Bosqichlar
| |
Amalga oshirish mexanizmi
| |
Subyektlar
| |
Bajarish muddatlari
| | | | | | | |
1-bosqich
| |
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) yakuni bo‘yicha tanlov natijalarini e’lon qilish.
| |
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi, Davlat test markazi
| |
Test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta ichida
| | | | | | | | | | |
2-bosqich
| |
Belgilangan mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar tomonidan oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyasiga moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan murojaat qilish.
| |
Talabgorlar
| |
Test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun davomida
| | | | | | | | | | |
3-bosqich
| |
Bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan, belgilangan mezonlarga mos ta�abgorlar ro‘yxatini shakllantirish.
| |
Davlat oliy ta’lim muassasalari
| |
Test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida
| | | | | | | | | | |
4-bosqich
| |
Talabgorlar ro‘yxatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuborish.
| |
Davlat oliy ta’lim muassasalari
| |
Test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 5 kalendar kun davomida
| | | | | | | | | | |
5-bosqich
| |
Talabgorlarning ro‘yxatini doimiy yashash joyi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.
| |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
| |
5 kalendar ish kuni ichida
| | | | | | | | | | |
6-bosqich
| |
Komissiya a’zolarini tuman (shahar)larga biriktirish.
Tuman (shahar)larga biriktirilgan Komissiya a’zosi, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollaridan iborat tarkibda ishchi guruhni tuzish.
| |
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash komissiyasi (key?ngi o‘rinlarda — Komissiya)
| |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ro‘yxat yuborilgan kuni
| | | | | | | | | | |
7-bosqich
| |
Talabgorlarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ijtimoiy holatini o‘rganish.
Har bir talabgor bo‘yicha dalolatnoma tuzish va Komissiyaga taqdim qilish.
| |
Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollari (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh)
| |
5 kalendar ish kunida
| | | | | | | | | | |
8-bosqich
| |
Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjatlarni o‘rganib, 150 nafar xotin-qizlarni saralab olish va bayonnomani rasmiylashtirish hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga yuborish.
| |
Komissiya
| |
5 kalendar ish kunida
| | | | | | | | | | |
9-bosqich
| |
Tavsiyanomalarni tasdiqlash va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.
| |
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
| |
10 kalendar ish kunida
| | | | | | | | | | |
10-bosqich
| |
Bazaviy to‘lov-kontrakt summalari to‘lab berilishi belgilangan (tavsiyanoma berilgan) xotin-qizlar ro‘yxatini hamda shartnomani imzolash bo‘yicha xulosalarni tegishliligi bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga yozma ravishda kiritish va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish.
| |
Komissiya
| |
Har bir o‘quv yilida 1-oktabrdan kech bo‘lmagan muddatda
| | | | | | | | | | |
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun
TAVSIYANOMA
TAVSIYANOMA
№ AA 0000
Ushbu tavsiyanoma fuqaro
______________________________ga
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
(___________________)
(pasport seriyasi va raqami)
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining 20___ yil “___”___________dagi _____-son buyrug‘iga asosan berildi.
M.O‘.
________________________________
(mansabdor shaxsn�ng F.I.O., imzo)
20___ yil “___”___________
|
TAVSIYANOMA
№ AA 0000
Ushbu tavsiyanoma fuqaro ___________________ _________________ _________________ga
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
___________________ (pasport seriyasi va raqami)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20___ yil “___”___________dagi _____-son qaroriga muvofiq ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun berildi.
Tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining 20___ yil “___”___________dagi _____-son buyrug‘iga asosan berildi.
Tavsiyanoma rasmiylashtirib berilgan sanadan �’tiboran bir yil muddat davomida kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
____________________________________
(F.I.O.)
(M.O‘., imzo)
20___ yil “___”___________
|
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/585/0888-son; 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |