Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining umumiy tasnifi


Download 62 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi62 Kb.
#1488122
  1   2
Bog'liq
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING UMUMIY TASNIFI




KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING UMUMIY TASNIFI


Reja:

  1. Kichik biznes subyektlari

  2. Xususiy tadbirkorlik subyektlari

  3. Yakka tartibdagi tadbirkorlik

Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) deb, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatga aytiladi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlar) – bu qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Ularning huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. Ular tadbirkorlik munosabatlarining ishtirokchilari hisoblanadilar. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari turli xil asoslarga ko‘ra tasniflanadi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ularning tashkiliyhuquqiy shakliga ko‘ra, ular yollab ishlatayotgan ishchi-xodimlarning soniga, tadbirkorlik faoliyatining turiga, tadbirkorlik faoliyatini yakka o‘zi yoki jamoa bo‘lib amalga oshirishiga qarab tasniflash mumkin. Tadbirkorlik faoliyatini yakka o‘zi yoki jamoa bo‘lib, yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki tashkil etmagan holda amalga oshirish mumkin. Shunga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati subyektlari xususiy, jamoa tadbirkorligiga bo‘linadi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyat turi va ishlovchilar soniga qarab, kichik biznes subyektlari, yirik korxonalar, bu ikkalasiga kirmaydigan odatdagi korxonalar (umumiy rejimdagi)ga tasniflanadi.


Jahon tajribasida kichik biznes subyektlarini aniqlashning turli xil mezonlari mavjud. Unga ko‘ra, kichik biznes subyektlari ishlovchilar soni, ustav kapitali, aktivlari miqdoriga qarab belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida kichik biznes subyektlari faoliyat sohasi va ushbu sohada ishlovchilar soniga qarab belgilanadi. Kichik biznes subyektlari doirasini belgilashning turli usullari mavjud bo‘lib, ulardan biri – tadbirkorlik subyektlarini ularning faoliyat sohasi va ularda ishlovchilarning soniga qarab belgilashdir. Ushbu kichik 5 biznes subyektlari faoliyatining xarakteri va maqsadlariga qarab, muayyan tashkiliy-huquqiy shaklni tanlaydilar. 2003-yil 30-avgustda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1998-yil 9-aprel farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida» PF-3305-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga ko‘ra, «o‘rta korxonalar» degan tushuncha bekor qilindi. 2004-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar kichik biznes subyektlari qilib belgilandi: – yakka tartibdagi tadbirkorlar; – ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasida va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji va


chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar. Quyidagi tarmoqlardagi: yengil va oziq-ovqat sanoatida, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi; fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar. O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunining 5-moddasida ham ushbu talablar o‘z aksini topgan. Demak, kichik biznes subyektlariga yakka tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik korxonalar kiradi. Kichik tadbirkorlik sub’- yektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda belgilanadi. Kichik tadbirkorlik subyektlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar ular tomoni vakolatli tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlari, davlat statistika organlari, banklar va boshqa) kichik tadbirkorlik subyektlari ekanligi haqidagi xabarnoma taqdim etganlarida beriladi. Xabarnomaning to‘g‘riligi uchun javobgarlik xabarnomani taqdim etgan subyektlar zimmasiga yuklatiladi. Kichik tadbirkorlik subyektlari, mikrofirmalar va kichik korxonalar xodimlarining o‘rtacha yillik sonini aniqlashda o‘rindoshlik, pudrat shartnomasi va boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarning soni, shuningdek unitar (sho‘’ba) korxonalar, vakolatxonalar hamda filiallarda ishlayotganlar soni ham hisobga olingan holda aniqlanadi1 . Bunda xodimlarning o‘rtacha soni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 30-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Yollanib ishlaydiganlar va ish haqi statistikasi bo‘yicha Yo‘riqnoma» asosida hisoblab chiqiladi. Ushbu yo‘riqnomaga ko‘ra: bir martalik ish bajarish (tibbiyot muassasalarida shifokorlar maslahatlari, ekspertiza ishlari, inventarni ta’mirlash, oqlash, bo‘yash va hokazo) uchun jalb etilganlar; fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar (pudrat shartnomasi ham) bo‘yicha ish bajaruvchilar, agar bu xodimlar boshqa korxonalarning ro‘yxatida tursa; boshqa korxonalardan o‘rindoshlik bo‘yicha ishga qabul qilinganlar va o‘rindoshlarning alohida ro‘yxatida turganlar hisobga kirmaydi. Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng ko‘p bo‘lgan faoliyat turi, mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi. Mikrofirma yoki kichik korxona xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, oshirib yuborishga yo‘l qo‘yilgan davr uchun, shuningdek keyingi uch oyga ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyat erkinliklari kafolati to‘g‘risida»gi qonuniga 2010-yil 13-dekabrda kiritilgan o‘zgartirish sababli bu qoida quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi: – mikrofirma va kichik korxona O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning hamda oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi tuzganda, band bo‘lgan xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 foiz oshirilganda; – хodimlar sonining oshirilishiga O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o‘qishni tugallagan kunidan boshlab, uch yildan ortiq vaqt o‘tmagan hollarda. Qonunchilikka kiritilgan bu qo‘shimcha yangi bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga, tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun berilgan yana bir imtiyozdir. Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli korxona va tashkilotlarning tabaqalanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PF-1987-sonli farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida» PF-3305-sonli farmoniga muvofiq belgilanadi. Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli korxona va tashkilotlarning tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2003-yil 11-oktabrda qabul qilingan "Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 439-sonli qaroriga muvofiq belgilanadi. 2011-yil 12-maydagi «Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorda 2011-yil 1-iyundan xodimlarning yillik o‘rtacha soni 50 kishidan 100 kishigacha ko‘paytiriladigan kichik korxonalarning faoliyat turlari belgilandi. Ushbu o‘zgartirish kichik biznes subyektlari uchun yaratilgan yana bir imkoniyat sanaladi. Qonunchilik ayrim tadbirkorlik turlari uchun ma’lum bir tashkiliy-huquqiy shaklda faoliyat yuritish shartligini belgilab qo‘yishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi tovarlarini yetishtirish va ularni sotish uchun dehqon xo‘jaligi va fermer xo‘jaligi tashkil etgan holda faoliyat yuritish kerak. Shuningdek, ayrim faoliyat yo‘nalishlari uchun faqat yuridik 8 shaxs tashkil etgan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

«Xususiy tadbirkorlik» tushunchasini tor va keng ma’nolarda tushunish mumkin. Keng ma’nodagi xususiy tadbirkorlik deganda, xususiy mulkka asoslangan holda davlatga tegishli bo‘lmagan subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik tushuniladi. Xususiy tadbirkorlik xususiy mulk asosida olib boriladi. Tor ma’nodagi xususiy tadbirkorlik deganda, yakka shaxsning tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. Bir necha shaxs tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bu jamoa tadbirkorligi deyiladi. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilinib, hozirgi kunda o‘z kuchini yo‘qotgan «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunining 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi:





  • yakka tartibdagi tadbirkorlik;

  • xususiy tadbirkorlik;

  • jamoa tadbirkorligi;

  • aralash tadbirkorlik kabi turlari belgilab qo‘yilgan edi.

Ushbu qonun ayni vaqtda o‘z kuchini yo‘qotgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14- fevraldagi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi Nizom»da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o‘zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir». Mazkur nizomga ko‘ra, xususiy tadbirkorlik ikki ko‘rinishda amalga oshiriladi. Uning biri – yollanma mehnatni jalb qilish asosida yuridik shaxsni tashkil etib, uni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazib faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlik (xususiy korxona), ikkinchisi esa – yuridik shaxsni tashkil etmay, o‘zi faoliyat ko‘rsatadigan, yollanma mehnatni talab etmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlikdir. Yuqoridagi nizomda belgilanganidek, faoliyatini yollanma mehnatni jalb qilgan holda amalga oshirayotgan xususiy tadbirkor yuridik shaxs sifatida ish ko‘radi va korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishga majburdir. Yollanma mehnatdan foydalanmaydigan xususiy tadbirkor (yakka tadbirkor) o‘z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil qilmay amalga oshirishga haqlidir. Mazkur nizom ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyuldagi 346-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan. Demak, dastlab yakka va xususiy tadbirkorlikka tadbirkorlikning alohida shakllari sifatida qaralgan bo‘lsa, «Xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Nizomda esa, yakka tadbirkorlik ham xususiy tadbirkorlikning bir turi sifatida belgilangan. Yuqoridagi ikkala hujjat ham o‘z kuchini yo‘qotgan bo‘lsa-da, qonunchilikda xususiy tadbirkorlik deganda, «Xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Nizomdagi ta’rif nazarda tutiladi. Xususiy tadbirkorlik subyektlari sifatida xususiy korxona va jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda, yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi (er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik, yuridik shaxs tashkil etmagan holda, dehqon xo‘jaligi) subyektlar tushuniladi. Shu o‘rinda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi farqni aniqlash muhim. Xususiy tadbirkorlik subyektlarining barchasi ham kichik biznes subyekti sanalmasligi mumkin. Agarda qo‘yilgan talabga, ya’ni ishlovchilarning soni mos bo‘lmasa, xususiy tadbirkorlik subyektlari kichik biznes subyekti hisoblanmaydi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning barchasi kichik biznes subyektlari hisoblanadi. Shuningdek, kichik biznesning barcha subyektlari ham xususiy tadbirkorlikning subyektlari sanalmaydi.





Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling