To'g'risidagi dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sanoatda tarkibiy tub o'zgartirishlar jarayonini chuqurlashtirish imkonini berdi


Xom – ashyo maxsulotlari tavsifi


Download 0.79 Mb.
bet3/25
Sana28.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1729099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
karbamid donadorlash Vaisova

3.Xom – ashyo maxsulotlari tavsifi

Karbamid ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo bo‘lib quruq gaz CO2 va suyuq NH3 dir. Ularni trubaprovodlar orqali uzatilib, kompressorlardan o‘tkazilib sintez qilinadi.


Ammiak — o'ziga xos o'tkir hidli rangsiz gaz bo’lib, havodan 1,7 marta engil. Bosim oshirilganda yoki ammiak sovitilganda u osonlik bilan rangsiz suyuqlikka aylanadi (qaynash tempcraturasi —33,40C). Ammiak suvda juda yaxshi eriydi (200C da 1 hajm suvda 700 hajm NH3 eriydi). Ammiakning suvdagi eritmasi ammiakli suv yoki navshadil spirti deyiladi. Qaynatilganda erigan ammiak eritmadan uchib chiqib ketadi.
Ammiakning suvda ko'p eruvchanligiga sabab uning molekulalari orasida vodorod bog'lanishlar hosil bo'lishidir.Lekin ammiakning bunday gidratlari bilan bir qatorda qisman ammoniy va gidroksil ionlari hosil bo’ladi.Gidroksid ionlar borligi sababli ammiakli suv kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo'ladi. Gidroksid ionlar NH4+ ionlari bilan o'zaro ta'sirlashganida yana vodorod bog'lanish bilan bog'langan NH3 va H20 molekulalari hosil bo'ladi. 1 litr NH3 n.sh da 0,76 gramli keladi. Atmosfera tasiri ostida saqlanadi.
Ammiak kimyoviy jixatdan ancha aktiv birikma bo’lib,reaksiyalarda qaytaruvchi xossasini nomoyon qiladi. NH3 kislorodda oqish yaltiroq alanga berib yonadi. Bunda suv va erkin azot hosil bo‘ladi.
4NH3 + 3O2 = 6H2O + 2 N2. (3.1)
Boshqa sharoitda ammiakning oksidlanishi davom etib, azot oksidlari hosil bo‘lishi mumkin.
Ammiakning suvdagi eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega, bu hol unda gidrooksil ionlari borligidan dalolat beradi. Ammiak molekulalarining bir qismi suvning N+ ionlari bilan birikib, tuz tarkibiga kiradigan NH4 + mm hosil qiladi.
NH+3 + OH- = NH4 OH (3.2)
NH3 + HOH = NH4+ + OH (3.3)
Shunday qilib NH3 eritmasida bir vaqtning o‘zida NH3 molekulalari, NH4+ va OH- ionlari, NH4OH molekulalari mavjud bo‘ladi.
Ammiakning muhim kimyoviy xossasa, uning kislotalar bilan ta’sirlashib ammoniy tuzlarini hosil qilishdir. Bunda NH3 molekulasiga kislotaning N+ birikib, tuz tarkabiga kiradigan NH4+ xosil qiladi;
NH3 + HCl =NH4 Cl (3.4)
NH3 + H3PO4 =NH4 H2 PO4 (3.5)
Ammoniy tuzlari suvda oson erib, ionlarga batamom ajraladi. NH3 va ammoniy tuzlaridan keng miqyosda ishlatiladi. Suyuq ammiakdan sovutish masalalaridan sovutiluvchi agent sifatida sun’iy muz tayyorlashda ishlatiladi. Sanoatda ammiak asosan azot va vodoroddan sintez qilish yo‘li bilan olinadi. Bunda azot suyuq havodan, vodorod metanni konversiya qilish natijasida olinadi.
Ammiak yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, o‘ta bo‘g‘uvchi modda bo‘lib, uning ruxsat chegara konsentratsiyasi (REK) 20 mg/m3 ni tashkil etadi. Ammiakning havo bilan aralashmasi (15-28% dan ortsa) portlash xavfini beradi. Suyuq NH3 teriga tushsa kuydiradi, shuning uchun u bilan ishlaganda extiyotkorroq bo‘lish talab etiladi.
Karbonat angidrid gazi (CO2) – hidsiz, rangsiz, havodan 1.5 marta og‘ir, ochqimtir ta’mga ega gaz bo‘lib, buni bir idishdan ikkinchi idishga quyish mumkin.Uglerod (IV) oksid CO2 (boshqacha aytganda karbonat angidrid) tabiatda organik moddalar yonganida va chiriganida hosil bo'ladi. Havoda (hajmiy ulushi 0,03%), shuningdek, ko'pchilik mineral manbalar tarkibida bo'ladi. Hayvon va o'simliklar nafas olganida ajralib chiqadi.
Laboratoriya sharoitida CO2 marmarga xlorid kislota ta'sir ettirib olinadi:
CaCO3 + 2H+ = Ca2++ H2O + CO2 (3.6)
Sanoatda uglerod (IV) oksid ohaktosh kuydirilganda hosil bo'ladi:
CaCO3 = СаО + СО2 (3.7)
CO2 ning fazoviy strukturasi chiziqsimon shaklda bo'ladi. Uglerodning kislorod bilan bog'lanishi qutbli, lekin bog'lanishlar simmetrik joylashganligi tufayli CO2 molekulasining o'zi qutbsiz bo'ladi.
Uglerod (IV) oksid — rangsiz gazsimon modda, U havodan 1,5 marta og'ir, shu sababli uni bir idishdan boshqasiga quyish mumkin. Yonishga va nafas olishga yordam bermaydi.Uglerod (IV) oksidning konsentratsiyasi katta bo'lganda odam va hayvonlar bo'g'iladi. U shaxta, quduq va yerto'lalarda ko'pincha xavfli miqdorlarda to'planib qoladi.
CO2 xona temperaturasida 6 MPa bosimda suyuqlikka aylanadi. Suyuq holda po'lat ballonlarda saqlanadi va tashiladi, Balloning jo'mragi ochilganda uglerod (IV) oksid bug'lanadi, natijada qattiq soviydi va gazning bir qismi qorsimon massaga aylanadi. Qattiq uglerod (IV) oksid quruq muz deyiladi.
Uglerod (IV) oksid kislotali oksid xossalarini namoyon qiladi; suv va ishqorlarning eritmalari bilan o'zaro ta'sirlashadi. Xona temperaturasida 1 hajm suvda taxminan 1 hajm CO2 eriydi, Bunda karbonat kislota hosil bo'ladi. Muvozanat boshlang'ich moddalar tomoniga ko'p siljigan bo'ladi, ya'ni erigan CO2 ning juda oz qismigina kislotaga aylanadi. Ishqorlarning eritmalari bilan o'zaro ta'sirlashganda tuzlar hosil bo'ladi.
Quyidagi tartib bilan AM-76 sexidan karbamid ishlab chiqarish uchun beriladi;
– CO2 ning xajmiy ulushi quruq tarkibda – 98,0 % dan kam emas;
– oltingugurt (vodorod bilan aralashmasi) 1 mg/dm3 dan ko‘p emas;
– yonuvchanligi 0,005 % dan ko‘p emas;
– kislorod 0,3 % dan ko‘p emas;
– AM EA (qorishma) – 15,0 mg/dm3 dan ko‘p emas;
– xarorati 45OCdan ortiq emas;
– bosimi – 4/8 kPa;
Karbamid formaldegid smola (KFS) markasi TU – 113-03-469-80;
– Karbamid massa ulushi 20/24 %;
– formal’degid massa ulushi 54-60 % dan ortiq emas;
Uglerod (IV) oksidi – bo‘g‘uvchi gaz, nafas olishni qiyinlashtiradi. U po‘lat ballonlarda saqlanadi va tashiladi. U juda ko‘p maqsadlarda ishlatiladi. Ballonning jumragi ochilganda, suyuq CO2 bug‘lanadi, natijada bir qismi quruq muzga aylanadi. Qattiq CO2 quruq muz deyiladi. Xona xaroratida bir xajm suvda tahminan bir hajm CO2 eriydi. Bunda karbonat kislota xosil bo‘lib, jarayon qaytariladi.
H2O + CO2 ↔ H2CO3 (3.8)
Bunda muvozanat o‘ng tomonga siljigan, ya’ni juda xam erigan CO2 kislotaga aylanadi.
Uglerod (IV) oksidi kislotali oksidlarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Shunga qaramay ba’zi metallar undan kislorodni tortib oladi.
2Mg + CO2 =2Mg O+ C (3.9)
Uglerod (IV) oksid soda ishlab chiqarishda, gazli suv tayyorlashda, yong‘inlarni o‘chirish kabi bir qator maqsadlarda keng ishlatiladi.
Suyuq ammiakli saqlash va tashish po‘latdan tayyorlangan va germetik berkitilgan sistema yoki rezervuarlarda amalga oshiriladi.
Karbamid sintezining yana bir muxim xom ashyosi xisoblangan uglerod(IV)-oksidi tabiatda organik moddalar oksidlanish jarayonida ya’ni o‘simlik va xayvon qoldiqlarini chirishida, yoqilg‘ilarni yonishida, nafas olishda xosil bo‘ladi.
Uglerod kislorod bilan ikki xil:uglerod(II) oksidi va uglerod (IV) oksidlarini xosil qiladi.Uglerod (II) oksidi CO (is gazi) rangsiz,xidsiz,mazasiz gaz.Xavodan biroz yengil (p=1.25 g/l),suvda juda oz eriydigan,bo’g’uvchan xossaga ega,-192°C da qaynaydi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling