Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining umumiy tasnifi


Download 62 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi62 Kb.
#1488122
1   2
Bog'liq
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING UMUMIY TASNIFI

Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishidir. Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun erxotindan biri ularning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunlarda, nikoh shartnomasida yoki erxotin o‘rtasidagi o‘zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi. Yakka tadbirkorlik faoliyatiga xos xususiyatlardan biri – bu faoliyatning boshqa shaxslarni yollamasdan amalga oshirilishidir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida» 2011-yil 7- yanvardagi 6-sonli qarorida1 xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida» qonunining 7-moddasida jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi shakllari mustahkamlangan.


Unga ko‘ra:
– er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
oddiy shirkat;

  • yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligi shunday faoliyat turlaridir Oilaviy tadbirkorlik.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma majlisida Prezident Islom Karimov «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma’ruzasida: «bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo‘yish vaqti keldi. Mamlakatimizda biznesni tashkil qilishning ushbu shakli biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy an’analarimizga, xo‘jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to‘la mos keladi. Ishonchim komilki, bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasi yaratilsa, oilaviy biznesning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va keng rivojlanishi va yangi ish o‘rinlarining ochilishiga sharoit tug‘iladi», – deb ta’kidladi. Haqiqatan ham, oilaviy tadbirkorlik oilaning hamjihatligi va ahilligiga to‘la mos keladi.
Oilaviy korxona ishtirokchilari korxona mol-mulki yetarli bo‘lmaganda oilaviy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi. Oilaviy korxona qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni yollashni amalga oshirishi mumkin. Oilaviy korxona ishtirokchilarining va uning yollanma xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan o‘rtacha yillik sonidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz bo‘lmasligi kerak. Oilaviy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Oilaviy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va «oilaviy korxona» degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Oilaviy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va «oilaviy korxona» degan so‘zlarni yoki «OK» abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling