlik retsikli, bunda ugleammoniy tuzlar eritmasi yoki suspenziyasi jarayonga qaytariladi.
- stripping jarayoni, bunda ammiakni xaydash va karbamatni parchalash ammiak yoki uglerod (IV) - oksidi oqimida, sintez bosimida olib boriladi.
- integral jarayoni, bunda ammiak va karbamid ishlab chiqarish texnologik tasvirlari birlashtirilgan bo‘ladi.
Xozirgi paytda butun dunyoda karbamid ishlab chiqarishning asosan suyuqlik retsiklli usuli keng ishlatilmoqda.
Yuqorida keltirilgan jarayonlarning ba’zi birlari ishlatilib, ba’zilari esa umuman ishlab chiqarishdan chiqarib yuborilgan. Xozirgi vaqtda bir qism ammiakni qaytarish jarayoni ishlab chiqarishlarda ishlatilib kelinmoqda. Qaytaruvchi va integral jarayonlar texnologiyasi qayta ishlab chiqish bosqichida turibdi.
Birinchi bo‘lib suyuqlik retsikli texnologiyasi Miller tomonidan ishlab chiqilgan [A.Q.SH. pat.1898093, 1933;2116881, 1934]. Bunda Miller, karbamid sintezini ortiqcha ammiakli sharoitda olib borishni taklif qilgan (molp nisbatda NH3 : CO2 = 7,5). Ammiakni katta qismi birinchi bosqich distillyasiyadan keyin jarayonga qaytariladi. Ikkinchi bosqich distillyasiyada ajralgan ammiak va uglerod (IV) - oksidi suvga yuttiriladi.Issiklga ugleammoniy tuzlari ko‘rinishida qaytariladi [(NH2)CO·HNO3]. Keyinchalik bu jarayonga ko‘pgina yangiliklar kiritildi va uning effektivligi oshirildi.
Ko‘pgina firmalar tomonidan patent olingan karbamid ishlab chiqarishning quyidagi 3 usullari mavjud:

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling