Qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi


Download 105.75 Kb.
bet1/3
Sana15.12.2022
Hajmi105.75 Kb.
#1007659
  1   2   3
Bog'liq
585 17.09.2021




[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.03.00 Kam ta’minlanganlar va boshqa toifadagi fuqarolarga moddiy yordam]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ehtiyojmand xotin-qizlarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘banlantirish va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori hamda “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga muvofiq:
a) har yili bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan, ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarni (keyingi o‘rinlarda — ehtiyojmand talabalar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilganligi;
b) bunda, o‘qish uchun to‘lov pullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili 150 nafardan ehtiyojmand talabalar uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish maqsadida talabgorlarni tanlab olish mezonlari;
talabgorlarni tanlab olish shartlari va shu maqsadda mahalliy hokimliklar huzurida tashkil etilayotgan komissiyalar faoliyati;
mahalliy hokimliklar tomonidan oliy ta’lim muassasalariga tanlangan 150 nafar talabgorlarga to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish tartibi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari talabgorlarni tanlab olish natijalarini belgilangan muddatlarda “Aziz-ayol.uz” Yagona interaktiv milliy platformasi orqali e’lon qilinishini ta’minlasin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.B. Maxkamova hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshqulov zimmasiga yuklansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-sentabr,
585-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar) oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — hokimliklar) tomonidan to‘lab berilishi tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga (ta’lim shaklidan qat’i nazar) talabalikka tavsiya etilgan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan talabgorlarga nisbatan qo‘llaniladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili o‘zlarining hududlaridan o‘qishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan bazaviy to‘lov-kontrakt summasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanishiga qadar to‘lab beradi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Bunda talabgorlarning ikkinchi va undan keyingi o‘quv yillari uchun o‘z hududlaridagi tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari rasmiylashtiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘z hududlaridagi talabgorlar uchun uchinchi shaxs kafilligini beradi hamda o‘qishni tamomlagandan so‘ng ularni ish joyi bilan ta’minlaydi.
4. Ushbu Nizom qoidalari:
ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari yoki ularning filiallari, nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Talabgorlarni aniqlash mezonlari va shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish maqsadida talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila tushuniladi;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan “v” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra davlat oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va 2 — 4-kurslarda tahsil olayotgan mazkur Nizomning 5-bandidagi mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab arizani har yili 10 kalendar kun ichida oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga taqdim etadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan talabgorlarning ijtimoiy holati to‘g‘risida ma’lumotlar (talabgorning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi, turmush o‘rtog‘i vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Har bir davlat oliy ta’lim muassasasi belgilangan mezonlar asosida talabgorlar ro‘yxatini tahlil qilib, mazkur Nizomning 5-bandida keltirilgan mezonlar asosida talabgorlar ro‘yxatini 5 kalendar ish kunida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuboradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan har yili 5 kalendar ish kuni ichida talabgorlarning ro‘yxati, talab etilgan hujjatlar (talabgorning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi, yoxud turmush o‘rtog‘i vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tugilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi) ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari aniq ko‘rsatilgan holda yozma ravishda doimiy yashash joyi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Hokimliklar tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tuziladi. Komissiya Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatini quyidagi tartibda ko‘rib chiqadi:
Komissiya a’zolari tuman (shahar)larga biriktiriladi, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshligi hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi.
Ishchi guruh 5 kalendar ish kunida talabgorlarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ijtimoiy holatini o‘rganadi, o‘rganish natijalariga ko‘ra Ishchi guruh har bir talabgorlar bo‘yicha dalolatnoma tuzadi va Komissiyaga taqdim qiladi.
Zarur hollarda Ishchi guruhlar tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va elektron shakldagi hujjatlar (tug‘ilganlik, nikoh qayd etilganlik, vafot etganlik haqida va boshqa) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
Komissiya 5 kalendar ish kunida ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjatlarni o‘rganib, talabgorlarning to‘plagan ballari, hududlardagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda talabgorlarning tahsil olayotgan bosqichlarini inobatga olib 150 nafar xotin-qizlarni saralab oladi va bayonnomani rasmiylashtiradi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga yuboradi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi 10 kalendar ish kunida tavsiyanomalarni tasdiqlaydi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Komissiya har o‘quv yilida 1-oktabrdan kech bo‘lmagan muddatda bazaviy to‘lov-kontrakt summalari to‘lab berilishi belgilangan (tavsiyanoma berilgan) xotin-qizlar ro‘yxatini hamda shartnomani imzolash bo‘yicha xulosalarni tegishliligi bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga yozma ravishda kiritadi va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtiradi.
Bunda Komissiya a’zolari tomonidan talabgorlardan 150 nafarini tanlab olishda birinchi navbatda ularning ijtimoiy holati, ehtiyojmandligi, to‘plagan ballari, hududlardagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda tahsil olayotgan bosqichlari inobatga olinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
12. Talabgorlarni tanlab olish va ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlab olingan talabgorlar joriy o‘quv yili davomida oliy ta’lim muassasasini yoki ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirsa yoxud talabalar safidan chetlashtirilsa mazkur imtiyozdan mahrum bo‘ladilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
14. Davlat oliy ta’lim muassasalari:
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili 1-sentabrga qadar ikkinchi va undan keyingi o‘quv yillari uchun ta’lim krediti olishi zarur bo‘lgan talabgorlar ro‘yxatini;
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab har yili 1-avgustga qadar o‘qishni tamomlagan va ish joyi bilan ta’minlash lozim bo‘lgan talabgorlar ro‘yxatini doimiy yashash hududi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yozma ravishda taqdim etadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Hokimliklar tanlab olingan talabgorlarning o‘qishi uchun zarur mablag‘larning belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining kamida 25 foizini har yili 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlargacha, 50 foizini — 1-yanvargacha, 75 foizini — 1-aprelgacha va 100 foizini — 1-iyulgacha ular talabalikka tavsiya etilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi.
16. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tavsiyanoma berish komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.

1.


Download 105.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling