Mustaqil ish Mavzu: Ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi va qondirish Reja: Kirish


Download 32.62 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi32.62 Kb.
#1831210
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish




Mustaqil ish


Mavzu: Ijtimoiy - iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi va qondirish
Reja:
Kirish
1. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning turlari va qondirish usullari
2. Ishlab chiqarishning iqtisodiy mazmuni
3. Ishlab chiqarishning natijalari

SIQ 5-21 talabasi: Abduvosidov Boburjon Baxodir o’g’li


Insonning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan vositalarning aksariyat qismi inson mehnati bilan yaratiladi. Shunga ko‘ra, ehtiyojlarning mavjudligi ishlab chiqarishning uzluksiz ravishda amalga oshirilishini ham taqozo etadi. Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo‘ladigan munosabatlarga yo‘nalish beradi va ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar boshqa fazalardagi munosabatlarning tavsifini belgilab beradi. Mazkur bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Ishlab chiqarish omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so‘ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ha
m o‘rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo‘shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g‘oyalar bilan tanishtiriladi.
Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, unga xizmat ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong‘in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi
Ehtiyojlarning uzluksiz o`zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to`xtovsiz yangilanib borishidan iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi. Bu qonunga ko`ra jamiyat a'zolarining, butun aholining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj miqdoran o`sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o`rniga yangisi keladi, ehtiyojlarning rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi.
Iqtisodiyot asoslarini, uning amal qilish qoida va tamoyillarini o‘rganish, iqtisodiy muammolarni hal etish eng avvalo ehtiyoj tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki, birinchidan, inson hayotiga turli ehtiyojlarning paydo bo‘lishi va qondirilishi jarayoni sifatida qarash mumkin. Ikkinchidan esa, iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi orqali namoyon bo‘ladi.

Ehtiyojlar turli-tuman bo‘lib, ularni iqtisodiyijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy va boshqa turdagi ehtiyojlarga ajratish mumkin. Ular orasida kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlarning asosiy jihati – ularni qondirish uchun iqtisodiy faoliyat yoki ijtimoiy ishlab chiqarishning taqozo etilishidir. O‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga bo‘linadi. Moddiy ehtiyojlar – bu kishilarning o‘z hayotiy faoliyatlarini ta’minlashda qo‘llaniluvchi moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar va xizmatlarga bo‘lgan zaruratdir.


Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari ehtiyojlarini ham o‘z ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak. Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo‘llari, maktablar, kasalxonalar qurilishiga xizmat qiladi.

Download 32.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling